202 yil “ ” shahar (tumani) -son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ichki myehnat tartibi qoidalari



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə3/5
tarix07.11.2022
ölçüsü179,5 Kb.
#67664
1   2   3   4   5
Ички мех тар коидаси

3. MYeHNAT INTIZOMINI TA’MINLASh.
RAG’BARLANTIRISh VA JAVOBGARLIK.

3.1. Korxonada mehnat intizomi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, jamoa shartnomasi shartlariga, ushbu Qoidalarga va texnologiya intizomini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha talablar, shuningdek, har bir xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlarini ko‘zda tutadigan korxonaning boshqa lokal hujjatlariga rioya qilishni o‘z ichiga oladi.


3.2. Mehnat majburiyatlarini tegishli ravishda bajarish, mehnatda yuqori natijalarga erishish, korxonada uzoq muddat namunali ishlash va ishdagi boshqa yutuqlari uchun korxona xodimlariga nisbatan quyidagi rag‘batlantirishlar qo‘llanishi mumkin:
minnatdorchilik;
pul mukofoti bilan taqdirlash;
qimmatbaho sovg‘a bilan mukofotlash.
Jamiyat va davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
3.3. Taqdirlashlar odatda mazkur xodim ishlayotgan tarkibiy bo‘linma rahbarining yoki mehnat jamoasining iltimosnomasiga ko‘ra korxona rahbari tomonidan chiqariladigan buyruqqa binoan e’lon qilinadi.
3.4. Mehnat intizomini buzganlik uchun ish beruvchi xodimga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir:
hayfsan;
Mehnat intizomini muntazam buzganlik uchun xodim oylik ish haqining ko‘pi bilan 30 foizi hajmida jarima, shuningdek, ushbu Qoidalarning 2.38-bandida ko‘zda tutilgan harakatlarni bir marta sodir etganlik uchun xodim oylik ish haqining ko‘pi bilan 50 foizi hajmida jarima to‘lash chorasi qo‘llash;
mehnat shartnomasini bekor qilish.
3.5. Jazo chorasi qo‘llanishiga qadar xodimga yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik sabablari va holatini yozma ravishda tushuntirish imkoniyati beriladi. Tushuntirish berishdan bosh tortish unga nisbatan sodir etilgan harakat uchun chora ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Xodimning tushuntirish berishdan bosh tortishi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
3.6. Ish beruvchi xodimning har bir g‘ayrihuquqiy hati-harakati uchun ushbu qoidalarning 3.4-bandida ko‘rsatilgan intizomiy jazolardan faqat bittasini qo‘llashga haqlidir.
3.7. Intizomiy jazoning amal qilish muddati uni qo‘llash kunidan boshlab bir yildan oshishi mumkin emas. Agar ana shu muddat davomida xodim yangi intizomiy jazoga tortilmasa u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Bunday holda intizomiy jazoni bekor qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilmaydi. Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi uni bir yil tugashiga qadar o‘zining tashabbusiga ko‘ra, xodimning iltimosiga ko‘ra, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra bekor qilishga haqlidir. Xodimdan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
3.8. Intizomiy jazo ustidan xodim ushbu qoidalarning 5.1-5.6-bandlarida ko‘zda tutilgan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
3.9. Ish beruvchiga xodim bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazgan holda intizomiy jazo va ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini qo‘llashdan qat’i nazar, xodim, bundan tashqari, qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.
3.10. Mehnat intizomini buzganlik uchun xodimlarga nisbatan, intizomiy javobgarlikdan tashqari, lokal hujjatlar bilan ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralari ham qo‘llanishi mumkin (mukofotdan, ish yakunlari bo‘yicha yil uchun mukofotdan to‘liq yoki qisman mahrum qilish va h.k.).
3.11. Korxonaning mansabdor shaxslari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunga binoan ko‘zda tutilgan hollarda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Bunday javobgarlik quyidagi hollarda yuzaga keladi: mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ekanligini bilib turib bekor qilish yoki ishga tiklash to‘g‘risidagi sud qarorini bajarmaslik, shuningdek, homiladorligi yoki bolaga qarashi kerakligini vaj qilib ayollarni ishga qabul qilishdan bilib turib g‘ayriqonuniy tarzda bosh tortish; ishga qabul qilishning belgilangan tartibini buzish (mahalliy mehnat organlari tomonidan yuborilgan shaxslarni; muqobil xizmat xizmatchilari, harbiy xizmatga majburlarni hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan qabul qilish, qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish ta’qiqlangan shaxslarni ishga qabul qilish); yong‘inga qarshi qoidalar va xavfsizlik texnikasini, ishlab chiqarish sanitariyasi yoki xodimga zarar keltirishga sabab bo‘lgan boshqa mehnat qoidalarini buzganlik uchun; xodimning murojaatini ko‘rib chiqishdan bosh tortish yoki uni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yohud ular bo‘yicha asossiz zid qaror qabul qilish va hokazolar uchun.



Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin