Asinxron motorlarda eng ko‘p uchraydiagn shikastlanishlar:
1. Motorni o‘ta yuklan va stator Cho’lg‘amining kuyishi -31%.
2. O‘ramlararo tutashuv -15%.
3. Podshipniklarni shikastlanishi-12%
4. Stator Cho’lg‘amini shikastlanishi yoki izolyasiyani ketishi-11%
5. Stator va rotor oralig‘idagi havo oralig‘ini bir tekis bo‘lmasligi-9%.
6. Motorni 2 ta fazada ishlashi -8%.
7. Qisqa tutashgan rotor sterjenlarining shikastlanishi -5%.
8. Statorni noto‘g‘ri mahkamlanishi yoki bo‘shashi -4%.
9. Rotorga tushadigan yuklamani bir tekis taqsimlanmaganligi – 3 %
10. Rotor o‘qini noto‘g‘ri muvozanatlash -2%.
Asinxron motorlarni keng tarqalgan shikastlanish turlaridan biri sifatsiz elektr energiyasi tufayli kelib chiqadigan nuqsonlar hisoblanadi. Bu nuqsonlarga quyidagilarni
keltirish mumkin:
Asinxron motorda uchraydigan holatlardan biri motorni tarmoqga ulaganda yurgizilmasligi kuzatiladi. Bunga sabab motorda yurgizish momenti yo‘qligi bo‘lishi mumkin.Motorda yurgizish momenti bo‘lmasligiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
1. tarmoqdagi uzilish yoki yurgizish apparatidagi kontaklarni ishlamasligi (saqlagichni kuyishi).
2. «yulduz» ulangan cho’lg‘amni bir fazasi uzilgan yoki «uchburchak» ulangan cho’lg‘amni ikki fazasi uzilgan bo‘lsa.
3. rotor faza cho’lg‘amining 2 tasi yoki 3 tasi uzilgan bo‘lsa. Tarmoqdagi uzilishni quyidagicha aniqlash mumkin.
T armoqdagi uzilishni aniqlash.
Tarmoqdagi uzilishni quyidagicha aniqlash mumkin.
Kuchlanishni o‘lchash orqali liniya o‘tkazgichidagi uzilishni aniqlash. Motorni tarmoqdan ajratib aniqlash usuli. Agar 1-S1 nuqtada uzilish bo‘lsa voltmetr S3-2 va S2-2 nuqtalarda ko‘rsatmaydi va S3-S2 nuqtalarda liniya kuchlanishini ko‘rsatadi.Bundan tashqari, bu uzilishni Asinxron Mashinani tarmoqdan uzmasdan aniqlash mumikn.
Tarmoq liniyasidagi uzilishni quyida keltirilgan sxema orqali ham aniqlash mumkin. Bunda Asinxron Mashina stator cho’lg‘amlari o‘zaro qisqa tutashtiriladi.Tarmoq liniyalari o‘rtasida qarshilik o‘lchanadi. Liniya o‘tkazgichidagi uzilishni aniqlash. 2-S2 simda uzilish bo‘lsa 1-2 va 2-3 nuqtalarda qarshilikni o‘lchaganda katta, 1-3 nuqtada o‘lchaganda juda kichik qarshilikni ko‘rsatadi. Asinxron Mashinada ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri stator cho’lg‘amidagi shikastlanishlar hisoblanadi. Faza cho’lg‘amlarida va g‘altakdagi uzilishlarni topish muhim tadbir hisoblanadi.
Ushbu shikastlanishlarni ko‘rib chiqamiz.Stator faza cho’lg‘amlaridagi uzilishni quyidagi sxemalar orqali aniqlash mumkin.
Nol chiqarilgan yulduz ulanganda faza cho’lg‘amdagi uzilishni aniqlash. (a) – nol sim o‘lchashga imkon bo‘lganda, (b, v) – nol sim o‘lchashga imkon bo‘lmaganda. S 2 – 0 faza cho’lg‘ami ulangan bo‘lsa voltmetr ko‘rsatgichi og‘maydi.
Boshqa fazalarda voltmetr kuchlanishni ko‘rsatadi. b – sxemada megommetr S 2 – S 3 va S2 S1 cheksizlikni ko‘rsatsa, qolgan nuqtalarda S 2 – 0 faza cho’lg‘amida uzilish bo‘ladi.
S tator faza cho’lg‘amidagi uzilishni aniqlash
S tator faza cho’lg‘amidagi uzilishni aniqlash.
S tator faza cho’lg’amidagi uzilishni aniqlash (в) С2-0 cho’lg’amda uzilish bo’lganda voltmetr ko’rsatmaydi.С2-С3 va С1-С3 nuqtalarda esa voltmetr kuchlanishni ko’rsatadi.Barcha o’lchashlarda voltmetr o’rniga chiroqdan foydalanish mumkin.
G‘altaklar guruhidagi shkastlanishni aniqlash. b-tarmoqga ikki faza cho’lg‘ami ulanganda,v-voltmetr tarmoq liniyasi orqali ulanganda. G‘altaklar guruhi birin ketin voltmetr chiqishlarini g‘altakga sanchib tekshirib ko‘riladi va shikastlangan g‘altak aniqlanadi.
T o’g’ri ulangan faza cho’lg’ami va magnit o’qlarni vektor diagrammasi.ko’rsatilgan
Noto’g’ri ulangan faza cho’lg’ami va magnit o’qlarni vektor diagrammasi.
а- To’g’ri ulangan
Noto’g’ri ulangan
Dostları ilə paylaş: |