2. Sog’likka ogohlik. Sog’lik nima va u qanday baholanadi


Sog’lik masalasida ongsizlik, savodsizlik va malakasizlik omillari



Yüklə 53 Kb.
səhifə7/7
tarix13.02.2023
ölçüsü53 Kb.
#84061
1   2   3   4   5   6   7
INSON SOG’LIGINI SAQLASH BIOXAVFSIZLIKNI TAMINLASH. BIOXAVFSIZLIKDA ZAMONAVIY USULLARNI QO\'LLASH

Sog’lik masalasida ongsizlik, savodsizlik va malakasizlik omillari.
Bir qarashda sog’lom turmush tarzining asosiy talablarini aniqlanib, masala hal bo’lgandek ko’rinadi. Lekin bu sohadagi eng muhim talablar hali oldimizda turibdi. Bu talab har bir kishining yuqorida biz sanab o’tgan yo’nalishlarning har biri sohasida keng bilim va tushunchaga ega bo’lishi va bu bilimlarni o’zlarining kundalik turmushlarida qo’lashdan iborat. Agar yuqoridagi sohalarda har birimizda bilim va tajriba bo’lmasa, biz deyarli hech narsani o’zgartira olmaymiz.
Kishi sog’ligi va uni mustahkamlash – sog’lom turmush tarzi to’g’risidagi bilim hamda malakasizlik ham huddi shunday. Faqat shu sohadagi ongsizligimiz, uquvsizligimiz tufayli ko’pchilik vaqtlarda boshimiz kasaldan, tanamiz azobdan chiqmay qoladi. Ayrim hollarda aziz umrimizni barbod qilamiz.
O’tmishda odamlar uzoq umr ko’rganlar, hozirgi taraqqiyot kishilarning umrini qisqartiryabdi, degan gaplar mutlaqo asossiz. Aksincha taraqqiyot insonga ko’proq sog’lom va uzoq umr ko’rish imkoniyatini berayabdi. Buninig asosiy sababi insonni tabiatning va jamiyatning noqulay omillaridan himoyalanishni o’rganib borishi va o’z sog’ligini saqlash borasidagi ma’lumot hamda malakaning shakllanayotganligidir. Taraqqiyotning ushbu qonuniy jarayoniga asoslanib, hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, XXI asr kishilarida sog’lom turmush tarzini shakllantirish asri bo’ladi va bu asrning o’rtaridan boshlab, kishilar kamida o’rtacha 90 – 100 yil umr ko’radilar.
Shuning uchun har bir kishining o’z badanini parvarishi haqida bilim va malakaga ega bo’lishi hamda buni o’zining kundalik turmushida qo’llashi eng muhim talab. Busiz sog’lik va uzoq umr ko’rish to’g’risida biror bir natijaga erishish umuman mumkin emas.
Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin