2. Tashqi tuzilishi Ichki tuzilishi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/7
tarix27.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#103218
  1   2   3   4   5   6   7
portal.guldu.uz-2-Maruza


2-Mavzu


Mollyuskalar tipining umumiy tavsifi va ularning sistematikasi


Ko’riladigan masalalar


1. Mollyuskalarning umumiy tavsifi va tipning umumiy belgilari
2. Tashqi tuzilishi
3.Ichki tuzilishi
4. Mollyuskalar klassifikatsiyasi


Kalit so’zlar: tip, sinf, qorin oyoqli, tsefalopodiya, oila, avlod, orqajabralilar, ikkipalalilar, o’pkali mollyuskalar.


1. Mollyuskalarning umumiy tavsifi va tipning umumiy belgilari
Mollyuskalar yoki yumshoq tanlilar hayvonot olamida turlar sonining ko’pligi jihatidan bo’g’im oyoqlilar tipidan kieyingi o’rinda turib, hozirda dunyo faunasida 130 000 mingdan ortiq turlari mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligini qorinoyoqlilar va ikkitabaqalilar tashkil etadi. Mollyuskalar hayvonlarning eng qadimgi guruhi hisoblanib, kembriy davridayoq, hozirgi zamon mollyuskalar tipiga kirgan hamma sinflarning vakillari bo’lgan.
Bosh oyoqli mollyuskalar, boshqa siniflariga nisbatan fizologik jihatidan takomillashgan va yuksak tuzilishga ega. Biroq boshqa sinflar ularga nisbatan kichik, ammo, ularning tuzilishi juda o’ziga xos.
Mollyuskalar orasida gigant(ulkan) vakillari ham bor: bularga kalmarlardan Architeuthis avlodi vakillari kirib tana uzunligi 6,6 metr, paypaslagichlari cho’zilganda esa 18 metirgacha etib, ular hozirgi zamondagi eng yirik umurtqasiz hayvonlar sanaladi. Biroq ko’pchilik turlari kichik bo’lib, ularning tana uzunligi 1 mm dan kichik (Aplacophora). Chig’anoqli mollyuskalar kattaligi 1 mm dan bir oz ko’proq bo’lib, bunga Microhedylidae (orqa jabralilar) oila vakillari misol bo’ladi.
Mollyuskalar turli xil joylarda uchrab, faqat doimiy muzliklarda, tog’ cho’qqilarida va qutub mintaqalarida yashamaydi. Ko’pchilik mollyuskalar faqat dengizlarda yashaydi (Aplacophora, Polyplacophora, Monoplacophora, Scaphopoda, Cephalopoda), ikki tabaqalilar nafaqat dengizlarda, qisman chuchuk suvlarda, bazi birlari botqoqliklarda( bir qator Pisidium vakillari) hayot kechiradi. Faqat ozgina turlar (o’pkali mollyuskalar) quruqlikda xayot kechirishga moslashgan.
Dengizlarda mollyuskalar maksimal chuqirlikda ham yashab, chuqurlik ortgan sari yirtqich turlar soni ko’payib boradi. Dengizlarda, marjon riflari, litoral qirg’oqlar va unga yaqin bo’lgan joylarda mollyuskalar bioxilma-xilligi yuqori bo’ladi.
Mollyuskalar bir qator hayvonlar uchun ozuqa manbai hisoblanadi. Masalan, bosh oyoqli mollyuskalar bilan turli xil suv sut emizuvchilardan tishli kitlar, tyulenlar va yirik baliqlar ozuqlansa, chuchuk suv mollyuskalari - suvda suzib yuruvchi, quruqlik mollyuskalari esa bir qator qushlar uchun ozuqa bo’ladi.
Mollyuskalar inson hayotida muhim ahamiyatiga ega bo’lib, odamlar mollyuskalardan har xil maqsadlarda foydalanadilar. Masalan, bir qator mollyuskalar tok shiliq qurti(Frantsiyada), dengiz quloqchasi (Xitoyda), bosh oyoqlilar O’rta Er dengizi atrofidagi mamlakatlarda oziq-ovqat sifatida foydalaniladi.
Turli qorin oyoqli mollyuskalarning chig’anoqlaridan sadaf olishda, xilma-xil ziynat buyumlar yasashda foydalanilsa, bir qator qorin oyoqli mollyuskalar, chorva mollariga ekzoparazit kasalliklarni tarqatishda oraliq xo’jayin vazifasini bajarsa, shilliq qurtlar esa qishloq xo’jalik ekinlariga katta zarar etkazadi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin