2. Uzun va qisqa quvurlar



Yüklə 104,08 Kb.
səhifə3/4
tarix22.12.2023
ölçüsü104,08 Kb.
#189619
1   2   3   4
Документ-Microsoft-Word-13

9.16- rasm. Sifon quvur.
Havoni nasoslar yoki ejektorlar yordamida so`rib olish mumkin. Sifonlarni hisoblash boshqa quvurlarni hisoblashdan farq qilmaydi.
Suyuqlikning yupqa devordagi teshikdan o`zgarmas bosimda oqishi
Texnikada juda ko`p hollarda suyuqliklarning tor va kalta naychalardan hamda teshiklardan oqish hollarini uchratish mumkin. Bu holning o`ziga hos hususiyati shundan iboratki, biror katta idishdagi suyuqliklarning potentsial energiyasi teshikdan chiqishda oqimchaning kinetik energiyasiga aylanadi. Albatta bu holda energiyaning bir qismi qarshiliklarni yengishga sarf bo`ladi. Bunday voqeani gidrouzatmalarda moylarning gidrosilindrlardan bosim ostida oqib chiqishi, yoqilg`ining yonish kamerasiga oqib o`tish va hokazolarda uchratish mumkin.
Biror katta idishda suyuqlik p1 bosim ostida saqlanayotgan bo`lib, u ozod sirti- dan Ha masofadagi kichik teshikdan oqayotgan bo`lsin (8.1-rasm, a). Diametri idish o`lchamlariga qaraganda juda kichik bo`lgan teshik kichik teshik deb ataladi. Yupqa devor deb oqayotgan suyuqlik teshikning faqat ichki qirrasiga tegib, uning yon sirtiga tegmagan holga aytiladi. Bunday hol devor qalinligi teshik diametridan bir necha barobar kichik bo`lsa yoki teshik kesimining ichki qirrasidan tashqariga kengayib borsagina (8.1-rasm, b) o`rinli bo`ladi.
Bu holda suyuqlik zarrachalari teshik atrofidagi hajmdan tashqariga qarab ha- rakat qiladi va teshikka yaqinlashgan sari tezlashib boradi. Shu bilan birga suyuq- likning oqayotgan zarrachalarning barchasi uchun bir xil sharoit bo`lib, ular silliq trayektoriya bo`yicha harakat qiladi va teshik qirrasida idish devoridan ajraladi. Bundan keyingi oqish davomida oqimchaning kesimi bir oz torayadi va silindrik shakl qabul qiladi.



8.1-rasm.Suyuqlikning teshiklaridan oqib ketishiga doir chizma

Suyuqlikning teshikdan oqish tezligi ma'lum bo`lgan holda sarfni hisoblash qiyin emas


Lekin amalda oqimcha teshikdan chiqayotganda uning kesimining torayishi sababli ko`rilayotgan masala biz ko`rgandagiga qaraganda murakkabroq. Shuning uchun biz chiqargan tezlik formulalari tezlik va sarfni nazariy tekshirish uchun qo`llanib, amalda esa ularga ma'lum tuzatishlar kiritiladi. Biz yuqorida suyuqlikning teshikdan oqishini ko`rganimizda oqimchaning teshikdagi kesimini olganimiz uchun oqimchaning va teshikning kesimini bir xil deb qaradik. Aslida esa suyuqlik teshikka uning atrofidagi hajmdan har tomonlama oqib kelgani uchun uning tezligi oshib boradi. Suyuqlik oqimi teshikka yaqinlashgan sari torayib boradi va bu jarayon suyuqlik teshikdan o`tgandan keyin ham inertsiya kuchi ta'sirida ma'lum masofagacha davom etadi. So`ngra esa torayish to`xtab, oqim o`zgarmas 𝜔c kesimli oqimcha ko`rinishida harakat qiladi. Oqimchaning torayishi taxminan teshik diametriga teng masofada to`xtaydi.
Idish devoridagi teshikka o`rnatilgan kalta quvurlar naychalar deb ataladi. Odatda, naychalardan sarfini ko`paytirish yoki ixcham oqimchalar olish uchun foydalaniladi. Ko`p hollarda idish devori qalin bo`lib, u parma bilan teshilganda naycha shaklida teshik paydo bo`ladi.
Silindrik naychalardan suyuqlik oqayotganda kirishda u devordan ajraladi va torayadi. Bu hodisa xuddi yupqa devordagi teshikdan oqish holidagi kabi bo`ladi. Lekin bu torayish to`xtab, toraygan oqimcha bilan naycha devori orasida uyurmali harakat vujudga kelganligi sababli kengayish boshlanadi va oqim naychaning butun kesimini egallab olguncha davom etadi. Natijada oqimcha naychaning ko`ndalnag kesimiga teng kesimda chiqib ketadi. Bu hodisa naychaning uzunligi l uning diametridan 34 marta katta bo`lganda to`liq amalga oshadi (8.2-rasm, a).
Bu holda oqimcha diametri naycha diametriga teng bo`lgani uchun siqilish koeffitsiyenti  = 1, binobarin, m =  bo`ladi.



Yüklə 104,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin