2. Sog’likka ogohlik. Sog’lik nima va u qanday baholanadi



Yüklə 53 Kb.
səhifə3/7
tarix13.02.2023
ölçüsü53 Kb.
#84061
1   2   3   4   5   6   7
INSON SOG’LIGINI SAQLASH BIOXAVFSIZLIKNI TAMINLASH. BIOXAVFSIZLIKDA ZAMONAVIY USULLARNI QO\'LLASH

Ovqatlanish omili.
Ovqatlanish hayot uchun kurashlardan biri bo’lib, jamiki jonzodning oldida turgan asosiy masala hisoblanadi. Insonlar ham bundan istesno emas. Ibtidoiy odamning kundalik tashvishi va asosiy maqsadi ovqatlik topish va qornini to’yg’azish bo’lgani aniq. Ma’lumotlarga qaraganda, ularning ovqatlanishdagi asosiy mashg’uloti termachilik bo’lgan. Ya’ni asosiy iste’mol qiladigan ovqatiga ko’ra ibtidoiy odam mevaxo’r bo’lgan.
Ular shubhasiz ovqatlik mahsulotlarini yig’ishni bilmagan, qorni ochganda ovqat izlab, topganda qorni to’yguncha egan. Ovqatlik topish qiyin va mashaqqatli bo’lgani uchun ularni bir necha kunlab och yurganliklarini tasavvur qilish qiyin emas. Bunday vaqtlarda ular badanining ichki imkoniyatlari hisobiga yashagan.
Va nihoyat, insoniya to’g’ri ovqatlanish va kasalliklar o’rtasida bog’liqlik borligini aglab etdi. Buni Qadimgi dunyoning Zardusht, Luqmon, Gippokrat kabi ko’pgina mutaffakirlarning asrlaridan bilish mumkin. Anashu davrdan boshlab, ovqatliklarni tarkibiy mutanosibligi, energiya muvozanati, mikroblar, ovqatlanish rejimi va tartibi haqida qarashlar paydo bo’la boshladi. Ovqatlanish haqidagi fan – dietologiya shakllandi.
Hozirgi kunga kelib esa, noto’g’ri ovqatlanish kishilar o’rtasida uchrayotgan oshqozon va ichaklar, yurak va qon-tomirlari, ichki sekretsiya bezlari hamda bo’g’imlar, modda almashinuvining buzilishi, shuningdek, rak kabi kasalliklarning asosiy sababchisi ekanligi ilmiy ravishda isbotlandi. Hatto, JSSTning ekspertlari P. Revel hamda Ch. Revellar, “Kishilar o’rtasida uchrayotgan kasalliklarning 80%i noto’g’ri ovqatlanishdan”, degan fikrni ilgari suradi. Shuning uchun ham bugungi kunda ovqatlanishni to’g’ri tashkil etish, inson kundalik turmushining eng asosiy talablaridan biri va buni STTni tashkil etishda hisobga olmaslik mumkin emas.
Harakat omillari.
Ibtidoiy odamning ovqatlik topish va qorin to’yg’azish zarurati uni harakat qilishga, uzoq yurishga, yugurishga, daraxtlarga chiqib, tog’larga tirmashishga, suv kechib, qirlardan oshishga, hayvonlar bilan olishishga majbur qilgan. Har bir luqma ovqatlik uchun bazan kunlab harakat qilishga to’g’ri kelgan. Faqatgina ovqatlik topish uchungina emas, balki, yirtqich hayvonlardan qochish, jon saqlash uchun ham ular ko’p yugurishi, harakat qilishi kerak bo’lgan. Xuddi anashu mashaqqati uning badanidagi modda almashinish jarayonini tartibga keltirgan, ichki a’zolar faoliyatini yaxshilagan, bo’g’imlar harakatchanligini ta’minlab, chidamlilik degan nihoyatda muhim bir tayanch tizimini vujudga kelishiga hizmat qilgan.
Demak, insoniyat uchun harakat va uning turlarini o’zining kundalik turmushiga ongli ravishda kiritish zarurati paydo bo’ldi. Shu bilan birga gigiena fani xulosalari badan muntazam ravishda parvarishga muxtoj ekanligini va uni to’g’ri parvarish qilish umrni uzaytirish bilan bevosita aloqadorligini ham isbotladi. Shu nuqtai-nazardan harakat va badantarbiya salomatlik yo’lidagi muhim olmil bo’lib, STTni asosiy talablaridan biri bo’lib qoladi.

Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin