2021 kushon podsholigi davrida diniy bag’rikenglik bozorova Sevaraxon Qobiljonovna



Yüklə 418,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.04.2023
ölçüsü418,23 Kb.
#103273
1   2   3   4
kushon-podsholigi-davrida-diniy-bag-rikenglik

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
444 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
Millati va diniy qarashlaridan qat’iy nazar insonni ardoqlash va o’zgalarni 
qadrlash, o’zga din vakillarini hurmat qilish O’zbek xalqining yuksak sifatlaridir. (1, 
8) 
Aynan ushbu omillar xalqimizning ruhiyatida diniy bag’rikenglik xususiyatini 
shakllanishiga asos bo’ldi. 
Bag’rikenglik g’oyalarini hayotga tadbiq etish uzoq moziyga borib taqaladi. 
Ajdodlarimiz amal qilgan diniy bag’rikenglik g’oyalari tarixning har bir davrida 
ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayotni ajralmas qismiga aylangan bo’lsada, tarixning 
ma’lum davrlarida o’zining eng yuqori pog’onasiga ko’tarilgan. Kushon podsholigi 
hukm surgan tarixiy davr fikrimizga yorqin misoldir. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Kushon podsholigi asoschilari bo'lgan yuyechi (Xitoy manbalarida) qabilasi 
Sirdaryo ortidan Baktriyaga yerlariga kelib, sak qabilalarini yengan hamda Yunon-
Baktriya yerlarini egalladilar. Natijada bir asr mobaynida Yunon-Baktriya yerlarida 
yashagan qabilalar 5 qabilaga bo’linib, istiqomat qilishgan. Milodiy I-asrda esa kuson 
qabilasidan bo’lgan Kudzula Kadfiz “Kushon” podsholigiga asos soldi. 
Kushon podsholigi davrida bir hududda turli dinlar amalda bo’lgan. Saltanatda 
dinlar o’rtasida o’zaro tenglik siyosati olib borib, shahar aholisi podsholikning 
bag’rikenglik an’analariga muofiq, zardushtiylik, buddaviylik, manixeylik va boshqa 
dinlarga sig’inganlar.(2, 152)
Shuningdek, Kushon hukmdorlari hind e’tiqodlaridan buddaviylik, vishnuizm, 
jaynizm kabi oqimlarni yoyilishiga homiylik qilganlar. 
Xorazm va Sug’dda esa mahalliy ta’limotlardan Siyovush e’tiqodi ham keng 
yoyilgan. (3, 122) 
Podsholikda siyosiy hokimyat ruhoniylar qo’lida bo’lib, dunyoviy davlat rahbari 
bosh qohin ham hisoblangan . (4, https//: qobus.info)Barcha diniy sohadagi islohotlar 
asoschisi ham davlat rahbari hisoblangan. Podsholikdagi bir qancha islohotlar 
asoschisi sifatida Kanishka e’tirof etilib, u hukmron bo’lgan davrda Kushon davlati 
ravnaq topdi. Davlat tarkibiga Hindistonni qo’shib olinishi, Hisor tog’ tizmalari 
bo’ylab mustahkam chegara devorlarini barpo etilishi, baktriya tili bilan birgalikda 
hind tili ham muloqot tili sifatida iste’molda bo’lishi kabi islohotlar hukmdor 
Kanishka nomi bilan bog’liq. 
Davlatda buddizm ta’limotini keng yoyilishi davlat tarkibiga Shimoliy 
Hindistonni qo’shib olinishi bilan tasniflanadi. Hukmdor Kanishka buddizm tarixida 
birinchi marta diniy yig’inlar chaqirishni joriy etib, dastlabki diniy yig’inda 



Yüklə 418,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin