2 Uch fazali asinxron dvigatelini tekshirish
Asinxron motorda bo‘ladigan shikastlanishlar tasnifi.
Elektr uskunalarni belgilangan meyyoriy ko‘rsatkichlar doirasida ishlatish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, texnologik elektr uskunalarini optimal ish rejimida ushlab turish va shunga o‘xshash tadbirlar kiradi. Ishlab chiqarishda asosiy ekspluatatsiya qilinuvchi elektr uskunalar elektr yuritma va yoritish uskunalari tashkil qiladi.
Korxona elektr energiyasi istemolining asosiy qismi texnologik mashinalarning elektr yuritmalariga to‘g‘ri keladi. Elektr yuritmalarni ish rejimlarini optimallash va rostlanadigan elektr yuritmalardan foydalanish katta iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Elektr yuritmalarni samarasiz ishlashiga turli omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Asinxron motordagi shikastlanishlar turli me’zonlar asosida tasniflanadi. Asosan motorlar mexanik va elektr shikastlanishlarda uchraydi. Asinxron motorni mexanikaviy shikastlanishlariga rotor valini deformatsiyalanishi, mahkamlangan statorni bo‘shashi, podshipniklarni ishdan chiqishi, aylanuvchi qismlarni ifloslanishi va shunga o‘xshashalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |