2. Tashqi tuzilishi Ichki tuzilishi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/7
tarix27.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#103218
1   2   3   4   5   6   7
portal.guldu.uz-2-Maruza

Nafas olish sistemasi. Ko’pchilik mollyuskalarning nafas olish organi haqiqiy jabra yoki ktenidiylardir. Ktenidiylar o’pkali mollyuskalarda bo’lmaydi, chunki ularning mantiya bo’shlig’i atmosfera havosi bilan nafas olishga moslashgan organ-o’pkaga aylangan. Bundan tashqari dengiz qorin oyoqli mollyuskalarda ham ktenidiylashgan jabra o’rniga adaptiv teri jabralari rivojlangan.


Qon aylanish sistemasi. Mollyuskalarning qon aylanish sistemasi juda yaxshi ri vojlangan. Bu esa, boshqa belgilar (tselomning bo’lishi) bilan birga, mollyuskalarning yuqori darajada tuzilganliklarini ko’rsatadi. Ammo mollyuskalarning qon aylanish sistemasi tutashmaganligi bilan halkali chuvalchanglarnikidan farq kiladi. Demak, qon faqat o’ziga qarashli epitelial devorlari bo’lgan qon tomirlardangina aylanib qolmay, balki sinuslar va lakunalar sistemasidan, ya’ni parenximadagi to’qimalar bilan organlar orasidagi, o’z devoriga ega bo’lmagan bo’shliqlardan ham aylanadi. Ana shu munosabat bilan mollyuskalar qon aylanish sistemasida mayda qon tomirlar bilan kapillyarlar yaxshi rivojlanmagan yoki butunlay yuq. Qon aylanish sistemasining tutashmaganligi parenximaning rivojlanganligi bilan chambarchas bog’liqdir. Yaxshi differentsiatsiyalangan pulslantiruvchi (o’rib turuvchi) maxsus organ - yurakning bo’lishi(7-rasm,5,6) hamma mollyuskalar qon aylanish sistemasi­ning eng muhim xususiyatidir.

Yurak tananing orqa tomonida orqa ichakdan keyin joylashib, u qorincha va to’rta yurak oldi bo’lmalaridan tashkil topgan bo’lib, uning soni jabralar soniga bog’liq. Yurak qorinchasida bitta aorta chiqib u bosh qismiga boradi, yana bir aorta esa orqa tomonga borib ichki organlarni qon bilan ta’minlaydi


Mollyuskalar qoni (yoki gemolimfa) ko’proq nafas olish pigmenti(gemotsanin, kamroq gemoglabin) va har xil qon hujayralaridan tashkil topgan. Bu suyuqlik tana vaznining(chig’anoqdan tashqari) 50-60% tashkil etadi.
Mollyuskalarning ajratish organlari. Mollyuskalarda boshlang’ich chiqarish tizimi bir juft metanefridiyadan iborat bo’lib, ular perikardda boshlanadi va keyin kanal orqali mantiya bo’shlig’iga boradi. Bu kanalda ikkilamchi so’rilish (reabsorbtsiya) va sekretsiya tufayli ikkilamchi siydik hosil bo’ladi. Ko’pchilik mollyuskalarda bu ajratish kanallariasosida bezsimon buyrak rivojlangan.
Ko’p mollyuskalarda ekskretor faol to’qima mavjud bo’lib, u qon aylanish tizimi bilan aloqada bo’lib, qondan metabolik mahsulotlarni oladi va uni uzoq saqlash xususiyatiga ega. Molyuskalarda ekskretni saqlaydigan ixtisoslashgan hujayralar (atrositlar) mavjud bo’lib, u Annelida lardagi xloragogen hujayralariga o’xshaydi. Bundan tashqari, tanada doimo to’planadigan “chiqindlarni” yig’adigan ko’chma fagotsitlar mavjud.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin