III. Ilmiy-tadqiqot ishlari va xalqaro hamkorlik
20. Kafedrada faoliyat ko'rsatayotgan 13 nafar pedagog-o'qituvchilardan 4 nafari bosh o‘qituvchi, 4 nafari yetakchi o‘qituvchi, 4 nafari katta o‘qituvchi va 1 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchi. Kafedraning ilmiy salohiyati 92,3% ni tashkil etadi.
21. Kafedralar kesimida davlat ilmiy texnik dasturlari, xojalik shartnomalari, litsenzion shartnomalar, xalqaro grantlar hamda mahalliy loyihalar bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarining mavjudligi va bajarilishi.
22. Kafedralarda ta'lim, fan va ishlab chiqarish hamkorligi. Innovatsion hamkorlik guruhlari faoliyatining samarasi.
23. Innovatsion goyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkalarida ishtirok etilishi, yarmarka doirasida tuzilgan shartnomalarning bajarilish holati va ularning samaradorligi.
24. Kafedradagi pedagog o‘qituvchilardan matematika fani o‘qituvchisi Raximov Nasriddin SamDU doktoranturasi mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Uning ilmiy ish mavzusi SamDU ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan va OAKdan ro‘yxatdan o‘tkazishga tavsiya etilgan.
25. Kafedradagi PO'lardan hozircha hech kim doktorlik (PhD, DSc) dissertatsiyalarini himoya qilgan emas.
26. Kafedramizda Samarqand Davlat Universiteti Mexanika-matematika fakultetining Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi va Differiensial tenglamalar kafedrasi, Matematik analiz kafedrasining hamda Amaliy matematika va informatika fakultetining Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash kafedralari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Professor Joniqul Abdullayev tomonidan 3 qismli ”Matematika” deb nomlangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ”Abituriyent” shtabi uchun nashr ettirilgan uslubiy qo‘llanmasidan algebra va geometriya amaliy darslarida keng qo‘llanilmoqda. Har yili SamDU mexanika-matematika hamda amaliy matematika va informatika fakultetlarining 4-kurs talabalari litseyimizda pedagogik amaliyot o‘tab kelishmoqda. Har bir talabaga kafedraning tajribali o‘qituvchilari ustoz sifatida biriktirilib, butun amaliyot davomida talabalar o‘z ustozlaridan barcha me’yoriy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish, o‘quv jurnallarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, nazorat shakllaridan: joriy, oraliq hamda yakuniy nazorat baholarini reyting tizimiga muvofiq holda qo‘yish, har bir o‘quvchining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish sirlarini o‘rganib kelishmoqda.
27. O'quvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalarida hamda nufuzli tanlovlarda mukofotlar (diplomlar) va sovrinli o'rinlar bilan taqdirlanganligi.
28. Akademik litseyda o'tkazilgan respublika va xalqaro tonferensiyalar, seminarlar.
Dostları ilə paylaş: |