Kulgulilik. Insonnning dunyo-voqea-hodisalariga o’ziga xos munosabatlaridan biri-dunyoga kulgili nigoh bilan qarashdir. Bunday qarashni mavjud voqelik va uning beo’xshov tomonlari to’ldiradi.
Barcha tadqiqotchilar bir ovozdan kulgililik kategoriyasining murakkabligi va uni tushunchalar sistemasini anglab, in’ikos etish juda qiyinlikidan noliydilar va ogohlantiradilar. Masala shundaki, kulgi qo’zg’aydigan hodisalarning benihoyat ko’pligi, eng muhimi, kulgililik ko’lami hamda chegarasining o’ta harakatchan, qo’nimsiz, o’zgaruvchan bo’lishi natijasida nima, qachon, qayerda, qanday sharoitda kulgi qo’zg’aydiyu, nima, qachon, qayerda, qanday sharoitda kulgini to’xtatadi yoki umuman kulgiga olib kelmaydi degan savolga bir mazmunda javob topib bo’lmaydi. Kulgililik ta’rifiga, ilmiy tushunchasiga nisbatan ishlab chiqilgan nuqtai najarlar, fikr-mulohazalarning o’ta xilma-xilligi, rango-rangligi shundan kelib chiqqandir. Kulgililikka nisbatan mavjud bo’lgan qarashlarning xilma-xilligi, tabiiyki, nafaqat narsa, hodisa bilan bog’lanibg’ina qolmay, balki uning ijtimoiy aloqadorliki, go’zallik va kulgililik tushunchalarining u yoki bu talqini bilan bog’langanligidir.
Kulgililik tushunchasi talqinining har biri odatdagidek o’zining aniq, oqil mag’ziga ega bo’ladi, kulgililikka haqiqatda ham xos bo’lgan ba’zi tomonlarini ochib beradi, lekin shu bilan birga bir tomonlamalik kasalika uchrab, kulgililikning qandaydir bir tomoninni bo’rttirib, haddan tashqari oshirib yuboradida keyin uni kulgililikning mutloq qoidasiga aylantirishadi.
3. Bundan ming yil burun ulug’ alloma Abu Rayhon Beruniy: «Agar insonlar tabiatga nisbatan zo`ravonlik qilib, uning qonunlarini qo`pollik bilan buzsalar, bir kun kelib tabiat ularning boshiga shunday kunlarni solishi mumkin, buni hech qanday kuch qaytarolmaydi», degan edi. Bugun biz buni Orol fojiasi misolida ko`rib turibmiz. Komil inson tarbiyasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Ayniqsa, yoshlarda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat va g’amxo`riik hislarini uyg’otish, ularga ekologik tarbiya berish muhim ahamiyatga ega. Ularning ekologik va estetik madaniyatni shakllantirishda oiladagi sog’lom muhit muhim o`rin tutadi.
O`zbek oilalarida, odatga ko`ra, ota-onalar yoshlarga «harom-halol», «uvol», «gunoh-savob» kabi pand-nasihatlar asosida dastlabki ekologik tushunchalar berib borganlar, Bolaning ongi, xulqi, madaniyati, yurish-turishi tabiat bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Ekologik madaniyatni yoshlar ongiga singdirish uchun mamlakatimiz tabiatini hayvon va o`simliklarini muhofaza qilish, suvlarni ifloslantirmaslik, qushlarga ziyon yetkazmaslik, eng muhimi, ona zaminni bezavol asrashning aniq tuzilgan rejasi bo`lishi lozim. Bu ezgu maqsadga erishish har bir insonning ekologik dunyoqarashiga va jamiyatimizning muhim tarbiya o`chog’i bo`lgan oilada ushbu masala qanday hal etilishiga ham bog’liq.
Yoshlarimizdagi estetik did, estetik faoliyat har tomonlama uyg’un shakllana borgandagina ekologik qadriyatlar vujudga keladi. Insonlarning tabiat quchog’ida bo`lishi ularni ruhan tetiklashtirib, mehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini yanada oshiradi.
Vatanni sevish - tabiatni sevishdan boshlanadi, binobarin, yoshlarda go`zallikka nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg’usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin yemas.
O`zbekiston mustaqillikka erishmasidan avval Bo`stonliq, Oqtosh, Parkent, Kumushkent kabi go`zal tabiat maskanlarida ham sobiq SSSR markazining qarori bilan turli kimyo va texnika zavodlari qurilaverar, zaharli chiqindilari daryoga tashlanaverar, dalalarimizga turli zaharli kimyoviy moddalar, defoliantlar sepilaverardi. Mol-hollar, odamlar zaharlanib, o`lib ketsa ham bu haqda yozish, gapirish man etilgan edi. To`g’ri, o`sha vaqtlarda ham tabiat musaffoligini asrash haqida qonunlar bor yedi, ammo ularga amal qilinmasdi.
Vatanimiz istiqlolga erishganidan so`ng tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, musaffoligini asrash haqida bir qancha huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ammo, gap shundaki, tevarak-atrof tabiatga mehr bilan qarash, avaylab-asrash qonun-qoidalardan ko`ra odamlaraing ekologik ongi, tarbiyasi, tuyg’ulari madaniyatiga ko`p jihatdan bog’liqdir. Inson ongida va qalbida ona tabiatga mehr tuyg’ulari jo`sh urmas ekan, odamlar vaqtinchalik iqtisodiy, moddiy manfaatlarini vatan kelajagi, tabiatini asrashdan ustun qo`yaveradi, atrof-muhit ifloslansa ham, odamlar zaharli chiqindilardan kasallansa ham, zavod, sex yoki firma egalari tabiatni zaharlashni davom ettirdveradilar. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov «XXI asr bo`sag’asida» kitobida tabiatga, o`zbek zaminiga avaylab munosabatda bo`lish haqida yozadi: «O`zbekiston juda katta tabiiy boyiiklarga ega va bu boyliklardan oqilona foydalanish zarur». O`zbekiston zamini, dalalari, tog’laru o`rmonlari daryolari va bog’-rog’larini avaylab-asrash barcha fuqarolaming insoniy burchi, vijdon, iymon talabidir. O`zbekiston tabiatidan, yeru suvlaridan tejamkorlik bilan foydalanish zarurligini ko`pchilik biladi. Ba’zi odamlar qanchalik moddiy boyliklarga ega bo`lsa ham to`ymaydilar, buning boisi -ularning tabiat go`zalliklaridan, ruhiy olamning go`zalliklaridan, ma’naviy, axloqiy musaffolikdan uzoqlashib, ma’naviy qashshoqlashib ketganligidir. Ariq, anhorlar, daryo suvini tiniq va toza ekologik va iqtisodiy muammolar axloqiy muammolarga, axloqiy, ma’naviy go`zallik his-tuyg’ular musaffoligiga bog’liq bo`lib qolmoqda.
Orol dengizi o`z qirg’oqlaridan necha yuz kilometrlab uzoqlashgani, shuncha olis joylarda baliqlar o`lib ketganligi, o`sha mintaqada yashovchi xalqning sog’lik-salomatligi jiddiy yomonlashgani, bolalar o`limi, turli kasalliklarning ko`paygani jahon jamoatchiligini va ayniqsa, O`zbekiston xalqini tashvishga solgani tabiiydir. Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” dostonida shoh Bahromning sevgilisi Diloromdan ayrilganidan keyin mast-alastlikka, ko`ngilxushliklarga berilib, dashtda shikor-ov paytida minglab ohular, jayronlarni qirib tashlashi tasvirlanadi. Dasht, sahro o`q yegan jonzodlarning vujudidan oqqan qonlardan botqoqlikka aylanadi. Uning ustiga tinimsiz yomg’ir, jala quyib, shoh Bahromni ham, uning beklari, amirlarini ham yer yutib ketadi. Ovchilarni begunoh o`lgan kiyiklarning qoni tutadi.
4. Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular: - kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; -jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish; -tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish; -o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish; - ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga - san’at, informatsion texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. San’at – estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan.
San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat-estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati mavjud. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Sport-estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi hisoblanadi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yosh avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida “Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi”,-degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.
Milliy ma’naviyatga ta’sir o’tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishni taqozo etmoqda. Ta’kidlash o’rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko’rinishdagi “sog’lom turmush tarsi targ’ibotchilari”, “ko’ngilochar” va “musaffo tuyg’u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keying paytlarda internet tarmog’i vampirism estetikasi va uning targ’iboti bilan bog’liq saytlarning ko’payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ’ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug’i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go’zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, nemis mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o’rganuvchi ilm”deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai filfarosa”(X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. O’ranjish, nomunosib holat, ko’ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning uchun bo’lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli”degan so’zlarni ishlatamiz. Biroq did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosat-ezgulikka,did-go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm-aqliy, farosat- axloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iborat.
Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya ta’sirida xulqini o’zgartirib, go’zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning uchun o’ziga mavjud yomon xislatlarni yaxshi tomonga o’zgartirgan va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas.