202 yil “ ” shahar (tumani) -son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ichki myehnat tartibi qoidalari



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə5/5
tarix07.11.2022
ölçüsü179,5 Kb.
#67664
1   2   3   4   5
Ички мех тар коидаси

5. MYeHNAT ShARTNOMASI TOMONLARI
O’RTASIDAGI IXTILOFLARNI
HAL ETISh

5.1. Har bir xodim qonunchiliklarda, mazkur Qoidalarda, korxonaning boshqa lokal hujjatlarida va mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sudda himoya qilish, shuningdek, malakali yuridik yordam olish huquqiga egadir.


5.2. O’zining huquqlarini buzilgan deb hisoblovchi xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi orqali ish beruvchiga og‘zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishga haqlidir. Xodimning murojaati mazkur Qoidalarning 2.5-bandida ko‘zda tutilgan tartibda ro‘yxatga olinishi kerak.
5.3. Yozma javob xodimga uning murojaati mohiyatiga ko‘ra, bevosita ko‘rib chiqilgandan keyin yuboriladi.
Mehnat sharoitlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi murojaatga javob xodimga bunday o‘zgarishga bo‘lgan huquq qonunda ko‘zda tutilganday uch kundan kechiktirmay jo‘natilishi kerak.
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida ko‘rsatilgan holdagi ixtilof paytida yoki ish beruvchining javobidan qoniqmaganda xodim o‘zining tanlashiga ko‘ra mehnat nizosini hal etish uchun mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga (bundan keyin - MNK) yoki bevosita sudga, shuningdek, vakolatiga korxona xodimlarini himoya qilish kiradigan boshqa organlarga murojaat qilishga haqlidir.
5.4. Xodim tomonidan berilgan ariza MNKda ro‘yxatga olinadi va ariza bergan xodim ishtirokida u berilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. Xodimning arizani ko‘rib chiqishda ishtirok etmasligiga faqat uning yozma arizasiga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Komissiyaning majlisiga xodim uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda mazkur arizani ko‘rib chiqmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin, bu esa xodimni qaytadan ariza topshirish huquqidan mahrum qilmaydi.
5.5. MNK qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi MNKning qarorini ko‘chirma nusxasi olgandan keyin 10 kun ichida sudga murojaat qilishi mumkin.
5.6. Xodim sudga yoki MNKga quyidagi muddatlarda murojaat qilishga haqlidir:
ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan boshlab ko‘pi bilan bir oy ichida;
boshqa nizolar bo‘yicha - xodim o‘z huquqining buzilgani to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab uch oydan kechiktirmay;
xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘lash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish muddati belgilanmaydi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan muddatlarni uzrli sabablar bilan o‘tkazib yuborilgan taqdirda muddat sud yoki MNK tomonidan tiklanishi mumkin.
Ichki mehnat tartibi qoidalari -sonli MTTning binosi ichiga barcha xodimlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan maxsus joyga osib qo‘yiladi.

Ichki mexnat tartibi qoidalari bilan tanishganlik ro‘yhati





Xodimning F.I.Sh va imzosi

1






2


3


4


5


6


7


8


9


10


11


12


13


14


15


Xodimlarning ichki mexnat tartibi qoidalari bilan tanishganlik ro‘yhati davomi





Xodimning F.I.Sh va imzosi

16


17


18


19


20


21


22


23


24


Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin