ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 2
76
sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan, bunday holat Chingizxon haqida ham
gapirilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib,
Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-
bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining
saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan.
2
Amir Temur va temuriylar madaniyati nafaqat O‘zbekiston, balki butun jahon madaniyati
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligi barchamizga ma’lum. Тemuriylar davlatining qudrati
ayniqsa me’morchilikda namoyon bo‘ldi va bu davr me’morchiligi, me’morchilik tarixida
ma’lum darajada tahlil etilgan. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko‘rmoq istasang –
biz qurgan binolarimizga boq!» degan yozuv Тemur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar
edi. Тemur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko‘chalar, me’moriy
majmualar keng ko‘lam kasb etadi.
Temur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. U ishni eng avvalo
mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng 150 yil mobaynida vayron va qarovsiz yotgan shaharning mudofaa
dеvorlarini tiklashdan boshlaydi. Osma suv yo‘li («Juyi Arziz»)ning yakson etilishi tufayli
suvsiz qolgan Samarqand mahallalariga Zarafshon daryosidan suv kеltiradi. Shaharda «Hisori»,
qal’a, ulug‘vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Shaharda me’moriy majmualar
shakllanishi Тemur va temuriylar davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Me’morchilik taraqqiyoti
yangi bosqichiga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu
jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Тemur
davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda
ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning
balandligi oshdi.
Dostları ilə paylaş: