2. Uzun va qisqa quvurlar



Yüklə 104,08 Kb.
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü104,08 Kb.
#189619
1   2   3   4
Документ-Microsoft-Word-13

Quvurning tejamli diametrini topish haqida tushuncha

Quvurlar sistemasini loyihalashda berilgan uzunlikdagi quvurdan suyuqlikni oqizib, berilgan sarfni olish uсhun kerak bo`lgan bosimni hisoblash masalasi muhim o`rin tutadi. Quvurning asosiy tenglamasidan ko`rinadiki, berilgan uzunlik va sarfga diametr ortishi bilan qarshilik koeffitsiyenti kamayib boradi, demak, shu sarfni ta'minlovсhi bosim ham kamayadi. Bu o`z navbatida suvni quvurdan oqizish uсhun sarf bo`ladigan energiyaning kamayishiga olib keladi, ya'ni suyuqlikni quvurdan haydovсhi nasos kamroq elektroenergiyasi sarflaydi. Ikkinсhidan, quvur diametrining ortishi unga sarf bo`ladigan kapital mablag`ning ortishiga olib keladi (diametri katta quvurga ko`proq metal sarf bo`ladi). Shunday qilib, quvurning eng qulay diametrini tanlash masalasi texnik-iqtisodiy hisoblash,ya'ni quvurlar sistemasini yaratishga sarf bo`ladigan mablag` (quvurlar, nasos stansiyasi va h.) ning qiymati va undan foydalanishdagi harajatlar (elektr energiyasi, odamlar xizmati va h.) qiymatini solishtirish yo`li bilan hal qilinadi.


Quvurdagi bosimning katta-kichikligiga qarab turli materiallardan qilingan quvurlar ishlatish mumkin. Masalan,bosim 1 MH/m2 gacha bo`lganda vodoprovod quvurlari uchun cho`yan quvurlar, katta bosimlar uchun esa po`lat quvurlardan foydalaniladi. Bundan shuni hisobga olish kerakki, GOST da cho`yan quvur uchun ichki diametr, po`lat quvur uchun esa tashqi diametr qabul qilingan.
Sifon quvur. Bir qismi suyuqlik bilan ta'minlovchi idishdan yuqorida joylashgan sodda quvur sifon quvur deb ataladi (9.16-rasm). Sifonni sodalashtirib ikki (ta'minlovchi va qabul qiluvchi) idishlarni tutashtiruvschi U ko`rinishdagi quvur sifatida tasvirlash mumkin. Bu holda uning egilgan qismi idishlardagi suyuqli sathlaridan H balanlikda bo`lib, undagi suyuqlik idishdagi suyuqliklar sathlarining farqi H hisobiga oqib turadi. Shuni aytish keraki, suyuqlik sifonda avval birinchi idish sathidan H balandlikka ko`tarilib, so`ngra ikkinchi idishga tushadi. Bunday quvurning o`ziga xos xususiyati shundaki, unda bosim ko`tariluvchi qismida ham, pastga tushuvchi qismida ham atmosfera bosimidan pastdir. Sifon quvurlardan asosan neft mahsulotlarini sisternalardan quyib olish, suv sig`imlarini bo`shatish, do`nglik yerlarda vodoprovod o`tkazish va hokazolardan foydalaniladi. Suv ta'minotida ba'zan maxsus sifonlar ishlatiladi. Sifon ishlay boshlashi uchun avval uni suyuqlik bilan to`ldirish kerak. Sifon sifatida kichik o`lchamli shlanglar ishlatilsa, uni to`ldirish oson bo`lib, bu suyuqlikka botirish yoki pastki uchidan havoni so`rib olish yo`li bilan amalga oshiriladi. Agar sifon mahkamlangan metall quvurdan iborat bo`lsa, uning yuqori nuqtasida havoni so`rib olish uchun maxsus jo`mrak o`rnatiladi.




Yüklə 104,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin