2. Tashqi tuzilishi Ichki tuzilishi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/7
tarix27.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#103218
1   2   3   4   5   6   7
portal.guldu.uz-2-Maruza

2. Tashqi tuzilishi
Mollyuskalar gavdasi segmentlarga bo’linmagan - bilateral hayvonlar bo’­lib, lekin ularning ko’pchiligi (qorinoyoqli mollyuskalar) ning bilaterial simmetriyasi jiddiy ravishda buzilganligi va simmetriyaning ozmi yoki ko’pmi darajada asimmetriya tarzida keskin ifodalanishi bilan xarakterlanadi.
Mollyuskalarning gavdasi uch bo’limdan iborat(1-rasm) bo’lib, bu gavdadan ma’lum darajada ajralib turgan-bosh bo’limi, ichki organlarning ko’pchilik qismini o’z ichiga olgan-tana bo’limi, va oyoq bo’limi - tananing muskulli qorin qismi ko’pincha keng sermuskul kaft, yoki dami o’tkir pona shaklida bo’ladi. Mollyuskalar oyoqlari yordami bilan sudralib yuradi yoki suv ostidagi narsalarga yopishib oladi.




А

1-rasm. Mollyuskaning umumiy tuzilishi (qorinoyoqli mollyuska-Deroceras caucasicum misolida)


Qoplag’ichi va chig’anog’i. Mollyuskalar tanasi ko’pchilik umurt- qasizlarga xos bo’lgan bir katlamli epiteliy bilan qoplangan. Ko’pchi­lik mollyuskalarning gavdasi yaxshi rivojlangan oxakli chig’anoq bilan o’ralgan bo’ladi. Chig’anoq moddasi teri hujayralaridan ajralib chiqadi. Chig’anoq ostidagi teri qoplami mantiya deb ataladi.


Mollyuskalarning chig’anog’i uchta qatlamdan iborat bo’ladi (2- rasm, A). Bu uchala katlam mantiya hujayralaridan ajralib chiqqan. Chig’anoqning tashqi qatlami - periostrakum mantiyaning chekkasidan ajralib chiqqan bo’lib, uning tarkibi shoxsimon moddaga yaqin bo’lgan elas­tik organik modda-konxiolindan iborat. Chig’anoqning eng rivoj­langan o’rta qatlami - ostrakum kaltsiy karbonatdan iborat. U ham mantiya chekkasidan ajralib chiqadi va ohak prizmachalar holida chig’anoqning sirtiga tik joylashadi. Chig’anoqning ichki, uchinchi qatlami - gipostrakum ham asosan ohakdan iborat bo’lib, u sadafsimon yoki chinniga o’xshagan bo’lishi mumkin. Sadaf qatlami qat-qat bo’lib yopishgan yupqa plastinkalardan iborat. Har xil holatda joylashgan bu plastinkalar ham, organik modda (konxiolin) bilan o’zaro yopishgan bo’ladi.
Chig’anoqning ichki tuzilishi boshqacha (chinnisimon) bo’lishi xam mumkin, bu holda chiqanoq sadafdek jilvalanmaydi. Mantiyaning butun satxidan chig’anoqning ichki qatlami hosil bo’lgan. Mollyuska o’sadi va uning bilan birga chig’anoq ham o’sadi. Chig’anoqning o’sib kattalanishi, oxak bilan konxiolin chiqazib turadigan mantiya chekkalaridagi (2-rasm, B) hujayralarning faoliyatiga bog’liq. Chig’anoqning qalinlashuvi chig’anoq yondoshgan mantiya sathi chiqazib turgan sadaf yoki chinnisimon yangi plastinkalarning qavatlanishiga bog’liqdir.






Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin