75. Interfaol oʻqitishning asosiy mohiyati nimadan iborat? *a) muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yoʻllarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi.
b) Oʻqtuvchi barcha oʻquvchilarga individual topshiriqlar beradi
c) Oʻqtuvchi mashgʻulotlarni ma’ruza, hikoya, suhbat, induktiv, deduktiv metodlari orqali tashkil etadi
d) barcha oʻquvchilar muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yoʻllarini izlaydi
76. Mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlash, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladigan metodni toping?. *a) SWOT-tahlil
b) FSMU
c)Aqliy hujum
d) Tushunchalar tahlili.
77. Muammoli talim jarayoni deb nimaga aytiladi? *a) oʻqituvchi tomonidan pedagogik ta’sir koʻrsatishning eng muqobil varianti yordamida fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda, oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yoʻnaltirilgan, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayon
b) ta’lim oluvchi oʻziga taqdim etilgan individual oʻquv dasturi asosida mustaqil tayyorgarlik koʻradi. Bu oʻquv dasturini bajarish uchun harakatlar rejasi, axborotlar majmuasi, oʻqitish natijalariga erishish boʻyicha aniq metodik tavsiyanomalar boʻlishi zarur
c) oʻqituvchi tomonidan pedagogik ta’sir koʻrsatishning eng muqobil varianti yordamida fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda, oʻquvchilarning bilimlarni oʻzlashtirish
d) ta’lim oluvchi oʻziga taqdim etilgan individual oʻquv dasturi asosida mustaqil tayyorgarlik koʻradi. Bu oʻquv dasturini bajarish uchun harakatlar rejasi, axborotlar majmuasi
78. “Aqliy hujum” metodi nechta bosqichda amalga oshiriladi? *a) 6 ta
b) 7 ta
c) 4 ta
d) 5 ta