ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami metodologik manba sifatida
olindi. Mazkur tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, mantiqiylik, analiz,
sentiz metodlaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushida
noma’lum ketgan fidoyilar haqida fikr - mulohazalar olib borildi
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Darhaqiqat, ikkinchi jahon urushi tarixda yuz bergan jangu-jadallarning eng
dahshatlisi hisoblanadi. Bu urushda vatanimizning har bir go‘shasidan yurt fidoyilari
avvalo o‘z ona zamini, muqaddas tuprog‘ini yovdan asrash, himoya qilish uchun bel
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
546
w
www.oriens.uz
May
2021
bog‘ladilar. Qarshi shahrining janubiy-g‘arbida joylashgan Qadimgi Qarshi
tumanidagi Xaramjo‘y
1
qishlog‘idan ham ikkinchi jahon urushiga yuzlab mard va
jasur yurt o‘g‘lonlari urushning dastlabki kunlaridan jangga otlandilar. Ularning har
birini xotirlash, nomlarini abadiylashtirish, biz minnatdor avlodlarning burchimiz
hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushiga 400 ga yaqin Xaramjo‘yliklar safarbar etildi.
Ulardan Bozorov Jabbor, Qodirov Parda, Rahmatov Karim, Xalilov Hikmat, Nor
Bozorov, Nosir Haqberdiev, Fayzullaev Sayfi, Haydar Chinniev, Raupov Mavlon,
Davron Raupov, Jo‘raev Alimardon, Jo‘rayev Shukur, Samadov Turdi Rasulov
Umar, Qozoqov Elmurod, Qozoqov Abdulla, Jo‘rayev Safar, Samadov Tursun,
Boybekov Ahmad, Mustanov Sayfulla, Tolipov Ahmad, Xalilov Jalil, Pirov Nor,
Pirov Karim, Samarov Nur, Obidov Sayfi, Boqiev G‘aybi, Turdiev Qilich, Ravshan
Odilov, Fozil Odilov, Temir Ashirov, Chori Egamberdiev, Sag‘dulla Narzullaev,
Nabi Sodiqov, Ahad Maqsudov, Barat Qudratov, Hakim Xoliqov, G‘ofir Pardaev,
Raim Hasanov, Yo‘ldosh Ergashev, Tursun Mamatov, Temir Pardaev, Qo‘chqor
Jo‘raev, Najim Nosirov, Sharif Kamolov, Haydar Olimov, Amir Sultonov, Turdi
Muqimov, Sattor Samadov, Kamol Shamsiev, Parda Mahmudov, Aziz Xayrullaev,
Jo‘ra Eshonqulov, Tursun Akbarov, Omon Sirojiddinov, Mamatqul Tursunov,
Hikmat Murodov, Xudoyor Akbarov, Sunnat Sultonov va boshqalarni ta’kidlashimiz
mumkin.
Bu kabi ma’lumotlarni nafaqadagi pedagog Hazratqul Haydarov “Xaramjo‘y
mahallasi tarixidan lavhalar” nomli kitobida mahallamizdagi har bir xonadonga kirib,
ikkinchi jahon urushiga safarbar etilgan ota-bobolarimizning qahramonligi, ularning
g‘alabaga qo‘shgan hissasi, erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlar keltirgan.
Shuningdek, bu asarda ustoz Hazratqul Haydarov 400 ga yaqin
qishlog‘imizning norg‘ul, azamat yigitlari, ota-bobolarimiz fashizm balosini daf
qilish uchun jonbozlik ko‘rsatganliklari alohida ta’kidlanadi.
Ularning ko‘rsatgan xizmatlari, jasoratlari, qaerlarda shahid ketgani borasida
ko‘proq izlanishlar olib borishimiz, ularning har birlarini nomlarini abadiyatga
muhrlash, yoshlarimiz esa o‘z ajdodlarining ikkinchi jahon urushida qozonilgan
g‘alabaga qo‘shgan hissasi, ulardan faxrlanish tuyg‘usini his qilishi uchun
Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga keltirgan kulfat, asorat tafsilotlari
to‘laligicha hali yoritilmagan. CHunki, 2020 yil 9 mayda Ikkinchi jahon urushida
qozonilgan g‘alabaga 75-yil to‘ldi. G‘alabaning 75-yilligida xalqimizga urush
1
Xaramjo‘y – Haram kalimasi arab tilida ta’qiqlangan, muqaddas joy. Alisher Navoiy asarlarida Makka va Madina
shaharlari haramayn sharafayn (ikki muqaddas shahar) deb tavsif qilingan. Xaramjo‘y Qarshi shahrining janubi-g‘arbiy
tomonida joylashgan bo‘lib, sabza va so‘lim joy, suv bilan o‘ralgan, obod maskan kabi ma’nolarni anglatadi.
|