2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish
3-bob. Texnologiya fani konsepsiyasining asosiy maqsadi va rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari Quyidagilar texnologiya fanini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi: texnologiya fanini mehnat bozori talablari asosida modernizatsiya
qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish; o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish, mehnat bozorida zarur bo‘ladigan kompetensiyalarni shakllantirish; o‘quvchilarda texnologik savodxonlik, tanqidiy, kreativ va tizimli fikrlash, mustaqil qaror qabul qila olish, o‘z intellektual qobiliyatlarini namoyon eta olish va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish.
Texnologiya fanini rivojlantirish quyidagi vazifalarga asosan amalga oshiriladi:
umumiy o‘rta ta’limning barcha bosqichlarida izchil texnologiya fanini
o‘qitish tizimini yaratish; texnologiya fanining ilmiy metodik ta’minotini rivojlantirish; texnologiya fanining moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; texnologiya ta’limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy
usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmasini shakllantirish; texnologiya fani maqomini uning fundamental bilimlarining inson yaratuvchilik faoliyati bilan bog‘liqligini hamda atrof-muhit va umumiy ta’lim mazmuni o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ta’minlashdagi asosiy roliga munosib ravishda o‘zlashtirishga erishish; umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va o‘quvchilarni
kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish; fan doirasida o‘rgatiladigan va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun istiqbolli deb tanlangan kasblar hamda mutaxassislarni tayyorlashning tayanch bosqichi sifatida xizmat qilishi; kadrlarni tayyorlash, mavjud kadrlar ta’minotini modernizatsiyalash va inson potensialidan samarali foydalanish; malaka talablarini, shuningdek yangilangan ta’lim standartlarini joriy etish uchun egallanadigan ko‘nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish; fanning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, malaka talablari va shakllantiriladigan kompetensiyalardan kelib chiqqan holda baholash tizimini ishlab chiqish; fan bo‘yicha olimpiadani tashkil etish Nizomini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, baholash va rag‘batlantirish tizimini texnologiya, shu jumladan, dizayn, muhandislik, robototexnika, elektronika, bolalar uchun ixtiro masalalarini yechish algoritmi kabi tanlov va ko‘rgazmalarini tashkil etish; intellektual salohiyatning mehnat bozoridagi o‘rni haqidagi madaniyatni shakllantirish; perspektiv texnologik, zamonaviy standartlarga mos keluvchi, yo‘nalishlarni tadqiq qilish va joriy etish; o‘quvchilarda loyihalash va tadqiqot ishlari madaniyatini shakllantirish; ta’limning ilg‘or amaliyotini ommalashtirish va texnologiya fanini o‘qitishning shakllari xilma-xilligini rag‘batlantirish; amaliy jihatdan texnologiya sohasidagi bilim – texnologiyalar transferi bilan bog‘liq, keng ma’noda kelajak avlodni yuz berishi mumkin bo‘lgan texnologik o‘zgarishlar bilan ishlashga tayyorlash.