6-MAVZU: TONNELLI KESISHUVNING TEXNIK XOLATI VA UNDA
XOSIL BO`LUVCHI NUQSONLAR.
Reja
1. Koʼprik va tonnellarni kesishuvi va ularning texnik darajasi.
2. Shahar yer osti transport inshootlari konstruksiyalari.
3. Tonnеl qoplamalarining gabaritlari va ko‘rinish shakllari.
Koʼprik va tonnellarni kesishuvi va ularning texnik darajasi.
Togʼli joylar bilan kesishadigan joylarida ilgak koʼrinishidagi va spiralь
(burama) koʼrinishidagi tonnellar quriladi. Ilgak koʼrinishli tonnellar toʼliq egrilikda
joylashgan boʼlib, undagi burilish burchaklari 180 0 ni, burama koʼrinishli tonnellar
burilish burchaklari esa 360 0 ni tashkil etadilar. Bunday tonnellarga kirish va
chiqish joylari turli sathlarda joylashadi. Uzunligi 300 metrdan kichik boʼlgan togʼ
tonnellari talablariga koʼra bir nishabli, agar uzunligi 300 metrdan katta boʼlsa, ikki
nishabli va tonnel oʼrtaligi balandroq qilib loyihalanadi.
Suv osti tonnellari va
avtomobilь yoʼllari tonnellari ichkarisi botiq holda, yonlari ikki nishabli va peshtogʼi
tepaga koʼtarilgan holda loyihalanadi. Tonnelning soyli oʼrtasidagi suv oqavalarini
tashqariga nasos qurilmalari yordamida chiqarib tashlanishi rejalashtiriladi. Suv osti
tonnellarining boʼylama kesimlarida peshtoqlaridagi qatnov qismining sathi yuqori
suv sathidan 1 metrdan kam boʼlmasligi taminlanishi kerak. Suv osti tonnelining
umumiy chuqurligi uni qurish usuliga va muhandislik-geologik sharoitlariga bogʼliq
boʼladi.
Suv osti tonnelini tayyor boʼlmalardan qurishda tom yopmalar ustidan
oʼraladigan qatlam balanligi 1.5 metrdan kam boʼlmasligi kerak.
Аvtomobilь tonnellarining eng yuqori qiyaligi 40 0/00 dan oshmasligi, eng
kichig qiyaligi esa 4 0/00 dan kichik boʼlmasligi shart.
Umumshahar magistrallaridagi transport tonnellarining boʼylama qiyaligi 50
0/00 dan, tuman magistrallarida esa 60 0/00 gacha tanlab loyihalanadi. Tonnel
uchastkalari birikmalarini har xil qiyaliklarini, tik egriliklarini, burilish radiuslarini
trassaning ochiq joylaridagi singari loyihalash ham mumkin. Togʼli avtomobilь
yoʼllaridagi
tonnellar, talabga koʼra ikki tasmali qilib loyihalanadi. Tonnelli
joylardan toʼrt tasmali harakatni yoʼlga qoʼyish uchun, har bir yoʼnalish uchun
ikkitadan tasma bilan jihozlangan alohidagi tonnellarni qurishga toʼgʼri keladi.
Shunday boʼlsada shahar va suv osti transport tonnellaridan ikkita, uchta, toʼrtta va
oltitalik harakat tasmasini oʼtkazib loyihalashga ruxsat etiladi.
Ikki tasmali avtomobil yoʼliga moʼljallangan tonnel uchun tonnel
konstruktsiyasi gabariti G-7 va G-8 etib, yani qatnov qismi kengligi 7.0 va 8.0 metr
etib belgilanadi. Shuningdek suv qochirish maqsadida yoʼl oʼqidan ikki tomonga
qaratilgan 2 0/00 li qiyalik quriladi. Bitta tomonidagi yonidan 1 soatda 1000 ta
piyodalarni oʼtkazishga moʼljallangan yoʼlka (trotuar) joylashtirilib quriladi. Аgar
piyodalarning qatnov soni juda koʼp boʼlsa, unda ikki tomonidan ham 1.0
metrli
qilib yoʼlkalar quriladi.
Ikki tasmali harakatlanadigan shahar transporti tonnellarining kengligi 8.0
metrni, uch tasmalisiniki 6.0 metrni tashkil etadi. Toʼrt tasmali harakat yoʼnalishli
transport tonnellarida eni 8.0 metrdan boʼlgan ikkita qatnov qismi yani 16 metr,
ajratuvchi tasmasining kengligi esa 1.2 metrni tashkil etadi.
Rasm- 2.23. G-7, (G-8) gabaritli avtomobilь tonnellariga yaqinlashuv
konstruktsiyasi.
Rejada radiusi 700 metrdan kichik boʼlgan egrilikda joylashtiriladigan
avtomobil tonnellarining qatnov qismi radiusiga bogʼliq holda 0.4-0.6 metrgacha
kengaytiriladi.
Metropoliten tonnelarini loyihalashning asoslari.
Loyiha texnik xujjatlari. Har qanday inshootni
shuningdek metropoliten
tonnelarini ham loyihalashtirishda, oldindan tayyorlangan turli texnik xujjatlar,
inshootni barpo etishdagi texnik iqtisodiy tahlillar,
yozuvlar va muhandislik
yechimlari, qurilish va texnologik chizmalari, smetalarilar kabi loyiha asosida
quriladi. Loyiha berilgan vazifalardan kelib chiqib, loyiha tashkilotlari tomonidan
“Qurilish meʼyorlari va qoidalari” ga asoslangan holda ishlab chiqiladi.Uni amalga
oshirishda fan va texnikaning yangi yutuqlaridan samarali va keng foydalangan
holda,
kam harajatli, tejamli, texnik iqtisodiy koʼrsatkichlarni taminlagan holda
bajariladi. Metropoliten liniyasining qurilish loyihasi Oʼzbekiston Respublikasi
Vazirlar mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Metropoliten
liniyasi
shahar
qurilishi
strukturasini
rivojlantirishning bosh rejasi chizmasiga asoslanib loyihalanadi.
Unda liniyaning
yoʼnalishi, uzunligi, stantsiyalari soni va joylashuvi, deposi va x.k. Uning trassasi
ikkita
proektsiya(yani
fazoviy
shaklning
tekislikdagi
tasviri)
asosida
aniqlanadi.Birinchisi yotiq reja, ikkinchisi tik profilьi (yani yon tomonidan
koʼrinuvchi qirqimi).Аsosiy yoʼlda burilishlarda poezdlarning yuqori tezlikda tekis
harakatlanishi uchun burilish radiusini 600 metrdan kichik boʼlmagan holatda
tanlash, eng kichik qiyaliklari 0.040 0/00 , ochiq yer uchastkalarida esa 0.035 0/00
dan katta boʼlmasligi kerak boʼladi. Suv qochirishni yoʼlga qoʼyish
maqsadida
boʼylama qiyaliklari ham 0.030 0/00 qiymatidankichik boʼlmasligi kerak.