2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish konsepsiyasi 1-bob. Umumiy qoidalar


Texnologiya o‘quv predmetining asosiy maqsad va vazifalari



Yüklə 81,84 Kb.
səhifə7/15
tarix23.05.2023
ölçüsü81,84 Kb.
#120182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
2 soat amaliy Umumiy o‘rta ta’limda texnologiya fanini o‘qitish

Texnologiya o‘quv predmetining asosiy maqsad va vazifalari:
Umumta’lim maktablarida fanlarni o‘qitish jarayonida fan-texnika taraqqiyoti, injeneriya, matematika va kundalik hayot bilan bog‘lab o‘rganishning STEAM (science, technology, engineering, art and mathematics) yondashuvi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish dolzarb masaladir. STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan umumiy reja. STEAM o‘ziga tabiiy fanlar, texnologiya, injenerlik, san’at, ijodkorlik, matematika fanlarining amaliy jihatlarini umumlashtirib integratsiyalashni nazarda tutadi.
STEAM-kundalik hayotning ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan ta’limning integrativ yondashuvini taqazo etadi. Bunday yondashuvdan maqsad - ta’lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ‘ib qilishga qaratilgan.
Xalqaro tajribalar asosida STEAMning joriy etilishi bugungi kunda ta’lim tizimiga yondashuvni o‘rganish va ta’limga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratish orqali irodani, ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadi.
Texnologiya darslarida o‘quvchilarning texnik ijodkorligini, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Texnologiya o‘quv predmetining asosiy maqsadi-o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan amallar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunarga yo‘naltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish layoqatlarini shakllantirishdan iborat.

Yüklə 81,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin