erishiladi. Agar kapitalning o`sish sur‘atlari milliy daromadning o`sish sur‘atlaridan
oshsa, unda bu jamg`arish sur‘atlarining o`z-o`zidan pasayishiga olib keladi.
Bunday bog`liqlik J.Midning jamg`arishning milliy daromaddagi ulushi
doimiy deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital jamg`arishning
(investitsiyalarning) yuqoriroq sur‘atlarini moliyalashtirish uchun zarur bo`lgan
jamg`armalarning qo`shimcha o`sishi birichisidan orqada
qoladi va unga salbiy
ta‘sir ko`rsatadi. Agar kapitalning o`sish sur‘ati milliy daromadning o`sish
sur‘atidan orqada qolsa teskari holat ro`y beradi.
Mehnat unumdorligi o`sish sur‘atlarining dinamik muvozanatga ta‘sirini
ko`rib chiqib J. Mid agar ular kapital jamg`arish sur‘atidan oshsa unda chekli mehnat
unumdorligining pasayishi natijasida mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil
bo`ladi degan xulosaga keldi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning yangi nisbati esa
mehnatning ham, kapitalning ham to`liq bandligini ta‘minlaydi. Shu bilan birga J.
Mid real holatda mehnatning va kapital jamg`arilishining o`sish sur‘atlari o`rtasida
muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e‘tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning
o`sishi shunga muvofiq kapital oshishi bilan birga bormasa ishlab chiqarishning
o`sishi ro`y bermaydi, chunki ishchi kuchining o`sishi ortiqcha bo`lib ishsizlik
vujudga keladi. Agar kapital mehnat unumdoligini o`sish sur‘atlaridan tezroq o`ssa,
unda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari hosil bo`ladi. Biroq bu holda ham dinamik
muvozanatga erishish usullari mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik nazariyasiga
asoslanib ularni ko`rsatadi.
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni kuchaytiradi,
bu esa o`z navbatida ish haqi stavkalarining
pasayishiga va kapitalning
foydaliligining o`sishiga olib keladi. Natijada jamg`arish sur‘atlari oshadi va ishchi
kuchining o`sish sur‘atlari bilan tenglashadi. J. Mid modelida davlat pul-kredit
siyosatidan foydalangan holda faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini
bajarishi kerak. Faqat shugina daromadlar va jamg`armalarni qayta taqsimlashning,
resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o`sishni ta‘minlaydigan, samarali
mexanizmini yaratish imkonini beradi.
A. Lyuis o`z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy o`sishning
asosi sifatida ko`rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model ―aholi
zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan‖ davlatlar uchun qo`l
keladi. Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr
va boshqalarni
kiritadi.
A. Lyuis o`z konsepsiyasida erkin bozor g`oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil
markaziga tadbirkor shaxsini qo`yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish
omillaridan, ya‘ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish xususida qarorlar qabul
qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar va sanoat sektorlarini hisobga olgan
holda quriladi:. Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat
unumdoligi juda past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa
qishloq xo`jaligidan ishchi kuchining ―olinishi‖ ishlab chiqarish qisqarishiga olib
kelmasligini anglatadi. Qishloq xo`jaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi
darajasida bo`lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday
muammo tug`dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan
ancha yuqori.
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini
qishloq xo`jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o`sish
sur‘atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo`lib
tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarish
mashtablarini kengaytirib, o`z ishchilarining
daromadlari o`sishini ta‘minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko`maklashadi.
Bunda tadbirkorlar o`sib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga
yo`naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o`sishga dinamik ta‘sir
ko`rsatadi.
Iqtisodiy o`sishning o`zini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbai
bo`lib qo`shimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq
xo`jaligida esa- chekli mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy
o`sishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq
keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi.
Shuning uchun
investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga talabga bog`liq
bo`ladi. Uning o`sishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini
rag`batlantiradi. Qishloq xo`jaligida, aksincha, investsiyalar daromadlarning
qisqarishiga bog`liq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlarning ko`payishi
fermerlarni qo`l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi.
O`z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A.
Lyuis uni
industrial bosqichni o`tgan g`arbiy mamlakatlar uchun to`g`ri kelmaydi, deb
hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari
uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh. Kindlberger o`z tahlilida ko`rsatganidek
iqtisodiy o`sishning mehnat va kapital bilan bog`liqligining eng yaxshi namunasi
bo`lib GFR, Italiya, Shveysariya, va Niderlandiya hisoblanadi.
Buyuk Britaniya ,
Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis modelini
teskari bog`liqlikda bo`lsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda iqtisodiy o`sishning
past sur‘atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan cheklangan holda
foydalanish bilan bog`liq edi. Yana bir guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini
boshidan kechirgan mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya,
Yugoslaviya, Turkiya). Ularning iqtisodiy o`sishi ham Sh. Kindlberger fikricha A.
Lyuis modeliga to`g`ri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o`z sanoatini balki boshqa
yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan ta‘minlar edi va butun qit‘a
uchun o`ziga xos mehnat zahirasi fondi vazifasini bajargan edi.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o`rganadigan bo`lsak, bugungi
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to`liq qo`llanilayotganligini ko`rishning iloji
yo`q deb o`ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o`sishni
modellashtirishda
asosiy e‘tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat
boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samadorlik
jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi.