2. Tabiiy shamollatish


Shamollatish qurilmalarini ishlatish



Yüklə 196,3 Kb.
səhifə6/7
tarix06.05.2023
ölçüsü196,3 Kb.
#108859
1   2   3   4   5   6   7
1509450430 69570

7. Shamollatish qurilmalarini ishlatish
Shamollatish tizimi murakkab injenerlik qurilmasi hisoblanadi. Unuig har bir elementi maxsus vazifani bajaradi. Shuning uchun ham shamollatish sistemalarilii ishga tushirishdan oldin uni texnik va sanitargigienik sinovlardan o'tkaziladi.
Texnik sinov vaqtida shamollatish sistemasining va uning ayrim elementlarining texnik xarakteristikasi aniqlanadi. Mexanik shamollatishni bajarish uchun ventilator havo berish miqdori, uning hosil qiladigan bosimi, ventilator parragi va elektrodvigatel rotorining aylanish soni, havoni va bosimni tarmoqlar bo'yicha taqsimlanishi, kaloferlarning issiqlik unumi va bosimi va boshqalarni aniqlash kerak bo'ladi.
Binoni aeratsiya qilganda. kiritiladigan yoki chiqarib yuboriladigan havoning miqdori aniqlanadi.
Sanitar-gigiena sinovda esa shamollatish va sistemaning samaradorligi, havo tozalash, shuningdek, ishlab chiqarish zonalarida normal obhavo sharoiti va sanitar-gigienik sharoit yaratish imkoniyati aniqlanadi.
Shamollatish qurilmalarini o'rnatilayotgan va ishlatish uchun qabul qilinganda, vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi va remont qilingandan keyin sinab ko'riladi.
Shamollatish qurilmalarini sinash vaqtida va keyingi tuzilish elementlariga kiritilgan o'zgarishlar haqidagi ma'lumot qurilmaning texnik pasportiga yozib qo'yiladi va bu shamollatish sistemasining holatini aniliovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Har bir shamollatish qurilmasi uchun maxsus ishlatish tavsiyanomasi ishlab chiqiladi. Unda yong'in bo'lgan taqdirda qaysi qurilma o'chirilishi va qaysinisi ishlatilishi zarurligi yozib qo'yiladi.
Shamollatish sistemalsirining samarali ishlashi, shuningdek, tayyor holda bo'lishi, o'z vaqtida remont qilinishiga ventilatsiya sistemalari o'rnatilgan ishlab chiqarish uchastkasining boshlig'i javobgar hisoblanadi.
Shamollatish xo’jaliklari katta bo’lgan sanoat korxonalarida isitish va shamollatish sexi tashkil qilinishi mumkin. Bu sex korxona bosh mexanigiga (bosh energetigiga, bosh injener o’inbosariga) bo'ysunadi. Bunday hollarda shamollatish sistemalarining ishga yaroqli holda saqlanish javobgarligi shu sex boshlig'i zimmasiga yuklanadi.


Yüklə 196,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin