Elektr motorlarni samarasiz ishlashi sabablari:
-kam yoki ortiqcha yuklama berilishi
-nominal kuchlanishdan past yoki yuqori kuchlanishda ishlashi;
-sifatsiz elektr energiyasidan ta’minlanishi(sifatsiz deganda fazalardagi amplitudalari bir xil bo’lmagani nazarda tutilgan );
-sifatsiz ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish;
-istemolchilarni past energetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi(chastota);
Elektr yuritmalardagi energiya tejash tadbirlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-motor quvvatini oqilona tanlash;
-energetik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan motorga almashtirish;
-salt ishlash rejimini cheklash va ish jarayonini intensifikatsiyalash;
-elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini rostlash;
-optimal ish rejimlarini ushlab turish.
-yuklamaga bog‘liq ravishda motor ulash sxemasini o‘zgartirish
-texnologik talab bo‘yicha motor tezligini rostlash
-yuklamaga muvofiq motor energiya sarfini rostlash
- reaktiv quvvatni qoplash.
Asinxron motorlar asosan tez aylantirish, o‘ta yuklanish, reverslash va tormozlash jarayonida shikastlanadi. Shikastlangan motorlar belgilangan tartibda ta’mirlanadi. Hozirgi kunda, ishlab chiqarishda tamirlangan asinxron motorlarning salmog‘i ortib bormoqda. Ta’mirlash texnologiyasiga to‘la amal qilinmaganligi tufayli motor ish rejimi parametrlari pasport parametrlariga muvofiq kelmaganligini kuzatish mumkin. Motorning energetik ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi tufayli korxonadagi isroflar miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Asinxron motorni mexanikaviy shikastlanishlarini sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Motorni titrashiga olib keluvchi fazalarni nosimmetrikligini kelib chiqishi
Motor valini mexanik yuklama bilan o‘ta yuklanishi tufayli
Motor butlovchi qismlarini yig‘ishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufayli.
Mexanik shikastlanishlar asinxron motorlarni umumiy shikastlanishlarni o‘rtacha 10% tashkil etadi.
Elektr shikastlanishlar:
Dostları ilə paylaş: |