O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi “O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi PF-555-son Farmonining 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonining 1-ilovasida:
a) 8-bandi “i” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI