ko`rsatadi. B holda kapital bilan qurollanganlik (k) va mehnat unumdorligi (y)
o`zgarmas qoladi. Lekin aholi o`sishida kapitalning doimiyligi rapital ham aholiga
mos sur‘atda o`sishi kerakligini anglatadi: ya‘ni:
ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o`sishi – iqtisoiyotning
barqarorlik holati sharoiidagi uzluksiz iqtisodiy o`sishning sabablaridan biri.
Biroq agar aholining o`sishi investitsiyaning
oshishi bilan birga bormasa,
unda bu bir ishchiga tug`ri keladigan kapital zahirasining kamayishiga olib
keladi.Aholining
n dan n
1
ga o`sishi (d+n)k chizig`ini yuqoriga (d+n
1
)k holatiga
siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi.
Shunday qilib, R.Solou modeli aholi o`sishining yuqori sur‘atlarga ega bo`lgan
davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki,
daromadlar ham past
bo`lishini tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko`ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va
milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o`sishiga teng sur‘atda o`sib boradi. Aholi
sonining tez o`sishi iqtisodiyotning o`sish sur‘atlari jadallashishiga ta‘sir etadi,
ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish
kamayadi. O`z
navbatida, jamg`arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga
to`g`ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital
bilan qurollanganlik
koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o`sish sur‘atiga
ta‘sir ko`rsatmaydi. Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o`sishning
yagona
sharti texnik taraqqiyotning o`sish sur‘ati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: