Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 445
w www.oriens.uz September 2021 buddaviylikning mahayana oqimini rasmiy oqim sifatida e’tirof etdi. (5,
https//:qobus.info)
Aynan shu tarixiy jarayondan so’ng ushbu ta’limot podsholikda juda tez
sur’atlarda yoyila boshladi.
Shuningdek, Kanishka barcha dinlarga erkinlik bergan holda, buddaviylik
ibodatxonalarini qurishga ular uchun katta miqdorda mablag ajratishga homiylik
qilgan.
Kanishka nafaqat adolatli hukmdor, shuning barobarida adabiyot va san’at
homiysi ham hisoblangan. Manbalarda Kanishka Kashmirda Kanishkapur shahriya
asos solganligi, Pareva, Vasumitra kabi buddaviy olimlar hamda Ashvagxosha,
Vagarjuva, Matricheta kabi faylasuf va shoirlar hukmdor saroyida yashaganligi qayd
etiladi.
Boshqa bir tarixiy manbalarda milloddan avvalgi I asrdayoq Baktriya aholisi
buddaviylik g’oyalari bilan tanish bo’lganligi va Kushon davlati tashkil topgan bir
davrda bu hududda Hindistondan kelgan budda missionerlaridan iborat yirik
buddaviylik koloniyalari mavjud bo’lganligi borasida fikrlar mavjud. Ular esa
ommaviy xalq orasida buddaviylik ta’limotini keng targ’ib qilgan. (6, 152)
Arxeologik topilmalar natijasida shu aniqlandiki, kushon hukmdorlari Kanishka
va Xuvishka davrida zarb etilgan tangalarda Avesto ilohlari, Hind va Xorazm xalqi
e’tiqod qiluvchi xudolar tasvirlangan bo’lsa, Vima Kadfiz va Vasudeva davridagi
tangalarda hind ilohi Shiva tasviri tushirilganligi o’z tasqig’ini topdi. (7, 122)
Arxeologik izlanishlar podsholik davrida zarb etilgan ba’zi tangalarning orqa
tomonida zartushtiylik ilohi Mitra, otashparastlik ilohi Otash (olov ma’budi) ham
tasvirlanganligini ko’rsatadi.
Kushon podsholigi tarixiga oid yana bir manbalarda bu podsholik hukm surgan
davr tangalarining oldi tarafida o’z dinlarining ilohlari, ikkinchi bir tarafida boshqa
e’tiqodlarning ilohlari tushirilib, zarb etilganligi qayd etiladi. (8, 227)
Ushbu topilmalar podsholikda diniy bag’rikenglik g’oyalari davlat siyosati
darajasiga ko’tarilganligini, davlatdagi e’tiqodiy hayot kayfiyatini ifodalab beradi.
Chunki, zarb etilgan tangalar davlatning milliy ramzi hisoblanib, unda davlatning
orzu-istaklarri, maqsadlari tasvirlanadi.
Xatto, davlat tangalarida yunon ilohlaridan Zevs va Gelios kabi ilohlar tasviri
tushirilgan tangalar ham topilgan. Xorazm va Sug’dda mahalliy ta’limotlardan
Siyovush e’tiqodi ham keng yoyilgan. (9,122)
Buddaviylik ta’limoti O’rta Osiyo xalqi ma’naviyati va san’atiga ham munosib
ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ta’limotning eng noyob yodgorliklari O’zbekistonning