6-Ma’ruza. Lokal tarmoq topologiyasi.
Reja:
1. Kommunikatsiya
dasturlari.
Kompyuter
tarmoqlarini
boshqaruvchi
vositalar
2. Muloqot etalon modeli
3. Kompyuter tarmoqlariga doir standartlar va tashkilotlar
4. Kompyuter tаrmоg‗i topologiyasi haqida umumiy tushuncha
5. Monokanal topologiya tarmog‘i
Tayanch tushunchalar: Bridge, Desk Link, LapLinkIII, Fast Lynx Boshlovchi va
tugatuvchi bit, SmartCom; Windows SmartCom, CrossTolk, WinCom,
1.Kommunikatsiya dasturlari. Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi
vositalar.
Kompyuter tarmoqlarini boshqaruvchi vositalar – turli
kompyuter
tarmoqlarini boshqarishga, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yishga xizmat
qiluvchi vositalar bo‘lib, imkoniyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
ketma-ket portlar orqali maxsus kabel yordamida ulangan kompyuterlar
o‘rtasida ma‘lumot almashishga xizmat qiluvchi vositalar. Bularga
Brooklin
Bridge, Desk Link, LapLinkIII, Fast Lynx dasturlari misol bo‘la oladi;
ma‘lumot almashishda telefon kanalidan (agar modem bo‘lsa)
foydalanishga imkon beruvchi vositalar.
Bularga Telemate, Procomm, DataLine
dasturlari misol bo‘la oladi;
kichik lokal tarmoqlarini tashkil qilish hamda
ularni boshqarishga imkon
beruvchi vositalar. Bularga
Lantastic, Personal Netware kabi dasturlar misol bo‘la
oladi;
katta lokal tarmoqlariga fayl-servis xizmatini ko‘rsatish va shu tarmoqlarni
boshqarish imkonini beruvchi vositalar. Bularga
Nowell OS, Unix OS, OS/2,
Windows NT, Linux, Windows Server kabi dasturlar misol bo‘la oladi;
telefon, radio, kosmik yo‘ldosh aloqa kanallari, optik-tolali kanallar orqali
bog‘langan xalqaro miqyosdagi kompyuter to‘rlarini boshqarishga imkon beruvchi
vositalar. Bularga
Internet, Euronet, Fidonet, Relcom kabi
tizimlarni
boshqaruvchi hamda ular bilan ishlovchi turli brauzerlar, elektron pochta vositalari,
Web-peyjerlar, faks-dasturlar misol bo‘la oladi.
Modem orqali ma‘lumot almashinish uchun maxsus dasturlar zarur. Ko‘pgina
operatsion sistemalar tarkibida bunday dasturlar mavjud va yaratilmoqda. Masalan,
Macintosh System da - SmartCom;
Windows SmartCom, CrossTolk, WinCom,
Comm Works, Telix, Procom Plus,
Hyper Terminal; OSF2 Warp da - Hyper
Access dan foydalanish mumkin. Bunday dasturlar ko‘pincha
modem bilan birga
disketalarda sotiladi. Kommunikatsion dasturlar kompyuterlar orasida aloqa
o‘rnatishdan tashqari yana bir qator quyidagi ishlarni bajaradi: