1-mavzu: 1.3. Alveolatalar (Alveolata) tipi.
Reja:
1. Alveolata tipi. Dinoflagellata kenja tipi umumiy belgilari, vakillari va axamiyati.
2. Kipriklilar (Ciliophora) kenja tipi.
3. Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa) kenja tipi.
4. Amyobasimon bir xo‘jayralilar. (Sarcodina).
5. Foraminiferea, Actinopoda, Radiolaria, Acantharea, Heliozoa sinflari vakillari o‘ziga xos belgilari .
6. Bir ho‘jayralilar kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
Tayanch iboralar:
Alveolata; Dinoflagellata; Kipriklilar (Ciliophora); Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa); Amyobasimon bir xo‘jayralilar. (Sarcodina); Foraminiferea va Actinopoda; soda hayvonlar kelib chiqishi va evolyusiyasi.
1.Alveolata tipi. Dinoflagellata kenja tipi umumiy belgilari, vakillari va axamiyati.
Alvelotalar tipi 3 ta kenja tipga bo‘linadi. Bular: Dinoflagellyatalar, Kipriklilar va Sporalilar kenja tiplaridir. Bularning barcha vakillarida ribasoma DNK va pellikulalari tarkibida al’veolalar bo‘ladi.
Dinoflagellata kenja tipiga 4000 dan ortiqroq tur kirib bu turlarning 2000 ortig‘ida ho‘jayra tarkibida xloraplast bo‘lishi xarakterlidir. Shuning uchun Dinoflagellyatalar ikki guruhga fotoavtotrof va geteroavtotroflarga ajratiladi. Ba’zi turlari ikkala usulni ham o‘zlashtirgan.
Fotoavtotroflar dengizlarda birlamchi produtsent sifatida muhim rol o‘ynaydi. Dinoflagellyatalar kenja tipiga tegishli Ksantafillar taksoni vakillari “перидинин” pigmenti ishlab chiqaradi va dengiz suvini “ qo‘ng‘ir-tillo” rangga bo‘yaydi. Dengiz va okeanlarda zaharli “Qizil oqimlar” hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu oqimga tushgan hayvonlar zaharlanadi. Ulardan olingan mahsulotlarni inson iste’mol qilganda kuchli zaharlanish holatlari kuzatilgan.
Dinoflagellata kenja tipini aksariat turlari “plankton” hayot kechiradi. Ba’zi dengiz dinoflagellyatalari ko‘p ho‘jayrali dengiz suv o‘tlariga yopishgan holda yashaydi. Barcha turlar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.
2. Kipriklilar (Ciliophora) kenja tipi.
Bu kiprikli hayvonlarning hozirgi vaqtda 8 mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, bularning bir qanchasi dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda, nam tuproqli joylarda tarqalgan. Ba’zilari esa hayvonlar tanasida parazitlik qiladi.
Vakil: Infuzoriya (Paramecium sp.). Bu hayvonning tanasi yassiroq tuzilgan bo‘lib, oldingi qismi bir oz ensiz tumtoqroq, orqa tomoni serbarroq-uchlik bo‘lib, tanasi umuman tuflini tagcharmini eslatadi. Tanasi kiprikchalar bilan qoplangan (15 mingtagacha) bular yordamida harakat qiladi.
Infuzoriya tanasining bir tomonida kattagina botiqlik bo‘lib, buni og‘iz oldi qismi peristom deyiladi. Og‘iz oldi botiqligining oldida ho‘jayra og‘izchasi –sitostoma joylashgan.
Infuzoriya asosan suvdagi mikroblar bilan oziqlanadi. Ba’zan u chirindi yoki suv o‘ti parchalari ham oziq sifatida o‘zlashtiradi. Endoplazmaga o‘tgan oziq tomchi bilan o‘ralgan holda oziq vakuoli hosil qiladi.
Infuzoriya ikkita qisqaruvchi vakuolalar hosil bo‘ladi, biri oldida – biri orqa tomonidan joylashgan, mikroskop ostida yulduzchaga o‘xshaydi. Bular ayirish vazifasini navbatma-navbat bajaradi. Har 45 minutda o‘z hajmi barobar suyuqlik ajratadi.
Infuzoriya kattа yadrosi makronukleus va kichik yadro mikronukleus.
Infuzoriya ko‘ndalangiga bo‘linib ko‘payadi.
Bundan tashqari Kipriklilar kenja tipini bir necha sinflari bor.
1. Har xil kipriklilar.
2. Doira kipriklilar.
3. Parazit infuzariyalar.
Dostları ilə paylaş: |