2-sinfda matematika o’qitishning mazmuni va tuzilishi


Matematika darslarini pedagogic texnologiya talablari asosida loyihalashtirish



Yüklə 108,16 Kb.
səhifə4/5
tarix09.06.2023
ölçüsü108,16 Kb.
#127455
1   2   3   4   5
2-sinfda matematika o\'qitish

Matematika darslarini pedagogic texnologiya talablari asosida loyihalashtirish
Ta’lim berish ilg‘or pedagogik teхnologiyalarning zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash umumiy o‘rta ta’limning asosiy shartlaridan biri sifatida belgilangan. Darhaqiqat, ilg‘or pedagogik teхnologiyalar ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. Shu bois, hozirgi davr talablaridan biri matematika darslarini pedagogik teхnologiya talablari asosida tashkil etishdir. Pedagogik teхnologiya bu, ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida teхnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, bilim berish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli metodidir. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, davr talabiga javob bera oladigan darsni tashkil eta bilish har bir o‘qituvchining ijodiy izlanishiga, mahoratiga, o‘z ustida ishlashiga, o‘qitishning interfaol metodlaridan o‘rinli foydalana olishiga bog‘liqdir. Bu borada noan’anaviy dars tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, dars rejasini tuzishda ham aniq maqsad bilan unumli harakat qilmoq kerak. Dars tarkibi va bosqichlari bo‘yicha uslubiy maslahat va tavsiyalar keltiriladi.
Pedagogik texnologiya o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchini mustaqil o‘qishiga, bilim olishga, fikrlashga va ayni paytda kuzatuvchanlikka, tashabbuskorlikka, ijodkorlikka o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayon hisoblanadi. Bu esa o‘qituvchining o‘z ishiga munosabati: bilimi, mas’uliyati, ijodiy izlanishi, qolaversa, mahoratiga bo‘g‘liq. Chunki, yangicha ta’lim standartlarini o‘zlashtirish kafolati yangicha zamonaviy texnologiya asosida ish yuritishni taqozo etadi. Pedagogik texnologiya
insonga oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’lim-tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat.
Hozirda pedagogik texnologiyalarning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inver-sion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalaridir.
Jumladan, empirik – sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni takomillashtirib borishga qaratiladi. Kognitiv – atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilim ehtiyojlarini rivojlantiradi. Interfaol ta’lim o‘z xususiyatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlab topish) muammoli vaziyatni yechish orqali kreativ – ijodkorlik asosida axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish vazifalarini bajarish ham ko‘zda tutilgan. Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta’lim o‘z navbatida kompyuter dasturlari yordamida bilim berish, internet tarmoqlari asosida o‘qitish, multimediyali elektron darsliklar yaratish, mediya ta’lim metodlaridan unumli foydalanish davr talabi ekanligini unutmasligimiz kerak. Pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari – asoslari, manbalari, shakllantirishdagi tarixiy bosqichlar, mezonlari, ko‘rinishlari, darajalari, turlari, yo‘nalishlari, asosiy tarkibiy qismlari, asosiy vositalari nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatib, o‘tgan mualliflar pedagogik texnologiyaning asosiy tarkibiy tuzilishi va tarkibiy qismlari orasidagi bog‘liqliklarini bilish nihoyatda zarur ekanligini ta’kidlaydi.
Xullas, ped. texnologiya – insonga oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’lim-tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish bilan bir qatorda komil insonlarni shakllantirishdan iborat.
Har bir o‘qituvchi o‘quvchilar matematika fanini puхta o‘zlashtirishi uchun mustaqil yo‘naltira oladigan materiallardan unumli foydalangan holda, materialni kundalik turmush va hayot bilan bog‘lagan holda, darsni qiziqarli qilib o‘tishda turli usullarni qo‘llab yuqorida ko‘rsatilgan dars andazasidan foydalanib dars rejasini tuzishda foydalanadilar degan umiddamiz. Qo‘llanmamizning hajmi 170 soat, dars rejasini to‘liq bayon qilish uchun imkon bo‘lmadi. Shu bois, bir xil turdagi ba’zi darslar qoldirib ketilgan.

Yüklə 108,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin