2. Shahar yer osti transport inshootlari konstruksiyalari. Tonnеl qoplamalarining gabaritlari va ko‘rinish shakllari


Shahar yer osti transport inshootlari konstruksiyalari



Yüklə 381,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix12.04.2023
ölçüsü381,42 Kb.
#96633
1   2
6-maruza (4)

Shahar yer osti transport inshootlari konstruksiyalari. 
Shaharlardagi avtog‘ransport tonnellari quyidagi maqsadlarda quriladi: 

magistrallardagi chorraha, tutashuv va tarqalish joylaridagi harakatni har xil 
sathda tashqil qilish

magistrallar ayrim bo‘laklarining o‘tqazish qobiliyatini oshirish yoki 
tekislash; 

kucha-yo‘l tarmog‘i reja tarkibini (planirovochnaya struktura) yaxshilash; 

yer ostida joylashgan avtomobil to‘xtash joylari, savdo markazlari, omborlar, 
vokzallar, aeroportlar va boshqalarga kirish yo‘llari hosil qilish. 
Avtog‘ransport tonnellari to‘g‘ri va burchakli (kosoy) kesishuvlarda, U va T 
ko‘rinishidagi tutashuv joylarda, ikki va bir necha magistrallar tarqalish joylarida 
harakatni har xil sathda tashqil qilish uchun quriladi. 
To‘g‘ri kesishuvli chorrahalarda transport tonnellarining bir necha turlarini 
ko‘ramiz: 


6.1, b rasm. Aylanma harakat tashqil qilingan chorrahalarda 
Shuningdek kvartallarni aylanib o‘tish yo‘li bilan to‘la beda bargi shaklidagi, 
halqasimon va romb shaklidagi chorraha tonnellari mavjud. 
T va U ko‘rinishidagi tutashuv joylaridagi, harakatni har xil sathda tashqil qilgan 
holda katta miqdorda yuk o‘tqazuvchi magistrallardagi, bir necha chorrahalarni 
ulaydigan katta uzunlikdagi atvotransport tonnelarining, suv osti tonnellarining, yer 
osti garajlarining turli xil konstruksiyalari mavjud. 
Masalan, to‘rt va olti yo‘llik avtog‘ransport tonnelining konstruksiyasi yig‘ma 
temirbeton qismlardan yig‘iladigan ikki oraliqli rama ko‘rinishiga ega: 
6.2 rasm. Ikki oraliqli rama ko‘rinishdagi shahar avtog‘ransport tonnelining 
konstruksiyasi. 
Tonnеl qoplamalarining gabaritlari va ko‘rinish shakllari.
Tonnelning shakli va ko‘ndalang kesim o‘lchamlari uning qanday maqsadda 
foydalanishga mo‘ljallanganligiga qarab aniqlanadi. Transport tonnelining ichida 


transport o‘tishi, odamlar yurishi, zarur uskuna va qurilmalarni joylashtirish uchun 
yetarli bo‘lgan bo‘shliq bo‘lishi keraq 
Shuning uchun tonnel konstruksiyasining ichki shakli mo‘ljallanayotgan 
transportning o‘tishi uchun tasdiqlangan qurilmalarning yaqinlashuv gabariti (o‘tish 
gabariti)ni hisobga olgan holda loyihalanadi. 
O‘tish gabariti - transport harakati va piyodalarga mo‘ljallangan, tonnelning 
bo‘ylama o‘qiga tik joylashgan bo‘shliqning cheklangan ko‘rinishi (konturi) bo‘lib, 
uning ichiga hech qanday inshoot va uskunalarning qismlari kirmasligi kerak 
O‘tish gabaritlarining bir necha turlarini karaymiz: 
RUS-rels ustining sathi 
6.3 rasm. Temir yo‘l tonnelining o‘tish gabariti 
Avtomobil yo‘llaridagi tonnellarning o‘tish gabaritlari: 
6.4 rasm. Avtoyo‘l tonneli oddiy gabariti 


G = 7 yoki 8m- yo‘lning darajasi (kategoriyasi)ga, transport turiga, tonnel uzunligiga 
va joy sharoitlariga bog‘liq. 
Avtomobil yo‘llaridagi tonnellarning maxsus gabaritlarini taiinlashda quyidagi 
holatlarni inobatga olish zarur: 
1) 
transport va maxsus vositalar gabarit o‘lchovlarining kelajakda kattalashuvi; 
2) 
tonnel konstruksiyasi va ko‘ndalang kesimini uning gumbazsimon shaklini 
inobatga olgan holda yanada to‘laroq foydalanish; 
3) 
ko‘p sonli piyodalar harakatini maxsus bo‘lim yoki alohidada piyoda 
tonnellarga ajratish lozim; 
4) 
xizmatchilar uchun trotuarlarni yurish qismidan yuqori ko‘tarib, maxsus 
to‘siqdar bilan himoya qilmoq lozim; 
5) 
harakat tezligini kamaytirish bilan katta gabaritli transport vositalarini 
o‘tqazish mumkinligi; 
6) 
tonnel ichida avtomobillarni tuzatish imkoniyatlarini yaratish lozim. 
Metropolitenlar yurish va bekat tonnellarining o‘tish gabaritlari: 
6.5, a rasm. Aylana shaklidagi yurish tonnelining o‘tish gabariti. 
Нуқталар а 
б 
в 
г 
д 
е 
ж 
З 
К 

1,35 
-1,9 
1,9 
1,41 
0,88 
2,2 
2,2 
1,66 
1,66 


У 
-0,55 -0,19 3,35 
3,75 
3,95 
2,825 0,05 
0,05 
0,35 
6.6, b rasm. To‘g‘riburchak shaklidagi yurish tonnelining o‘tish gabariti. 
6.7, v rasm. Metropoliten bekatining o‘tish gabariti 
Нуқталар А 
б 
в 
г 
Д 
е 
ж 

к 

-1,35 -1,75 1,8 
1,41 
0,88 
1,8 
1,725 1,69 
1,35 
У 
-0,55 -0,19 
3,3 
3,75 
3,95 
0,75 

-0,05 
0,55 
O‘tish gabaritini aniqlashda qurilish, foydalanish va iktisodiy talablarni inobatga 
olmoq zarur. 
Qurilish talablari geologik va gidrogeologik sharoitlarni, tonnel joylashish 
chuqurligini va mo‘ljallanayotgan qurilish usullarini nazarda tutgan holda, hosil 
bo‘ladigan sun’iy bo‘shliqning minimal o‘lchovlarini va qurilish ashyolarining kam 
sarf bo‘lishini ta’minlashni ko‘zda tutadi. 


Foydalanish talablari tonnelda shamollatish yo‘llarini, elektr kabellarini, har xil 
trubalarni, yoritish va signalizatsiya qqurilmalarini joylashtirishni nazarda to‘tadi. 
Iktisodiy talablar muhim xalq xujaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan, hal qiluvchi omildir. 
Shuni nazarda to‘tish zarurki, tonnel ko‘ndalang kesimining o‘sishi ish hajmining 
va tonnel qiymatining o‘sishiga olib keladi. 
Nazorat savollari 
1. Shahar yer osti transport inshootlari konstruksiyalari. 
2. Tonnеl qoplamalarining gabaritlari va ko‘rinish shakllari. 
3. Aylana shaklidagi yurish tonnelining o‘tish gabariti 

Yüklə 381,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin