Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
549
w
www.oriens.uz
May
2021
xabarnoma kelgan. Onam bugungi kunda farzandlar, nabiralar ardog‘ida piru-
badavlat hayot kechirayotgan bo‘lsalar ham qalblarida bir armon, otalarini diydorini
ko‘rmaganliklari, “urushni oti o‘chsin bolam” deya ko‘zlariga yosh oladilar.
Bobom haqida faqatgina buvim rahmatli Farog‘at
momodan eshitgan
ma’lumotlari saqlanib qolgan. Onam “mening otam hisobchi bo‘lgan. 3 ta qishloqni
hisob-kitobi bilan shug‘ullangan bilimli, o‘tkir zehnli, chap qo‘lida ravon, bexato
yozgan, ma’lumotli inson bo‘lgan” - deya ta’kidlaydilar.
Men birinchi sinfga
borganimda ustozlarim qancha urinishmasin men o‘ng qo‘lim bilan emas, faqat chap
qo‘lda yozgan ekanman. Onam esa ustozlarimga “meni otam chap qo‘lda yozgan
ekanlar. Bu unga bobosidan o‘tgan qizim chap qo‘lida yozaqolsin, ruxsat beringlar”
deb iltimos qilgan ekanlar. Urushdan keyingi yillarda
ham onam buvim bilan juda
qiyinchilikda, sarson-sargardonlikda, mashaqqatli
hayot kechirganliklarini, kun
ko‘rish uchun dalada boshoq terganliklari, bugungi
dorilomon kunlarni qadriga
etishimiz kerakligini bizga doimo uqtiradilar.
XULOSA
Ikkinchi jahon urushida ko‘pchilik vatandoshlarimiz qatori bizning ham Qarshi
shahrining shundoqqina yonida joylashgan Xaramjo‘y qishlog‘idan ko‘plab ota-
bobolarimiz safarbar etildilar. Ulardan sanoqliginasi urushdan o‘z vataniga qaytishga
muvaffaq bo‘ldi. Bobom Omonov Bekmamat ham urushning eng dahshatli pallasida
safarbar etildilar. Biz yoshlar ota-bobolarimizning nafaqat vatanparvarligi,
fidoyiligidan o‘rnak
olishimiz balki, ularning xotiralarini abadiylashtirishimiz,
ularning bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llarini,
jasoratlarini yozishimiz, tarixga
muhrlashimiz shart.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES)
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning
Ikkinchi jahon
urushida qozonilgan g‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan nutqidan. Toshkent, 2020
yil.
2.Haydarov H. Xaramjo‘y mahallasi tarixidan lavhalar. Qarshi, Nasaf nashriyoti,
2018 yil.
3.Nafasov T. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent, 2009 yil.
4.Xaramjo‘ylik 85 yoshli nafaqadagi ustoz Hazratqul Haydarovning esdaliklaridan
foydalanildi.
5.Xaramjo‘ylik 80 yoshli onaxon Begmatova Oybahor esdaliklaridan foydalanildi.