A) kasb-hunar maktablarida: Maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi;
Ta’lim olayotgan o’quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.
B) kollejlarda: Kamida umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi.
V) texnikumlarda: Umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo’lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi;
Texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o’qishini davom ettirish huquqiga ega bo’ladi.