6-Ma’ruza. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix29.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#104711
1   2   3   4   5   6   7
6-Ma’ruza. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja

-Xatolarni to’g’irlash: Ma‘lumot uzatilayotganda turli uzilishlar yuzaga 
kelishi mumkin. Uzilishlar ma‘lumot uzatishga ta‘sir ko‘rsatuvchi tashki xodisadir. 
Uzilishni elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuvlar, kontaktlarning uzatilishi, yaqinda 
joylashgan kuchli magnit maydon manbalari, masalan, konditsioner yoki televizor 
keltirib chiqarishi mumkin. Ovoz uzatishda ular unchalik unga ta‘sir qilmasa xam 
uzatish tezligi pasayishi mumkin. Modem o‘zining dasturi bilan birga ishlab 
uzatishdagi xatolarni tuzatadi va uzilishlarni bartaraf qila oladi. 
- Ma’lumotni arxivlash. Albatta xajmi qisqargan (arxivlangan) ma‘lumotni 
uzatish uchun kamroq vaqt sarflanadi. Bu esa uzatish tezligini oshiradi va 
ma‘lumot yaxshi saqlanadi. Arxivlash algoritmlarining ba‘zilari bilan siz tanishsiz. 
Masofadan boshqarish.
Masofadan boshqarish dasturlari bir kompyuterdan turib uzoq masofadagi (bir 
necha ming kilometrgacha) kompyuterni boshqarishga imkon beradi. Bunday 
dasturlarning bir qismi siz ishlayotgan kompyuterda, qolgan qismi uzoqdagi 
boshqarilayotgan kompyuterda bo‘ladi. Bunday dasturlarga Carbon Copy, Norton 
PC Anywhere, GotoMyPc larni misol keltirishimiz mumkin. 
2.Muloqot etalon modeli 
Halqaro standartlar tashkiloti tomonidan ISO (International Standards 
Organization) 1984-yili OSI modeli taqdim qilingan. Shundan beri hamma tarmoq 
maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har 
qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo‗pol. Tez o‗zgartirish- 
larni bajarishi qiyin, shuning uchun turli formalar taklif qiladigan real tarmoq 
vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilmaydilar.
Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro‗y berayotgan jarayonni yaxshi 
tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqdagi bajariladigan vazifalar 
(funksiyalar) modelda 7 ta bosqichga bo‗lingan (4.9-rasm). Yuqori o‗rindagi bos 
qichlar ancha murakkab, global masalalarni bajaradilar. Buning uchun pasdagi 
bosqichlarni o‗z maqsadlari uchun ishlatib ularni boshqaradilar. Pastda 
joylashgan bosqichlarning maqsadi – yuqorida bosqichga xizmat ko‗rsatish, yuqori 
joylashgan bosqichlar uchun ko‗rsatiladigan bu xizmatning mayda qismlarining 
bajarilish tartibi muhim emas. 


4.9-rasm. OSI modelining yetti bosqichi. 
Pastda joylashgan bosqichlar ancha sodda, ancha aniq vazifalarni bajaradi. 
Ideal holda har bir bosqich o‗zidan tepadagi va pastdagi bosqich bilan muloqot 
qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga ishlayotgan, amaliy masalaga to‗g‗ri 
kelsa, pastki bosqich esa signalni aloqa kanali orqali uzatishga to‗g‗ri keladi. 4.10-
rasmda keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri tomonidan 
bajariladi.
Bir abonentdagi har bir bosqich shunday ishlaydiki u boshqa abonentning 
xuddi shu bosqichi bilan to‗g‗ri aloqasi bordek, ya‘ni tarmoq abonentlarining bir 
xil nomli bosqichlari o‗rtasida virtual aloqa mavjud. Bir tarmoq abonentlari 
o‗rtasidagi real aloqa faqat eng past birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich). 
Axborot uzatayotgan abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan boshlab 
pastdagi bosqichda tugaydi. Qabul qiluvchi abonentda esa qabul qilingan axborot 
teskari yo‗nalishda, pastki bosqichdan boshlab yuqori bosqichga harakat qiladi 
(2-rasm). 
4.10-rasm. Axborotni abonentdan abonentga o‗tish yo‗li. 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin