2021 vatan himoyachilari yodi mangu barhayot!


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 445,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix22.05.2023
ölçüsü445,3 Kb.
#119461
1   2   3   4   5   6
vatan-himoyachilari-yodi-mangu-barhayot-ikkinchi-jahon-urushida-noma-lum-ketgan-bobom-begmatov-omon-va-xaramjo-ylik-urush-qatnashchilari-haqida

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
548 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
Daryo muzlagan, ko‘krak bilan sirpanib, emaklab o‘tayotgan paytda dushman ularni 
o‘qqa tutadi. SHunda u o‘ng qo‘lidan yarador bo‘lsa ham, sanitarlarga bog‘latgancha, 
dushman hujumlarini qaytarish uchun jang qiladi. Ammo u og‘ir yaralangan edi, jang 
tugaganidan so‘ng hushidan ketib yiqiladi. Qancha vaqt o‘tganini bilmaydi, hushiga 
kelganda o‘zini dala gospitalida yotganini biladi. Uning qo‘lini davolaydilar va yana 
bir qancha janglarda ishtirok etadi. Keyingi janglarda yana og‘ir yaralanadi. 
Jarohatlar og‘ir bo‘lgani, jangga kirishning imkoni bo‘lmagach, yurtga qaytariladi. 
1944 yilda Kamol Shamsiyev ko‘kchi to‘la orden va medallar bilan qishlog‘iga 
qaytib keladi. 
Kamol Shamsiyevni 1994 yil 9 mayda respublikamiz poytaxti Toshkent 
shahriga chaqirib, O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan “Jasorat” medali bilan 
taqdirlanadi. U 86 yoshida 2012 yilda vafot etadi. Uning yorqin xotirasi 
qishloqdoshlarining qalbida abadiy saqlanadi. 
2020 yil 27 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “O‘zbekiston 
tarixi” kafedrasi tashabbusi bilan “Ikkinchi jahon urushi: xalq jasorati va tarix 
saboqlari” mavzusida hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ushbu Xalqaro ilmiy-
amaliy onlayn konferensiya doirasida Esselar tanlovi ham o‘tkazilayotganligi, 
mazkur esselar tanlovining mavzusi esa “Ikkinchi jahon urushi mening oilam 
taqdirida” deb nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ikkinchi jahon 
urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligidagi nutqida O‘zbekistondan Ikkinchi 
jahon urushiga ishtirok etganlar soni 1,5 millionga yaqin emas, balki, 1 million 951 
ming kishi bo‘lganligi, bu esa urush vaqti O‘zbekiston aholisi 6,5 million bo‘lsa, 
deyarli O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi har 3 fuqarosidan bir nafari Ikkinchi jahon 
urushiga ishtirok etganligidan dalolat beradi. Bu raqamlar ham tadqiqot natijalari
arxiv ma’lumotlarini o‘rganish natijasida olimlarimiz tomonidan keng jamoatchilikka 
ma’lum qilingan ma’lumotlar sirasiga kiradi. 
Demak, “Ikkinchi jahon urushi mening oilam taqdirida” nomli mavzuga 
aloqador bizning oilamizda ham urushning og‘riqli izlari muhrlanib qolganligini 
afsus bilan ta’kidlamoqchiman. Onam Begmatova Oybahor 1942 yilda tug‘ilganlar. 
Onam uch oylik chaqaloqlik vaqtlari bobom Omonov Begmamat G‘uzor tumanining 
Tojik qishlog‘idan Ikkinchi jahon urushiga jo‘natilgan. Buvim Rajabova Farog‘at 
momoning xotirlashicha bir marta xat kelgan xatda esa Qozog‘iston cho‘lidan o‘tib 
borayotganliklari haqida ma’lumot berilgan ekan. 
Shundan so‘ng bobomdan ya’ni onamning otalari Omonov Begmamat 
bobodan hech qanday xat-xabar kelmagan. Faqatgina noma’lum ketganligi haqidagi 



Yüklə 445,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin