manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Atama, eng avvalo, siyosiy apparat
xodimlariga nisbatan foydalanishi odatiy tusga kirgan.
Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng
katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning
ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik,
firibgarlik,
nepotizm va h.k.
Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi qaerda?
Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali
yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar
tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har
xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning
xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha
millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona echim yo‘q. Gap
shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi.
Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»ga
sharoit yaratmoqda?
Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish
tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari
moddiy yoki mulkiy
yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan
foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».
Bu erda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari» sanaladi. YA’ni, ushbu jumlaning
o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim
ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga
qo‘l urishga nima undamoqda?
Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda,
g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may
daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga
davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda.
Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z
oldingizga keltiring,
uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l
urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim
hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning
oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh
va’da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib,
korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar
etishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi
ham hech
gap emas.
Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish
mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida
batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir
omilga e’tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun’iy to‘siqlar.
Sun’iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki,
ularning barchasini siyosiy
iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar?
Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi
«belgilangan mantiqsizlik» va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson
kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «ob’ektivka»orqali aniqlash
mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va
jismoniy etukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi», «yaqin qarindoshining
sudlanganligi»kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli
kishini rasmiy doiradan
uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida
ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay
hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma’lumotnomani olish kichik
korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi,
mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»larga duch
kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar»zamirida korrupsiyaga boshlab
boruvchi yo‘l mujassam. SHuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi
sifatida davlat organlarining
xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va
moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq
oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a’zolari, vazir va davlat
qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy
mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan.
Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha
tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda
bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy
shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob
olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin.
Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab
turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. SHu
o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining
korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish:
cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib turishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: