Elektr shikastlanishlarni kelib chiqish sabablari quyidagi 3 guruhga bo‘linadi:
1.Tarmoqdagi avariyalar. Elektr tarmoqda turli sabablar bilan (masalan, shamol kuchayishi, momoqaldiroq, yomg‘ir va boshq.) elektr ta’minotining uzilishi. Bu buzilishlar eng ko‘p qayd qilinadigan bo‘lib asinxron motorlar to‘xtashlarining 80% ni ushbu avariyalar sabab bo‘ladi. Bunda ko‘pincha kuchlanishni og‘ishi yoki tebranishi, nosimmetrikligi, faza uzilishi, sinusoidallikni buzilishi kabi buzilishlar sabab bo‘lishi mumkin.