6-Ma’ruza. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#104711
1   2   3   4   5   6   7
6-Ma’ruza. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja

Amaliy bosqich (Application, прикладной уровень) yoki ilovalar 
bosqichi, u quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi: foydalanuvchining ilovasini 
shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari, axborotlar 
bazasi bilan bog‗lanish, elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati. 


Bu bosqich qolgan 6 ta bosqichni boshqaradi.

Prezentatsiya bosqichi (Presentation, презентативный уровен) yoki 
axborotni tanishtirish bosqichi, bu bos qichda axborotni aniqlanadi va axborot 
formatini ko‗rinish sintaksisini tarmoqqa qulay ravishda o‗zgartiradi, ya‘ni 
tarjimon vazifasini bajaradi. Shu erda axborot shifrlanadi va dishifratsiyalanadi, 
lozim bo‗lgan taqdirda ularni zichlashtiriladi.

Aloqa o‘tqazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, сеансовый 
уровень) aloqa o‗tkazish vaqtini boshqaradi (ya‘ni aloqani o‗rnatadi, tasdiqlaydi
va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga 
bog‗lanish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi.

Transport bosqichi (Transport) paketni xatosiz va yo‗qotmasdan, kerakli 
ketma-ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. Shu yerda yana uzatilayotgan 
axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan 
axborotni qayta tiklanadi.

Tarmoq bosqichi (Network, сетовой уровень) bu bosqich paketlarni 
manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga o‗zgartirish, teskariga 
ham va shuningdek, paketni kerakli abonentga jo‗natish yo‗nalishini tanlashga 
(agarda tarmoqda bir necha yo‗nalish mavjud bo‗lsa) javobgar.

Kanal bosqichi yoki uzatish yo‗lini boshqarish bosqichi (data link), bu
bosqich standart ko‗rinishdagi paket tuzishga boshlash hamda tamom bo‗lishni 
boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. Shu erda yana 
tarmoq bog‗lanish, uzatishdagi xatoliklarni aniqlash va yana qabul qilish 
qurilmasiga xato- uzatilgan paketlarni qaytatdan uzatishni boshqarish amalga 
oshiriladi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin