2. Shahar yer osti transport inshootlari konstruksiyalari. Tonnеl qoplamalarining gabaritlari va ko‘rinish shakllari



Yüklə 381,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix12.04.2023
ölçüsü381,42 Kb.
#96633
  1   2
6-maruza (4)



6-MAVZU: TONNELLI KESISHUVNING TEXNIK XOLATI VA UNDA 
XOSIL BO`LUVCHI NUQSONLAR. 
Reja
1. Koʼprik va tonnellarni kesishuvi va ularning texnik darajasi. 
2. Shahar yer osti transport inshootlari konstruksiyalari. 
3. Tonnеl qoplamalarining gabaritlari va ko‘rinish shakllari. 
 
 
Koʼprik va tonnellarni kesishuvi va ularning texnik darajasi. 
Togʼli joylar bilan kesishadigan joylarida ilgak koʼrinishidagi va spiralь 
(burama) koʼrinishidagi tonnellar quriladi. Ilgak koʼrinishli tonnellar toʼliq egrilikda 
joylashgan boʼlib, undagi burilish burchaklari 180 0 ni, burama koʼrinishli tonnellar 
burilish burchaklari esa 360 0 ni tashkil etadilar. Bunday tonnellarga kirish va 
chiqish joylari turli sathlarda joylashadi. Uzunligi 300 metrdan kichik boʼlgan togʼ 
tonnellari talablariga koʼra bir nishabli, agar uzunligi 300 metrdan katta boʼlsa, ikki 
nishabli va tonnel oʼrtaligi balandroq qilib loyihalanadi. Suv osti tonnellari va 
avtomobilь yoʼllari tonnellari ichkarisi botiq holda, yonlari ikki nishabli va peshtogʼi 
tepaga koʼtarilgan holda loyihalanadi. Tonnelning soyli oʼrtasidagi suv oqavalarini 
tashqariga nasos qurilmalari yordamida chiqarib tashlanishi rejalashtiriladi. Suv osti 
tonnellarining boʼylama kesimlarida peshtoqlaridagi qatnov qismining sathi yuqori 
suv sathidan 1 metrdan kam boʼlmasligi taminlanishi kerak. Suv osti tonnelining 
umumiy chuqurligi uni qurish usuliga va muhandislik-geologik sharoitlariga bogʼliq 
boʼladi. 
Suv osti tonnelini tayyor boʼlmalardan qurishda tom yopmalar ustidan 
oʼraladigan qatlam balanligi 1.5 metrdan kam boʼlmasligi kerak.
Аvtomobilь tonnellarining eng yuqori qiyaligi 40 0/00 dan oshmasligi, eng 
kichig qiyaligi esa 4 0/00 dan kichik boʼlmasligi shart. 
Umumshahar magistrallaridagi transport tonnellarining boʼylama qiyaligi 50 
0/00 dan, tuman magistrallarida esa 60 0/00 gacha tanlab loyihalanadi. Tonnel 
uchastkalari birikmalarini har xil qiyaliklarini, tik egriliklarini, burilish radiuslarini 


trassaning ochiq joylaridagi singari loyihalash ham mumkin. Togʼli avtomobilь 
yoʼllaridagi tonnellar, talabga koʼra ikki tasmali qilib loyihalanadi. Tonnelli 
joylardan toʼrt tasmali harakatni yoʼlga qoʼyish uchun, har bir yoʼnalish uchun 
ikkitadan tasma bilan jihozlangan alohidagi tonnellarni qurishga toʼgʼri keladi. 
Shunday boʼlsada shahar va suv osti transport tonnellaridan ikkita, uchta, toʼrtta va 
oltitalik harakat tasmasini oʼtkazib loyihalashga ruxsat etiladi. 
Ikki tasmali avtomobil yoʼliga moʼljallangan tonnel uchun tonnel 
konstruktsiyasi gabariti G-7 va G-8 etib, yani qatnov qismi kengligi 7.0 va 8.0 metr 
etib belgilanadi. Shuningdek suv qochirish maqsadida yoʼl oʼqidan ikki tomonga 
qaratilgan 2 0/00 li qiyalik quriladi. Bitta tomonidagi yonidan 1 soatda 1000 ta 
piyodalarni oʼtkazishga moʼljallangan yoʼlka (trotuar) joylashtirilib quriladi. Аgar 
piyodalarning qatnov soni juda koʼp boʼlsa, unda ikki tomonidan ham 1.0 metrli 
qilib yoʼlkalar quriladi. 
Ikki tasmali harakatlanadigan shahar transporti tonnellarining kengligi 8.0 
metrni, uch tasmalisiniki 6.0 metrni tashkil etadi. Toʼrt tasmali harakat yoʼnalishli 
transport tonnellarida eni 8.0 metrdan boʼlgan ikkita qatnov qismi yani 16 metr, 
ajratuvchi tasmasining kengligi esa 1.2 metrni tashkil etadi. 
Rasm- 2.23. G-7, (G-8) gabaritli avtomobilь tonnellariga yaqinlashuv 
konstruktsiyasi. 
Rejada radiusi 700 metrdan kichik boʼlgan egrilikda joylashtiriladigan 
avtomobil tonnellarining qatnov qismi radiusiga bogʼliq holda 0.4-0.6 metrgacha 
kengaytiriladi. 
Metropoliten tonnelarini loyihalashning asoslari. 
Loyiha texnik xujjatlari. Har qanday inshootni shuningdek metropoliten 
tonnelarini ham loyihalashtirishda, oldindan tayyorlangan turli texnik xujjatlar, 
inshootni barpo etishdagi texnik iqtisodiy tahlillar, yozuvlar va muhandislik 
yechimlari, qurilish va texnologik chizmalari, smetalarilar kabi loyiha asosida 
quriladi. Loyiha berilgan vazifalardan kelib chiqib, loyiha tashkilotlari tomonidan 
“Qurilish meʼyorlari va qoidalari” ga asoslangan holda ishlab chiqiladi.Uni amalga 


oshirishda fan va texnikaning yangi yutuqlaridan samarali va keng foydalangan 
holda, kam harajatli, tejamli, texnik iqtisodiy koʼrsatkichlarni taminlagan holda 
bajariladi. Metropoliten liniyasining qurilish loyihasi Oʼzbekiston Respublikasi 
Vazirlar mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Metropoliten 
liniyasi 
shahar 
qurilishi 
strukturasini 
rivojlantirishning bosh rejasi chizmasiga asoslanib loyihalanadi. Unda liniyaning 
yoʼnalishi, uzunligi, stantsiyalari soni va joylashuvi, deposi va x.k. Uning trassasi 
ikkita 
proektsiya(yani 
fazoviy 
shaklning 
tekislikdagi 
tasviri) 
asosida 
aniqlanadi.Birinchisi yotiq reja, ikkinchisi tik profilьi (yani yon tomonidan 
koʼrinuvchi qirqimi).Аsosiy yoʼlda burilishlarda poezdlarning yuqori tezlikda tekis 
harakatlanishi uchun burilish radiusini 600 metrdan kichik boʼlmagan holatda 
tanlash, eng kichik qiyaliklari 0.040 0/00 , ochiq yer uchastkalarida esa 0.035 0/00 
dan katta boʼlmasligi kerak boʼladi. Suv qochirishni yoʼlga qoʼyish maqsadida 
boʼylama qiyaliklari ham 0.030 0/00 qiymatidankichik boʼlmasligi kerak. 

Yüklə 381,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin