2 soat Reja: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari


-rasm. Jamg`arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga



Yüklə 445,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/26
tarix23.05.2023
ölçüsü445,46 Kb.
#120997
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
5 мавзу макро

13.3.-rasm. Jamg`arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga 
ta‘siri.
13
  
  
Boshlang`ich holatda iqtisodiyot kapitalning barqaror zahirasi k*
1
ga ega 
bo`lib, investitsiyalar amortizatsiyaga teng edi. Jamg`arish normasi oshganidan 
so`ng investitsiyalar (I‘

- I
1) 
miqdorga o`sdi, kapital zahirasi (k*
1
) va amortizatsiya 
(dk
1
) esa o`zgarmasdan qoldi. Bunday sharoitda investitsiyalar kapitalning chiqib 
ketishi (amortizatsiya)dan ortiqlik qiladi va kapital zahirasining yangi muvozanat 
darajasi (k*
2
) ga qadar o`sishini keltirib chiqaradi. k*
2
esa fond bilan qurollanganlik 
va mehnat unumdorligining yuqoriroq darajalari bilan xarakterlanadi.
Solou modeli jamg`arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror 
darajasiga erishishning o`ta muhim omili ekanligini ko`rsatadi.
Jamg`arish normasining o`sishi investitsiyalar hajmining oshishini keltirib 
chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o`z navbatida kapital bilan 
qurollanganlik darajasining (k) ko`tarilishiorqali , pirovard natijaga, ya‘ni esa ishlab 
chiqarish hajmining (Y) ko`payishiga olib keladi.
Shunday qilib, jamg`arish normasining oshishi barqaror muvozanat sharoitida 
yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi darajasiga erishish imkonini beradi. 
Ammo jamg`arish normasining ortishi qisqa muddatdli davrda, iqtisodiyot yangi 
barqaror muvozanat nuqtasiga etgunga qadar , iqtisodiy o`sishni jadallashishiga olib 
keladi.
Jamg`arish jarayoni ham, jamg`arish normasining oshishi ham barqaror 
muvozanat holatida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o`sishi 
mexanizmini tushuntirish uchun etarli emas. Ular muvozanatning bir holatidan 
ikkinchi holatiga o`tilishini ko`rsatadi xolos.
13
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 7 th edition. Harvard University. NY.: Worth Publishers, 2015 


Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib 
tashlanadi:
aholi soni va uning ish bilan band qismi sonining o`zgarmasligi hamda texnik 
taraqqiyotning mavjud emasligi.
Aholi doimiy (n) sur‘at bilan o`sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining 
ko`payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi 
darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to`g`ri 
keladigan kapital zahirasi o`zgarishini ko`rsatuvchi tenglama quyidagi ko`rinishga 
ega bo`ladi:
Δk=I-dk-nk yoki Δk=I-(d+n)k
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada 
saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi 
zarur. Kapital jamg`arish normasi yuqori bo`lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi 
sonining o`sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o`zgarmasdan qolishi 
yoki pasayib ketishi mumkin.

Yüklə 445,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin