6-Ma’ruza. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja


Kompyuter tаrmоg‘i topologiyasi haqida umumiy tushuncha



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix29.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#104711
1   2   3   4   5   6   7
6-Ma’ruza. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja

 
1. Kompyuter tаrmоg‘i topologiyasi haqida umumiy tushuncha 
Kompyuter tаrmоg‗i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda 
tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa 
liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng 
avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‗lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‗rish 
mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda 
berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‗zini 
yo‗li bilan bajarilishi mumkin.
Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‗lgan va eng 
qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni 
kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan 
foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‗lmasa ham, asosiy 
topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi 
kerak.
Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud:
• shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi 
va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga 
uzatiladi (1-rasm); 


1-rasm. 
• yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan 
kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‗zining alohida aloqa liniyalaridan 
foydalanadi (2-rasm);
2-rasm. 
• halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda 
kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan 
kompyuterdan oladi, va bu zanjir ―halqa‖ bo‗lib birlashgan (3-rasm).
3-rasm. 
Amaliyotda ko‗pincha bаzаli topologiyalarning kombinatsiyasi ham 
ishlatiladi, lekin ko‗p tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo‗ljallangan.
Yuqorida sanab o‗tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‗rib chiqamiz.
―Shina‖ topologiyasi (yoki, yana bir nomi ―ummiy Shina‖) o‗zining tuzilishi 


bo‗yicha kompyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir xilligi, shuningdek 
hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday ulanishda 
kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‗yicha uzatishi mumkin chunki aloqa 
liniyasi bir dona bo‗ladi. Aks holda ustma-ust (konflikt) tushishi natijasida 
uzatiladigan axborot buziladi.
Shunday qilib, shinada yarim dupleksli (Half duplex) almashuv rejimi amalga 
oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, ketma-ketlikda) ―Shina‖ 
topologiyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy abonent yo‗q bu esa uning 
ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi markazning ishlashi buzilganda shu markaz 
bilan boshqariladigan hamma tizim faoliyatini to‗xtatadi.) Shinaga yangi 
abonentlarni qo‗shilishi tarmoq ishlab turgan vaqtda ham mumkin.
Ko‗p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga 
nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. To‗g‗ri shuni hisobga 
olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chettagilardan tashqari) ikkita kabel 
keladi, bu esa har doim qulay bo‗lavermaydi. 
Bu holatda bo‗lajak janjallarni hal etish har bir abonentning tarmoqli asbob – 
uskunalarga yuklanishi sababli ―shina‖ topologiyasida tarmoqli adapter apparaturasi 
murakkabroq bo‗ladi, boshqa topologiyalarga qaraganda. Biroq, ―Shina‖ topologiyali 
tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli (Ethernet, Arcnet) tarmoqli asbob – uskunalarni 
narxi uncha yuqori emas.
Ayrim kompyuterlarning ishdan chiqib qolishi shinaga zarar qilmaydi, chunki 
tarmoqdagi hamma qolgan kompyuterlar almashuvni normal davom etishi 
mumkin.
Ko‗rinishi mumkinki, kabelni uzulganligi xam shinaga qo‗rqinchlik emas, 
chunki bunda sil bo‗ladi. Biroq, uzun aloqali liniyalarda elektr signallarning 
tarqalish xususiyatlariga ko‗ra, shinalarni oxirgi uchlarida maxsus kelishtiradigan 
qurilmalar – terminatorlarni ulashni ko‗zda tutish kerak.
Ular ulanmasa liniyani oxiridan signal akslanadi va shunday buziladiki, 
tarmoq bo‗yicha aloqa bo‗lmasdan qoladi. Shuning uchun kabel uzulganda yoki 
shikastlanganda (masalan, sichqonlar tomonidan) aloqa liniyasini mosligi buziladi, 
va o‗zaro ulanib qolgan o‗sha kompyuterlar xam o‗rtasidagi almashuv to‗xtaydi. 
Batafsil moslashtirish to‗g‗risida kitobning maxsus bo‗limida bayon etiladi. Shina 
kabelini har qanday nuqtasida qisqa tutashtiruv tarmoqni hammasini ishdan 
chiqaradi.
Shinadagi asbob – uskunalarni har qanday ishdan chiqishini lokalizatsiya 
qilish juda qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulangan va qaysi biri ishdan 
chiqqanligini bilish, uncha oson emas. 
―Shina‖ topologiyali tarmoqning aloqa liniyalari bo‗yicha o‗tаdigаn 
axboraviy signallar kuchisizlanadi va hech tiklanmaydi, bu esa aloqa liniyalarning 


yig‗indi uzunligiga qattiq cheklanishlar qo‗yadi, bundan tashqari har bir abonent 
tarmoqdan uzatuvchi abonentning masofasiga bog‗langan har xil darajali signallar 
olishi mumkin.
Tarmoqli asbob – uskunalarning qabul qiluvchi uzellariga qo‗shimcha talablar 
qo‗lda. ―Shina‖ topologiyali tarmoq uzunligini uzaytirish uchun ko‗pincha 
birnechta segmentlar ishlatiladi (ularning har biri shina deyiladi). 
Maxsus signal tiklagichlari repiterlar yoki qaytargichlari (4-rasm) yordamida 
bir birovi bilan ulanadi.
Biroq bunday tarmoq uzunligini uzaytirish cheksiz bo‗la olmaydi, chunki 
aloqa liniyalari bo‗yicha signallarning tarqalishini oxirgi tezligi bilan bog‗liq 
cheklanishlari ham bor.―Yulduz‖ yaqqol ajralib turadigan markazli topologiya, 
bunga barcha qolgan abonentlar ulangan. Barcha axborotlar almashuvi faqat 
markaziy kompyuter orqali bajariladi, Shunday qilib unga juda katta yuklanish 
yotadi, shuning uchun tarmoqdan tashqari boshqa hech narsa bilan u shug‗ullana 
olmaydi. Tushunarliki, markaziy аbоnеntning tarmoqli asbob – uskunalari 
atrofdagi abonentlarning asbob – uskunalarga qaraganda juda murakkab bo‗lishi 
kerak. Abonentlarning bir xil hуqуqga egaligi to‗g‗risida bunda gapirib bo‗lmaydi.
4-rasm 
Odatda, huddi shu markaziy kompyuter eng kuchli bo‗ladi va faqat unga 
almashuvni boshqarish hamma funksiyalari topshiriladi. ―Yulduz‖ topologiyali 
tarmoqdа hech qanday mojarolar bo‗lishi mumkin emas, chunki boshqarish to‗liq 
markazlashgan.
Agar kompyuterlarni ishdan chiqishiga yulduni mustaxkamligi to‗g‗risida gap 
ketsa, bunda atrofdagi kompyuterni ishdan chiqishi tarmoqning qolgan qismlarini 
ishlashiga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi, lekin markaziy kompyuterni har 
qanday ishdan chiqishi tarmoqni butunlay ishdan chiqaradi. Shuning uchun 
markaziy kompyuterni va uning tarmoqli apparturalarini ishonchliligini oshirish 
uchun maxsus choralar ko‗rilishi kerak.
Har qanday kabelni uzilishi yoki undagi qisqa tutashuv ―yulduz‖ 


topologiyasida faqat bitta kompyuter bilan almashuv buziladi, boshqa kompterlar 
esa normal holatda ishini davom ettirishi mumkin. Shinaga qaraganda yulduzda har 
bir aloqa liniyasida faqat ikkiga abonent turadi: markaziy va atrofdagilardan bittasi. 
Ko‗pincha ularning ulanishi uchun aloqa liniyasini ikkitasi ishlatiladi, ularning har 
biri axborotni faqat bir yo‗nalishda uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa liniyasida 
bitta qabul qiluvchi (pryomnik) va bitta uzatuvchi (peredatchik) mavjud. Shina 
bilan solishtirganda buning hammasi tarmoqli asbob – uskunalarni sezilarli 
soddalashtiradi va qo‗shimcha tashqi terminatorlarni qo‗llashdan ozod qiladi. 
―Shina‖ ga qaraganda aloqa liniyalarda signallarni so‗nish muammosi ―yulduzda‖ 
oddiy hаl etiladi, chunki har bir priyemnik doim bir darajali signal qabul qiladi. 
―Yulduz‖ topologiyasini jiddiy kamchiligi abonentlar soni qattiq cheklangan. 
Odatda markaziy abonent 8-16 dan oshmagan atrofdagi abonentlarga xizmat 
ko‗rsatadi.
Agar bu chegarada yangi abonentlarni ulash juda oddiy bo‗lsa, lekin bundan 
oshib ketganda umuman emas. To‗g‗ri, gohida yulduzda qo‗shib borish imkoniyati 
ko‗zda tуtilgаn, ya‘ni atrofdagi abonentlardan bittasini o‗rniga yana bitta markaziy 
abonentni ulash (natijada bir nechta bir birovi bilan ulangan yulduzlar topologiyasi 
paydo bo‗ladi).
Yulduz aktiv, faol nom bilan yuritiladi, yoki haqiqiy yulduz. Passiv yulduz 
degan topologiya ham bor, u faqat tashqi ko‗rinishidan yulduzga o‗xshaydi (5-
rasm). U bugungi kunda aktiv yulduzga qaraganda ko‗proq tarqalgangan. Aytish 
kerakki, bugungi kunda eng mashhur Ethernet tарmоg‗idа u ishlatiladi. 
5-rasm. 
Tarmoq markazida shu topologiyali kompyuter emas, balki konsentrator, yoki 
xab (HUB), repiterga o‗xshab o‗sha funksiyani bajaradigan joylashtiriladi. U 
kelayotgan signallarni tiklaydi va ularni boshqa aloqa liniyalarga uzatadi. 
Kabellarni joylashtirish haqiqiy yoki aktiv yulduzga o‗xshasa ham, haqiqatda biz 
shinali topologiyasiga o‗xshab ish yuritamiz, chunki har qaysi kompyuterdan 
axborot bir vaqtda boshqa qolganlarga uzatiladi, markaziy abonent esa bo‗lmaydi. 
Tabiyiki, passiv yulduz oddiy shinaga qaraganda qimmatroq bo‗ladi, chunki bunda 


yana kansentrator ham kerak bo‗ladi. Ammo u yulduzning afzalliklari bilan bog‗liq 
bir qator qo‗shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Huddi shuning uchun oxirgi 
vaqtda passiv yulduz haqiqiy shinani ko‗proq siqib chiqarayapti, chunki u kam 
perspektivali topologiya hisoblanadi.
Aktiv va passiv yulduz o‗rtasida topologiyaning oraliq turini ham ajratish 
mumkin. Bu holda konsentratorga tushadigan signallarni faqat retranslyatsiya 
qilmasdan, o‗zi qatnashmasa ham, almashuv boshqarishini bajara oladi. Yulduzning 
(ham aktiv va ham passiv) katta ustunligi shundaki, hamma ulanadigan nuqtalar bir 
joyda yig‗ilgan. Bu tarmoq ishini oson nazorat qilishga, markazdan u yoki bu 
abonentlarni oddiy uchirish yo‗li bilan nosozliklarni lokalizatsiya qilish (masalan, shina 
holatda bajarib bo‗lmaydi), shuningdek tarmoq uchun xayotiy muhim bo‗lgan ulanish 
nuqtalariga begona shaxslar kirishini cheklab qo‗yish. yulduz holatida xar bir atrofdagi 
abonentga bitta kabel kelishi xam mumkin (unda uzatish ikki tomonlama ketadi), va 
ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uzatadi), buning ustiga ikkinchi holat 
ko‗proq uchraydi.
―Yulduz‖ turidagi barcha topologiyalarning umumiy kamchiligi boshqa 
topologiyalarga qaraganda juda katta kabel sariflanishi. Masalan, Agar 
kompyuterlar bir chiziqda joylansa, ―yulduz‖ topologiyasi tanlanganda ―Shina‖ 
topologiyasiga qaraganda bir necha martta ko‗p kabel talab qilinadi. Bu hamma 
butun tarmoqning narxiga sezilarli ta‘sir Ko‗rsatishi mumkin.
―Halqa‖ – bu topologiya, bunda har bir kompyuter faqat ikkita boshqalari 
bilan aloqa liniyalari Bilan ulangan: Faqat u biridan axborot oladi, ikkinchisiga esa 
– faqat uzatadi. 
Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‗xshab, faqat bitta (peredatchik) 
uzatuvchi va bitta (priyomnik) qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi terminallarni 
qo‗llashdan ozod qiladi.
Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan 
signalni tiklaydi, yani repiter rolini o‗ynaydi, shuning uchun halqaning hamma 
joyida signalni so‗nishi hech qanday ahamiyati yo‗q, muhimi faqat halqaning 
qo‗shni kompyuterlar orasidagi so‗nishi. Bu holatda аniq ajratilgan markaz yo‗q, 
hamma kompyuterlar bir xil bo‗lishi mumkin. Ammo, ko‗pincha halqada maxsus 
abonent ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. Tushunarliki, 
bunday boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki 
uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‗yadi.
Qa‘tiyat bilan аytgаndа, halqadagi kompyuterlar to‗liq teng huquqli emas 
(masalan, shinali topologiyaga qaraganda). Ulardan birlari kompyuterdan, shu 
momentda uzatishni olib borayotgan, albatta axborotni oladi, oldinroq, boshqalar 
esa kеyinrоq. Topologiyani huddi shunday xususiyatlariga ko‗ra, ―halqaga‖ 
maxsus hisoblangan tarmoqdagi almashuvni boshqarish usullarda keyingi uzatish 


huquqi (yoki, yana aytilishicha, tarmoqni qurshab olish) keyingi halqadagi 
kompyuterga ketma – ket o‗tadi.
Yangi abonentlarni ―Halqaga‖ ulash mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida 
butun tarmoqni ishlashini to‗xtatish talab qilinаdi. ―Shina‖ topologiyali holatga 
o‗xshab halqadagi eng ko‗p abonentlar soni ancha muncha bo‗lishi mumkin 
(minggacha va undan ko‗proq). Halqali topologiya oshiqcha yuklanishlarga eng 
mustахkаm, u uzatiladigan tarmoq bo‗yicha axborotlarni eng katta oqimlari bilan 
ishonchli ishlashni ta‘minlaydi, chunki unda janjallar yo‗q (shinaga qaraganda), 
shuningdek markaziy abonent yo‗q (yulduzga qaraganda). 
Halqadagi signal tarmoqdagi hamma kompyuterlardan o‗tgani sababli, lokal 
ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki uning tarmoqdagi asbob-uskunalarini) yaxlit 
butun tarmoqni ishdan chiqaradi. 
Huddi shunga o‗xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib qolishi yoki qisqa 
tutashuvi butun tarmoqni ishdan chiqaradi. 
Kabelni buzilishlariga halqa ko‗proq shikastlanadigan bo‗ladi, shuning uchun 
bu texnologiyada ikkita (yoki ko‗proq) parallel aloqa liniyalari qo‗yib borishni 
ko‗zda tutiladi. Shunda ularning bittasi zahirada turadi. 
Shu bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har bir abonent 
tomonidan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o‗lchamlarini sezilarli 
ko‗paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o‗n kilometrgacha). Halqa bu 
tomonidan boshqa har bir texnologiyalardan ko‗proq (sezilarli) ustunlik qiladi. 
Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash 
kerakki, tarmoqdаgi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak. 
Ba‘zan ―Halqa‖ topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo‗nalishlarida 
uzatilishini ikkita halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday hal 
etilishi – axborotni uzatish tezligini (ideal holatda ikki marotaba) оshirilishi. 
Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel bilan ishlashi mumkin (to‗g‗ri, 
cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko‗rilgan uchta asosiy, bazaviy 
topologiyalardan tashqari, qo‗shimcha yana ―daraxt‖ (tree) tarmoqli topologiya 
ishlatiladi, u bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan iborat. Yulduzga o‗xshash 
daraxt aktiv, yoki haqiqiy, passiv bo‗lishi mumkin. Aktiv daraxtga bir nechta aloqa 
liniyalari birlashtirilgan markazlarda markaziy kompyuterlar joylashgan, passilida 
esa konsentratorlar (Xablar). (6-,7-rasm) 
Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko‗p ishlatiladi, ular orasida eng 
ko‗p tarqalgan yulduz-shinali va yulduz-halqalilaridir. 


6-rasm. 7-rasm. 
8-rasm. 9-rasm. 
Yulduz-shinali 
topologiyada 
(star-bus) 
shina 
va 
passiv 
yulduzlar 
kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham, va 
butun shinali segmentlar ham ulanadilar, ya‘ni tarmoqdаgi barcha kompyuterlar 
kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu topologiyada bir nechta 
konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib magistrali, 
tayanchli deb nomlangan shinani tashkil qiladi. Konsentratorlarning har biriga 
alohida kompyuterli yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi 
o‗ziga qulay qilib shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya 
qilish imkoniyatlaridan foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar 
sonini oson o‗zgartiradi. (8-rasm) 
Yulduz-halqali topologiya holatida kompyuterlarni o‗zi birlashmaydi, balki 
maxsus konsentratorlar, ularga o‗z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa 
liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda, tarmoqning hamma 
kompyuterlari berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar ichidagi barcha aloqa 
liniyalari berk konturni tashkil qiladi. Bu topologiya yulduzli va halqali 
topologiyani ustunligini kombinatsiyalashga imkon yaratadi. 


Masalan, konsentratorlar barcha ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig‗ishga 
imkon yaratadi. (9-rasm) 
Tarmoq 
topologiyasi 
kompyuterlarni 
faqat 
fizikli 
joylanishlarini 
ifodalamasdan, lekin undan muhimrog‗i, ular orasidagi aloqalar xarakteri, tarmoq 
bo‗yicha signallarning tarqalganish xususiyatlari. Huddi shu aloqalar xarakteri 
tarmoqning 
buzilishiga 
mustaxkamlik 
darajasini 
belgilaydi, 
tarmoqdаgi 
apparatlarning kerakli murakkabligini, almashuv boshqarish usulini eng to‗g‗ri 
keladigangini, uzatish muhitining mumkin turlarining (aloqa kanallari), tarmoqning 
mumkin bo‗ladigan o‗lchamlari (aloqa liniyalar uzunligi va abonentlar soni), elektr 
muvofiqlashtirishni kerakligi va h.k. tarmoq Bilan birlаshgаn kompyuterlarni fizik 
joylanishi topologiyani tanlashda, umuman olganda, ta‘siri kam har qaysi 
kompyuterlarni, ular qanday joylashganidan qa‘tiy nazar, har qanday oldindan 
tanlangan topologiya yordamida har doim ulash mumkin (10-rasm). 
10-rasm. 
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo‗yicha joylashgan bo‗lsa, 
ular yulduz yoki shina bo‗lib bеmаlоl ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar 
qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir birovi Bilan shinali yoki halqali bo‗lib 
ulanishi mumkin. Kompterlar bir chiziq bo‗yicha joylashgan bo‗lsalar, ular yulduz 
yoki halqa bo‗lib ulanishi mumkin. 
4. Monokanal topologiya tarmog‘i 
Monokanal topologiya tarmog‘i barcha kompyuter tarmog‘ini birlashtiruvchi 


bitta aloqa kanalidan foydalaniladi. Topologiya tarmog‘ida eng keng tarqalgan 
uslub - bu eltuvchi chastotani va ixtiloflarni aniqlovchi kirish uslubidir 
(CSMA/CD) 
PK - Ethernet tarmoq platali personal Kompyuterlar; TM - terminator. 
Monokanal topologiyaning lokal tarmog‘i 
Bunda avvolo, tarmoqning kirish uslubida kommunikasiya kanali bo‘yicha 
ma‘lumotlarni jo‘natishdan oldin kanal tekshirilib ko‘riladi va u bo‘sh ekanligiga 
ishonch hosil qilingandan so‘nggina, paket jo‘natiladi. Agar kanal band bo‘lsa, 
uzel tasodifiy vaqt oralig‘ida paketni uzatishga qayta urinib ko‘radi. Bitta tarmoq 
uzeli orqali uzatiladigan ma‘lumotlar barcha uzellarga yetib boradi, ammo bu
ma‘lumotlar uchun mo‘ljallangan uzelgina ularni aniqlaydi va qabul qiladi. Kanal 
banligi oldindan eshitilib ko‘rilsa-da, ikkita uzel orqali paketlarni bir vaqtda 
uzatish paytda ixtilof paydo bo‘lishi mumkin. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, signal 
kanal bilan utgayotganda vaqtinchalik ushlanib kolishi mumkin: signal yuborilgan 
lekin eshitib ko‘radigan uzelgacha yetib bormagan bo‘ladi, natijada uzel kanalini 
bo‘sh deb hisoblab uzatish boshlanadi. Bunday kirish uslubiga ega tarmoqqa 
Ethernet tarmog‘ida lokal tarmoqlar uchun ma‘lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 
10 Mbitga teng (Mbit/s).
Ma‘lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash - bu ma‘lumotlarni mustaqil 
xolda, lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biriga bog‘langan komyuterlar 
tomonidan qayta ishlash demakdir. 
Shuningdek uzatish tezligi 100 Mbit/s ga teng Fast Ethernet mavjud. Giqabit 
Ethernet texnologiyasi yuzaga kelmokda. Ma‘lumotlarni taqsimlangan xolda 
qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p mashinali assosiyasiya tashkil 
etilgan Uning tuzilmasi quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha ishlab chiqiladi: 
ko‘p mashinali hisoblash komplekslari (KXK); Kompyuter (hisoblash) tarmog‘i. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin