20- mavzu: Estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari. Reja



Yüklə 32,82 Kb.
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü32,82 Kb.
#174184
  1   2   3   4
20-mavzu


20- Mavzu: Estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari.
Reja:
1.“Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati. “Estetika” haqidagi qarashlar tarixi.
2.Estetika kategoriyalari.
3.Tabiatning estetik xususiyatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi.
4. Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakllarining uzviyligi: estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari


TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR:


Go’zallik, xunuklik, tabiat go’zalligi, inson go’zalligi, go’zallik va san’at, ulug’vorlik va tubanlik, tabiat ulug’vorligi, fojeaviylik, fojeaviylik va nafosatli ideal, fojeaviy ziddiyat, kulgili holat, hazil, mutoyiba

1.Nafosatshunoslik yoki estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo’lib buyuk nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ nemis faylasufi Leybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Leybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql, ixtiyor, hissiyotga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o’rganadigan fan–mantiq, ixtiyorni o’rganuvchi fan esa-axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq hissiyotni o’rganadigan fan falsafiy maqomdagi o’z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos–«oyestetikos» so’zidan «estetika» (nemischa «estetik»- «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi.


Baumgarten nafosatshunoslikni hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko’p o’tmay, u goh «go’zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Nafosatshunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Gegel esa o’z ma’ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga urinishlar bo’ldi. So’zning o’z-o’zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu–«san’at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda-«badiiy ijod falsafasi».
Gegelning «estetika» atamasidan ko’ngli to’lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri–yuqorida uning o’zi aytib o’tgan fikrlari bo’lsa, ikkinchisi–mazkur so’zning barcha his-tuyg’ularga taalluqliligi. Vaholanki, fanimiz faqat nafosatli his tuyg’ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko’ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon fanimizning tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois biz «nafosatshunoslik» atamasini ilmiy muomalaga kiritishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Zero mazkur atamaga asos bo’lgan «nafis», «nafislik», «nafosat» so’zlari o’z qamrovi bilan fanimiz talabiga to’la javob bera oladi. «Nafis» so’zi «O’zbek tilining izohli lug’ati»da-go’zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma’nolarida izohlanadi. Bundan tashqari «estetika» («estetik») so’zi nemislardagi yoki ruslardagi kabi bizda keng yoyilib, xalqimiz nutqiga singishib ketgan emas.
Nafosatshunoslik-falsafiy fanlar tarkibiga kiruvchi maxsus soha. Falsafani esa, o’zingizga ma’lumki, fanlar podshosi deb atashadi. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o’z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon yetaklaydi. Shu bois tafakkurni falsafaning tadqiqot obyekti deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi. Nafosatshunoslik-falsafiy fan sifatida, barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go’zallik orqali haqiqatga yetishtirishga hizmat qiladi. Bundan tashqari nafosatshunoslik ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega.
Estetik g‘oyalar datsavval qadimgi Sharq o‘lkalarida, jumladan, Misr, Mesopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon mamlakatlarida vujudga keldi. Qadimgi Sharq estetik qarashlarini o‘rganib, ularni umumlashtirib, nazariy jihatdan yanada boyitib bayon etish, boshqa hayot jabhalarida bo‘lganidek, estetik qarashlar tarixida ham qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Ovro‘po mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topganligi sir emas. Qadimgi Yunon san’atkorlari va faylasuflari qadimgi Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va fikr-mulohazalarni ishlab chiqdilar.
Yunon olimi Demokrit (eramizdan avvalgi 460-370-yillar) birinchi bo‘lib san’atning kelib chiqishini tushuntirishga harakat qilgan. U poyeziya, san’atga oid asarlar yozadi. U san’at tabiatga taqlid asosida shakllangan, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi. Qadimgi yunon estetik ta’limoti mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (eramizdan avvalgi VI-V asrlar) nomi va u yaratgan maktab bilan bog‘liq. Pifagor va uning shogirdlari barcha narsalarning mohiyatini raqamlar va ularning o‘zaro munosabatlari tashkil etadi, koinot yaxlitligida ham raqam aqidasi yotadi, deb uqtirdilar. Ular mazkur qarashlarini nafosat olamiga ham tatbiq etib, estetik tafakkurni boyitishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Pifagorchilarning nafosat asoslari, musiqaviy hamohanglik asoslari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelislhuvi» uinumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligi haqidagi qarashlar va g‘oyalari estetik tafakkur tarixida muhim o‘rin tutadi. Qadimgi estetika tafakkurida moddiyunchilik (materialitsik) yo’nalishni Geraklit (e.a. 540-480-yillar) boshlab bergan edi. U nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib ehiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb ko‘rsatadi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi. Demokrit (e.a. 460-370-yillar) go‘zallikni hamohanglikda, bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligida, tomonlar mosligi (simmetriya)da deb bildi va uni me’yor tushunchasi bilan bog’laydi, u san’at insonning datslabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi, deb uqtirdi. Demokrit san’atning mohiyatini voqelikka taqlid qilish (mimesis)da ko‘rdi.
Suqrot (e.a. 470-399-yillar) ta’limotida go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga ko‘chirilgan bo‘lib, go‘zallik va ezgulik birligi yoki hozirgi ta’bir bilan aytganda estetika va axloq birligi yetakchi g‘oya sifatida bayon qilinadi.
Suqrot estetik tasavvurlarning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surib, estetik va manfaatli belgilar o‘rtasidagi yaqin aloqadorlik mavjudligini ko‘rsatib berdi.
Aflotun (e.a. 427-347-yillar) qarashlarida estetika ham go‘zallik falsafasi, ham san’at falsafasi sifatida ta’riflanadi. Aflotunning fikricha, nafosat manbaini avvalo g‘oyalar tashkil etadi. His-tuyg‘u beradigan barcha narsalarni abadiy, o‘zgarmas g‘oya «yoritib turgan»dagina go‘zallik kashf etiladi. Uning fikricha go‘zallik o‘ta hissiyotli bo‘lgani tufayli uning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, balki aql-idrok bilan anglash mumkin. Qadim Yunon ilk afsonalariga asoslangan Homer eposlari san’atning, adabiyotning tub ma’nosini, obrazli tafakkurning buyuk vazifasini, badiiy so‘zning qudrati va o‘lmasligini eslatib, ta’kidlab, isbotlab kelmoqda. U davrlarda bu buyuk asarlar axloq, go‘zallik va tarbiya muassasalarining ham, dorilfununlarda falsafa va tarix darsliklarining ham o‘rnini bosgan va qadim dunyo qomusi deb atalgan. Bu asarning boqiyligi shundaki, u xalq afsonalari va tarixiy voqealarga asoslangan, dotsonlarda qahramonlik va xiyonat, muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik, sacloqal va intiqom, hijron, vafo, taqdir, vijdon, gunoh kabi azaliy insoniy muammolar o‘zining yuksak badiiy-epik ifodasini topgan.
Arastu (miloddan avvalgi IV asr) barcha zamonlarning olimlari uchun utsoz hisoblangan buyuk yunon faylasuflaridan biri. Miloddan avvalgi 384-yilda Egey dengizi bo‘yidagi Stagir shahrida tug‘iladi. Arastu go‘zallik yoki ajiblik haqidagi fikrlarida aqliy idrok va hissiy idrok uyg‘unligiga e’tibor beradi. Arastuning fikricha, har qanday sezgi, itsak-mayl yoki o‘y-xayol biror narsa, hodisaga intilar ekan, o‘sha narsadan qandaydir rohat-farog‘at oladi, shu ma’noda o‘sha narsa ajib yoki go‘zal bo‘ladi. Fojiali voqea-hodisalar zaminida Arastu vahima, dahshat, rahm-shafqat, hamdardlik orqali inson ruhini poklantirish (katarsis) ta’limotini ilgari suradi. Aratsu fikricha, hayot voqeasini ko‘rib, tinglab yoki o‘qib dahshatga tushish va qayg‘urishdan estetik, hissiy lazzat olinadi, undan olisdagi inson taqdiri, qismati uchun qo‘rquvga tushish, qayg‘urish hislari insonni poklaydi, oliyjanoblashtiradi.
Qadimgi Hindiston Sharq mamlakatlari orasida eng ko‘hna va qadimiy madaniyat maskanlaridan biridir. Hindiston mutafakkirlarining estetik qarashlari jamiyat taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Hind xalqi badiiy ijodi taraqqiyoti alohida ta’limotlar asosida rivojlangan. Hind poetikasi alankara, ras, dxvani haqidagi ta’limotlar yo‘lidan borgan va o‘z taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. Alankara ta’limoti - poetik nutqni tovush va ma’nodor tasvir vositalari bilan bezash uslublarini ishlab chiqishdan iborat Ras ta’limoti - san’at va adabiyotning insondagi muayyan ruhiy kechinmalarini, kayfiyat va holatlarini tasvirlash va qo‘zg‘atish qobiliyatini ochib beradi. Dxvani haqidagi ta’limot - poyeziyaning kishilarda qo‘shimcha obrazlarni paydo qiluvchi ajoyib qobiliyatini tahlil qilishga asoslanadi. Dxvani uslubi hind poetikasida haqli ravishda badiiy mahoratning oliy shakli hisoblanadi. «Alankara, ras, dxvani to‘g‘risidagi ta’limot hind poetikasi tayangan uch utsundir. Uni poetik ijodning har qanday shakliga tatbiq etsa bo‘ladi», - deb yozgan edi rus akademigi A. P. Barannikov.
Hindiston eng qadimiy madaniyat markazlaridan biridir. Unda miloddan uch ming yil avval yerni sun’iy sug‘orish taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, to‘qimachilik, zargarlik rivojlangan, pishiq g‘ishtdan ikki va uch qavatli binolar qurilgan. Milodning birinchi asrlaridayoq tib, riyoziyot, ilmi nujum, kimyo, hikmat kabi fanlar rivojlangan, turli janrlarda badiiy adabiyotlar vujudga kelgan. «Rigveda», «Ramayana», «Mahobxorat», «Dashakumacharita», «Xitopadesha», «S’hakuntala», «Malyavikava Agnimtra», «Mudararakshasa» kabi mashhur va ma’lum asarlar shular jumlasidandir. Bular orasida dunyoga eng ko‘p tarqalgan va o‘zining hikmatli fikrlari bilan ajralib turadigani «Kalila va Dimna»dir. Bu asardagi hikmatlar hayvonlar tilidan olib borilsada, ijtimoiy hayot, odamlar orasidagi munosabatlar ko‘zda tutiladi.Asarda voqelikdagi salbiy hodisalarga qarshi o‘t ochiladi, adolat,
odamgarchilik tarannum etiladi. Unda o‘sha jamiyatdagi barcha nuqsonlar, xiyonat va jinoyat, pastkashlik, ig‘vo, fisq-fasod, zulm dahshat fosh qilinadi.
«Kalila va Dimna» asarida «Shohlar saroyiga yaqin odamlarning ishi ig‘vo, hasad, adovat, chaqimchilik va bir-birini yo-monlashdan iboratdir. Kecha-kunduz ular bir-birlarining payiga tushib, bir-birlarini g‘iybat qiladilar. Kim iste’dodli bo‘lsa, uning haqida shuncha ko‘p mish-mishlar to‘qiydilar», - deb yozilgan edi. «Kalila va Dimna» asari boshidan-oyoq g‘oyat qiziqarli va ibratli, shaklanjuda boy, badiiy, mazmunan hayratli hikmatlar, hikoyalar, masallar, naqllar, rivoyatlar, aforizmlar bilan tola bebaho xazinadir.
Hindiston san’at mo‘jizalariga boy mamlakatdir. Agra shahridagi Tojmahal hayratomuzligi bilan estetika larixidagi mo‘jizalardan biri hisoblanadi. Ijodkor mehnati mahsuli va behad yuksak nafosat obidasi bo‘lgan, oq marmarlariga 2 million rang-barang gul o‘yib solingan, Tojmahalni bunyod etishda O‘rta Osiyolik me’mor va naqqoshlar o‘zlarining katta hissalarini qo‘shganlar. O‘zbekitsonda tug‘ilib, Hindistonga borib, yashab qolgan Xisrav Dehlaviy va Abduqodir Bedillar hind xalqining an’analaridan hayratlanib, o‘lmas badiiy asarlar yaratganlar. J. Neru Bobur, Akbarshohlarga baho bergan vaqtda hind xalqining badiiy an’analaridan ilhomlanib o‘lmas asarlar yaratgan yana bir qator allomalarimizni ham hurmat bilan tilga olib o‘tadi.
Olmoniya ma’rifatparvarligi estеtikasi XIX asrning boshida ijtimoiy va aniq fanlarning taraqqiyoti estetikani yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga yordam beradi. Ayniqsa, nemis faylasufi G.F.Hegelning asarlari estetika, san’atshunoslik va adabiyotshunoslik rivoji uchun xizmat qildi. Uning «Estetikadan ma’ruzalar»ida estetika nazariyasining juda ko‘p muhim masalalari chuqur va keng yoritib berildi. Gegel Estetikasining ulug‘ fazilatlaridan biri uning dunyo xalqlari va hamma davrlar san’atining materiallarini qamrab olganligidir. Gegelning tushunishicha, jahon san’ati uch katta taraqqiyot bosqichini o‘tdi. 1. Sharq xalqlari san’ati bilan bog‘liq bo‘lib, Gegel uni san’atning «simvolik shakli» deb ataydi. 2. Qadim dunyo san’ati birinchi navbatda Yunonistonning san’atidir (klassik shakli) 3. San’atning eng oliy shakli - romantik ruhdagi san’atdir. Gegel ta’limotida san’at va adabiyotning o‘ziga xos xususiyatlari Hofiz, Firdavsiy, Shekspir, Gomer, Shiller ijodi asosida izchil ravishda aniqlandi. Gegel falsafasi va estetikasi o‘zidan keyingi hamma estetik qarashlarga katta ta’sir ko‘rsatdi. Immanuel Kant (1724-1804)ning «Sof aqlning tanqidi» (1778), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788), «Muhokama qobiliyatining tanqidi» (1790) asarlarida bilishning tanqidiy nazariyasi, etika, estetika va tabiatning maqsadga muvofiqligi haqidagi ta’limot izchil suratda bayon qilinadi.
2. Go’zallik- nafosatshunoslikning asosiy tushunchasi. Zero, go’zallik- nafosat olamining mag’zi, bosh xossasi, mohiyati, asosini tashkil qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, эstetika, nafosatshunoslik, go’zallik falsafasi tarzida ham talqin эtib kelinadi.
Go’zallik muammosiga murojaat эtgan barcha mutafakkirlar go’zallik haqida fikr yuritib va uni tadqiq qilish nihoyat darajada mashaqqatli masala эkanligini doimo ta’kidlaydi. Mazkur qiyinchilik, birinchi navbatda, go’zallik tushunchasining o’zaro hech bir umumiyligi bo’lmagan turli-tuman hodisalarning keng doirasiga taalluqliligi bilan bog’liqdir.
Go’zal bo’lgan, ya’ni bizda ijobiy tuyg’u qo’zg’atgan narsani ko’rsatib berish nisbatan ancha oson. Lekin nima uchun mazkur narsa go’zal эkanligini tushuntirib berish ancha mushkul. Xuddi shu tarzda go’zallik muammosiga falsafiy yondoshish tarixan shakllangan.
Go’zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo’lib, aniq hissiy ta’sir o’tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko’payishiga, shodlik, zavqlanish, to’la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Go’zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo’ljallangan bo’ladi. Va nihoyat, go’zallik, Shillerning o’rinli iborasi bilan aytganda, inson ozodligining ramzi sifatida ifoda topadi. Mustaqil Respublikamizda эrkin ma’naviyatli shaxs tarbiyasi muhim vazifaga aylangan tarixiy bir sharoitda alohida ahamiyat kasb эtadi. Go’zallik cheksiz xilma-xillikka ega bo’ladi. Tabiatdagi go’zallik ijtimoiy hayot go’zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go’zallik badiiy ijoddagi go’zallikdan farq qiladi. Lekin go’zallik qanchalik o’zining rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga эga bo’lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go’zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud.
Go’zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok эtish tushunarli, albatta. Lekin bunday qarash go’zallikning ko’rinishlaridan faqat bittasini o’z ichiga oladi. Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga эga bo’lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham эga bo’lib qoldi. Shu narsa aniq-ravshan bo’lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan munosabatda bo’lish butunlay istiqbolsizdir. Insoniyat hozir tabiatni, atrof-muhitni himoya qilib, undan oqil tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib borib, o’ziga uning yangidan-yangi mo’jizalarini ochmoqda, undan ta’lim-saboqlari olmoqda. Insoniyat tabiat ustidan qozongan g’alabalarini mutlaqlashtirib maqtanish tobora tabiat bilan birga o’zaro aloqadorlikda, ittifoqda bo’lish tomon intilmoqda. Bu holatni Chingiz Aytmatov o’zining mashhur «Kunda» «Plaxa» romanida juda ishonchli tarzda badiiy bo’yoqlarda ifodalay olganlar.
San’atdagi go’zallik-esa hayotdagi go’zallik in’ikosi bo’lib, uning bitmas-tuganmas manbai-voqelikdir. Go’zallik yaratuvchi ijodkorlardan biri aytaganidek, ijodkorning boshqa odamlardan farqi shundaki, u boshqalar fahmlay olmagan go’zallikni hamma erda ko’ra bilish qobiliyatiga egadir.
Tabiatga, insonga, insoniy munosabatlarga ko’pincha biz san’atning buyuk ijodkorlari ko’zi bilan qarashga o’rganib qolganmiz. Bizni hayratga soladigan, ajoyib tabiat hodisalari bilan to’qnashganimizda beixtiyor: «Qanday go’zal, Xuddi Van Gogdagidek-a | Levitandagidek, Rembrantdagidek, Goyyadagidek va h.|» deb xitob qilamiz. Bunday hayratli holatga kelish tasodifiy эmas, chunki Van Gog, Levitan, Rembrant, Goyya va b. O’zlari yashab in’ikos эtgan tabiatni, uning bag’ridagi odamlar va hayvonalrni umumlashtirilgan, ramziy shakllardagi ob’ektiv go’zalliklarini ochib namoyish qilganlar va ularni idrok эtish bilan bog’liq ko’pchilikka xos kechinmalarni ifoda эtganlar.

Yüklə 32,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin