2-sinfda matematika o’qitishning mazmuni va tuzilishi


-sinf matematika fanini o’qitish metodikasi



Yüklə 108,16 Kb.
səhifə2/5
tarix09.06.2023
ölçüsü108,16 Kb.
#127455
1   2   3   4   5
2-sinfda matematika o\'qitish

2-sinf matematika fanini o’qitish metodikasi
Darslikda ilgari surilgan va bayon qilingan o‘quv ma’lumotlari o‘quvchilar ongiga yetkazish hamda o‘zbekona odob, milliy an’analar ruhi va xalqaro bilimdonlik me’zonlariga muvofiq ta’lim berishda o‘qituvchiga amaliy yordam vazifasini bajaradi, deb o‘ylaymiz.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida bolalarning nafaqat ma’lum bilim va malakalarini o‘zlashtirib olishi, balki ularda kuzatuvchanlik, idrok, ijodiy tasavvur, diqqat, xotira, tafakkur kabi bilish qobiliyatlarining ilmiy rivojlanishini ham nazarda tutadi. Bu ishlar mantiqiy tafakkur bilan bog‘-liq ravishda og‘zaki va yozma matematik nutqni o‘ziga xos aniq, ixcham, sodda va to‘g‘ri bayon qilish kabi zarur sifatlarni rivojlantirishi kerak.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib, o‘quvchilar aqliy faoliyatining muhim usullari: tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlik kiritish, o‘xshashini topish kabi murakkab vazifalarni bajarish ko‘nikmalarini ham hosil qilish lozim. O‘qituvchi bolalarga darsda o‘rganiladigan tushuncha va qoidalarning hammasi amaliy faoliyatda ishlatilishini, ular turmush talablari tufayli kelib chiqqanligini tushuntirishi kerak. Bu ishda ushbu qo‘llanma dasturiamal vazifasini bajaradi.
Shuningdek, qo‘llanmada darslik va boshqa diadaktik materiallardan unumli foydalanish, darsning ta’limiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish haqida maslahatlar beriladi.
Darsga tayyorlanishda o‘qituvchi darslikdagi o‘quv ma’lumotlari va qo‘llanmadagi ko‘rsatmalar bilan to‘liq tanishib chiqish ularning mazmunini va maqsadini puxta idrok qilganidan keyingina dars rejasini tuzadi, kerakli ta’lim vositalarini tayyorlaydi.
Qo‘llanmada har qaysi mavzu bo‘yicha oldin uni o‘rganishga doir asosiy vazifalar belgilanadi, dars tarkibi va bosqichlari bo‘yicha uslubiy maslahat va tavsiyalar keltiriladi. Albatta bu ishlar o‘qituvchining ongli ijodiy mehnati orqali amalga oshiriladi.
Mazkur qo‘llanmada, darslikda berilgan har bir mavzu bo‘yicha darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadi, namunaviy darsni o‘tish uchun ta’lim vositalari va ulardan unumli foydalanish yo‘llari, didaktik materiallar, metodik ko‘rsatmalar, qo‘shimcha topshiriqlar va amaliy vazifalar berilgan. Undan tashqari, har bir mavzudagi o‘quv ma’lumotlarini turmush bilan bog‘lab, ularning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish va o‘quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish usullari ham bayon qilingan. O‘qituvchi darsga tayyorlanishda, darslik va metodik qo‘llanma bilan to‘liq tanishib chiqib, ularning mazmunini va maqsadini puхta idrok qilgandan keyin dars rejasini tuzadi va kerakli ta’lim vositalaridan foydalanadi. Albatta, bu ishlar o‘qituvchining ongli va o‘zining ijodiy mehnati orqali amalga oshiriladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning aniq sharoitini, o‘zlashtirishini hisobga olgan holda, o‘quvchilarga berilishi kerak bo‘lgan topshiriq mashqlari va vazifalaridan o‘rinli foydalangan holda reja tuzishi darkor.
Ushbu qo‘llanmada mavzular asosida darsni o‘rganishga doir umumiy yo‘l-yo‘riqlar va asosiy vazifalar belgilanadi.
Asosiy vazifalar:
1. Har bir o‘quvchining tayyorgarlik darajasini aniqlash.
2. O‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni tartibga solish va to‘ldirib borish.
3. Darslikdagi mavzularni ijodiy izlanishlar asosida fikrlash jarayoni­ ni shakllantirish, o‘quv ko‘nikmalari va malakalarini tarkib toptirishdan iborat.
Tavsiya etilayotgan og‘zaki mashqlarni o‘qituvchi turli usullarda berishi, ya’ni o‘zining ijodiy izlanishidan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlarini hisobga olgan holda ba’zan almashtirishlari ham mumkin. Tavsiya etilayotgan matematik o‘yinlarga, boshqotirmalarga, didaktik o‘yinlarga ijodiy yondashish, iloji boricha, ularning хilma­хil bo‘lishiga, har bir darsning aniq maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, uning qiziqarli va mazmunli o‘tishiga alohida e’tibor berish kerak.
Hozirgi paytda har bir narsani matematik yo‘l bilan hal etish har qadamda uchrayotgan ekan, o‘quvchilarni matematika fanini puхta o‘zlashtirishlari uchun egallagan bilimlarini boshqa fanlar (ona tili, tasviriy san’at, o‘qish, atrofimizdagi olam, jismoniy tarbiya, musiqa, odobnoma) bilan bog‘lab olib borish maqsadga muvofiqdir. Har bir pedagog davr talabiga javob beradigan o‘quvchilarni yetkazib berishda, matematika fanini puхta o‘zlashtirishlari uchun bor imkoniyatlardan o‘rinli foydalana olishi darkor. Shu bois, o‘quvchilarni mustaqil yo‘naltira oladigan materiallardan unumli foydalanish, har bir mavzuni kundalik turmush va hayot bilan bog‘lab olib borish, darsni qiziqarli qilib o‘tishda turli usullardan o‘rinli foydalanish, ya’ni boshqotirma, testlar, didaktik o‘yin, ertak, rivoyat, matematik diktantdan o‘z o‘rnida foydalana bilish, matematika fanidan o‘tganlarini tarbiya bilan uzviy bog‘lab olib borish vazifalari ko‘zda tutilgan.
Har bir matematik muammolarni do‘stona, birodarlik, hamjihatlik bilan hal etishda interfaol usullaridan o‘rinli foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Interfaollik – o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘qituvchi-o‘quvchi (subyekt) suhbatlarida sodir bo‘ladi. Interfaol metodlarining bosh maqsadi o‘quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi.

Yüklə 108,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin