6-Ma’ruza. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#104711
1   2   3   4   5   6   7
6-Ma’ruza. Lokal tarmoq topologiyasi. Reja

Jismoniy bosqich (Physical, физический уровень) – bu modelni eng quyi 
bosqichi bo‗lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish 
muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. Shu 
erda yana ulanish moslamalariga, raz‘emlarga, elektr bo‗yicha moslashtirish va 
yerga ulanish hamda to‗siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi. 
Modelni quyi ikki bosqichining (1 va 2) vazifasini odatda qurilmalar bajaradi (2 
bosqich vazifasini bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri bajaradi). 
Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot alma shishni 
boshqarish usuli va paket formati (o‗lchami) ya‘ni tarmoq turiga to‗g‗ri taalluqli
ko‗rsatkichlar aniqlanadi (Ethernet, Token-Ring, FDDI). Yuqori bosqichlar 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri biror aniq qurilma bilan ishlamaydi, vaholangki 3,4 va 5 
bosqichlar qurilma xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7 bosqichlar 
umuman qurilmalarga hech qanday aloqasi yo‗q. Tarmoq qurilmalaridan birini
boshqa birorta qurilma bilan o‗zgartirilgan taqdirda ham ular buni hech vaqt 
sezmaydi. 2-bosqichda (kanal bosqichi) ikkita bosqich osti ajratiladi. 



Yuqori bosqich osti (LLC-Logical Link Control, верхний подуровень) 
bu bosqich osti mantiqiy ulashni amalga oshiradi, ya‘ni virtual aloqa kanalini 
o‗rnatadi (uning vazifasini bir qismini tarmoq adapterlarining drayver dasturi 
bajaradi).

Quyi bosqich osti (MAC-Media Access Control, нижний подуровень) – 
bu bosqich osti aloqa uzatish muhiti (aloqa kanali) bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
bog‗lanishni amalga oshiradi. U tarmoq qurilmasi bilan to‗g‗ri bog‗langan. OSI 
modelidan tashqari, 1980-yili fevral oyida qabul qilingan (802 soni - yil, oydan 
kelib chiqqan) IEEE Project 802 modeli ham mavjud. Bu modelni OSI modelini 
aniqlashtirilgan, rivojlantirilgan modeli deb qarash mumkin. 
Bu model aniqlashtirgan standartlar (802 – spesifikasiya) o‗n ikkita toifaga 
bo‗linib, ularning har biriga nomer berilgan. 

802–1 – tarmoqlarni birlashtirish.

802–2 – mantiqiy aloqani boshqarish. 

802–3 – «Shina» topologiyali CSMA/CD bog‗lanish 

usuli mahalliy hisoblash va tarmoq (Ethernet).

802–4 – «Shina» topologiyali mahalliy tarmoq, markerli bog‗lanish.

802–5 – «Halqa» topologiyali mahalliy tarmoq, markerli bog‗lanish. 

802–6 – shahar tarmog‗i (Metropolitan Area Network, MAN).

802–7 – keng miqyosda aloqa olib borish texnologiyasi.

802–8 – shishatolali texnologiya. 

802–9 – tovushni va axborotlarni uzatish imkoniyati bor integral tarmoq.

802–10 – tarmoq xavfsizligi. 

802–11 – simsiz tarmoq. 

802–12 – «Yulduz» topologiyali markazni boshqarishga ega mahalliy 
tarmoq (100 VG-Any LAN). 
802.3, 802.4, 802.5, 802.12 standartlar OSI model etalonining ikkinchi (kanal) 
bosqichiga qarashli MAC bosqich osti tarkibiga to‗g‗ri keladi. Qolgan 802 – 
spesifikatsiyalar tarmoqning umumiy masalalarini hal qiladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin