2. Tabiiy shamollatish


Avariya shamollatish tizimi



Yüklə 196,3 Kb.
səhifə5/7
tarix06.05.2023
ölçüsü196,3 Kb.
#108859
1   2   3   4   5   6   7
1509450430 69570

5. Avariya shamollatish tizimi.
Avariya shamollatish sistemasi, avariya natijasida yoki texnologiyani buzilishi natijasida sanoat korxonasi xonasiga birdaniga ko'p miqdorda kimyoviy zararli va portlash xavfli bo'lgan moddalar yig'ilganda, ularni xonadan qisqa muddat ichida chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
Avariya shamollatish sistemasi havo so'rish usulida bajariladi. Bunda so'rilgan havoning o'rniga havo yuborish mumkin emas, chunki havo oqimi natijasida zararli moddalar qo'shni xonalarga tarqalib ketishi mumkin. Bunda xonadagi havoning so'rib olish natijasida yangilanish darajasi tarmoq bo'yicha xavfsizlik texnikasi va promsanitariya qoida va normalarida keng chegaralarda beigilanadi. Masalan, kaprolaktam ishlab chiqarishda havo almashtirish 15 marta, benzol hosil qilish sexida 10 marta, reaktor bo'limlarida 5 marta bo'lishi kerak.
Havo almashtirish darajasini belgilashda avariya natijasida hosil bo'ladigan moddaning zaharliligi va miqdoridan tashqari bu moddaning ruxsat etiladigan miqdoriga qadar suyultirishga ketadigan vaqtni ham hisobga olish muhim. Chunki bunday hollarda avariya rivojini bartaraf etish maqsadida bu zonaga xizmat ko'rsatish va remont qiluvchi ishchilarni kirishga to'g'ri keladi.
Avariya ventilatorlari analizatorlari xavfli holatni ko'rsatishi bilanoq avtomatik ravishda ishga tushishi kerak. Bundan tashqari zonaga kirish joyida maxsus uzoqdan turib ishga tushirish pulti o'rnatilgan bo'lishi kerak.

6. Mahalliy shamollatish tizimi


Mahalliy shamollatish sistemalari zararli moddalarning ajralib chiqayotgan joylarning o'zida ishlab chiqarish zonasidagi havoga aralashib ulgurmasdan ushlab qolish va chiqarib yuborishni ta'minlashi zarur.
Gigiena nuqtayi nazaridan mahalliy shamollatish zararli moddani ishchi nafas olish organlariga yetib bormasligini yoki kamaygan miqdorda yetib borishini ta'minlaydi. Bu shamollatish sistemasida atmosferaga chiqarib yuborilayotgan havodagi zararli moddalar oz havoni chiqarish bilan shamollatishni yengillashtiradi. Kiritilayotgan havoga ishlov berish va tozalash kerak bo'lmaydi va bu iqtisodiy jihatidan yaxshi natija beradi. Mahalliy shamollatishning turlari . juda xilma-xil. Shulardan ba'zi birlari bilan tanishib o'tamiz.
Havo so'ruvchi shkaf (14-rasm, a) asosani kimyo laboratoriyalarida ishlatiladi. Bu shkafning yuqori qismida yengil gazlarni yig'ish uchun ma'lum hajm miqdorida kenglik qoldiriladi.
Shkafning texnologik eshikchasi oldidagi havoning harakati 0,5 m dan kam bo'lmasligi kerak. Agar ajralib chiqayotgan gaz og'ir va zaharli bo'lsa, havo tezligi 0,7-1 m/s miqdorda belgilanadi. Bu shkafdan chiqarib yuborilayotgan havo miqdorini hisoblab chiqish mumkin.
L = 3600 V(Fish=Fq)+VT
bunda, L— shkafdan so'rib chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, m3/soat;. V—ma'lum kesim yuzasidagi havo tezligi, m/s; xizmat eshikchasi yuzasi, m; Fq—qo'shimcha eshikcha va tirqishlar yuzasi, m2; —hisobga olish mumkin bo'lmagan zichlanmagan yerlardan so'rilishh mumkin bo'lgan havo hisobiga olinadigan koeffitsiyent, odatda, bu koeffitsiyent I,I qabul qilinadi.
Zararli moddalar ajralishi mumkin bo'lgan texnologik jarayonlarni qobiq bilan o'rashga harakat qilinadi va uning bir yoki bir necha yeridan havo so'rilib, xonadagi havoga harakati qobiq ichiga qarab yo'naladi, zararli moddalar ish joylariga tarqalmasligi ta'minlanadi.

14-rasm. Mahalliy shamollatish qurilmalarining nusxalari.
Ba'zi bir texnologik jarayonlarni bunday qobiqqa o'rash imkoniyati yo'q. Bunday hollarda, ochiq havo so'rish tizimlaridan foydalaniladi. Bunday sistemalarning eng oddiy turi havo so'rish zontidir (14-rasm, b).
Zontni qizigan, havo oqimlari uchun ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ba'zi vaqtlarda zontlar o'rniga shirmalardan foydalanish ko'p miqdordagi havoni chiqarib yuborish imkoniyatini beradi. Har qanday holatda ham zararli havo ishchi nafas organlariga yetib bormaydigan bo'lishi shartv.
Agar zararli moddalar ajralib chiqayotgan zona vanna shaklda bo'lsa va uning tomonlari biror bir texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo'lib, zont o'rgatish imkoniyati bo'lmasa, unda havo bortlar orqali so'riladi (14-rasm, e). Bort orqali havo sourish tizimlari bir tomonlama, ikki tomondan va havo bir tomonidan hamda havoni bir tomonidan so'rib, ikkinchi tomonidan haydash yo'li bilan amalga oshiriladi.
Ba'zi bir hollarda ishchiga yo'naltirilgan havo dushlaridan foydalaniladi. Havo dushlari havo, harorati td va havo harakati tezligi Vd QMQ 3. 01, 02 - 00 bilan cheklangan bo'ladi. Masalan, yilning issiq oylarida (tashqi havo harorati v 10°C) yengil kategoriyadagi ish bajaruvchi ishchilar uchun va issiqlik ajralib chiqishi 1,3-2,5 M J/(m2/s) (300-600 .kkal (m2/s) ni tashkil qilsa, havo haroratining miqdori 22— 24°C, Vd esa 0,5—1,0 m/s; og'ir kategoriyadagi ish bajarilganda va issiqlik ajralib chiqishi 10 M J (m2/s) 2400 kkal/t (m2/s) va undan ortiq bo'lsa, bu norma tegishlicha 18—19 °C va 3,0—3,5 m/s ni tashkil qiladi. Havoning harakati tezligi 5,0 m/s dan ortiq bo'lsa, inson holatiga yoqimsiz ta’sir ko’rsatadi.
Havo dushlari doimiy o'rnatilgan va ko'chma bo'lishi mumkin Doimiy o’rnatilgan havo dushlari uchun havoni xona tashqarisidan olinadi. Ko'chma havo dushlari uchun esa, dush o'rnatilgan xona havosidan foydalanish mumkin. Agar dush o'rnatilgan xonada issiqlik ajralishi kuchli bo'lsa, unda ko'chma havo dushlari suv zarralari bilan birga yuboriladi va bu sovutishda ancha samarador usul hisoblahadi.

Yüklə 196,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin