1-mavzu Zoologiya fani predmeti, rivojlanish tarixi, sistematik
4.1 . Yoqali xivchinlilar (Сhoanoflagellata Р).
Bu bir ho‘jayrali xivchinlilar bo‘lib dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Gavdasini bosh qismidagi bir dona xivchini silindrsimon yoqa ichida joylashgan bo‘ladi. Yoqali xivchinlilarning 600 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ho‘jayra diametri kattaligi 10 mkm dan oshmaydi. Yoqali xivchinlilar oziqlanishi uchun ularning xivchinlari suv oqimini harakatga keltiradi. Natjada suv tarkibidagi bakteriyalar, organik zarrachalar yoqasi ichiga tushadi. Ozuqani fagotsitoz yo‘li bilan organizm o‘zlashtiradi. Yoqali xivchinlilar yakka, koloniya holida hamda erkin va o‘troq hayot kechiradi.