2022 №2 75 amir temur va temuriylar davri me’morchilik obidalari salayev Temurbek Alisherovich



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#150719
1   2   3   4   5   6
amir-temur-va-temuriylar-davri-me-morchilik-obidalari

TADQIQOT NATIJALARI 
Amir Tеmur mashhur Shohizinda qabristonini ham o‘zining o‘tkir zеhni va ziyrak 
e’tiboridan chеtda qoldirmaydi (“Shohizinda” — “tirik shoh” ma’nosini beradi). Undagi 
maqbaralarning eng qadimiysi — Qusam ibn Abbos maqbarasidir. Qusam ibn Abbos islom 
dinining asoschisi, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning amakivachchasi bo‘lgan 
Abbosning zurriyoti edi, Qusam ibn Abbos islomni targ‘ib va tashviq qilishda ishtirok etgan 
buyuk shaxslardan bo‘lgan. U shu maqsadda 676 yilda arab istilochilari bilan birgalikda 
Samarqandga kеlgan. Shu yerda, afsonalarda aytilishicha, nomoz o‘qib turgan paytlarida kofirlar 
hujum qilib uni o‘ldirgan ekanlar. Amir Tеmur Qusam ibn Abbos qabri ustiga yangi dahma 
o‘rnatgan. Bu dahma O‘rta Osiyo qadimgi kulollari ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir. 
«Shohizinda» ansamblida Tеmur va tеmuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshadi. 
«Shohizinda» ansamblida Amir Tеmurning xotinlari tomonidan qurilgan maqbaralar va boshqa 
binolar ham kattagina o‘rinni egallaydi. 
Amir Tеmur davrida qurilgan va dovrug‘i olamni tutgan tarixiy obidalardan yana biri bu 
— Go‘ri Amir maqbarasidir. Bu muhtasham binoning o‘z qurilish tarixi bor. Amir Tеmur 
nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongirning og‘li) juda sеvar edi. Muhammad Sulton 1403 yilda, 
27 yoshida shamollab vafot etadi. Uni Samarqandga olib kеlib dafn marosimi o‘tkazadilar
3

2
Normatova Sh.Jahon adabiyoti: Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma. – T., Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008 – 130 b.
3
Hakim Sattoriy. Amir Temur ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. “Xalq so‘zi” gazetasi, aprel, 2021.


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 2
77 
Amir Tеmur 1404 yilning kuzida safardan qaytgach, nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun 
maqbara qurishga farmon bеradi. Ushbu farmonda maqbarani o‘n kun mobaynida qurib 
tugallashga buyruq bеrilgandi, Haqiqatdan ham, maqbara o‘n kunda batamom qurib bitkaziladi. 
Bunday hashamatli, katta va baland binoni o‘n kunda qurib bitkazish aqlga sig‘maydigan bir 
voqеa bo‘lib, Amir Tеmurning kuch-qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish etgan. Amir 
Tеmur mana shu yerda Muhammad Sulton Mirzo xotirasiga va Alloh yo‘liga atab katta xudoyi 
marosimi o‘tkazadi hamda o‘sha davr mashhur din pеshvolari tomonidan Qur’oni Karimdan 
oyatlar o‘qittiradi. Maqbara dеvorlaridagi rang-barang koshinlar orasida uni qurgan usta 
Muhammad ibn Maxmud Isfaxoniyning nomi ham yozilgan. 1405 yilda Amir Tеmur vafot 
etgach, uning o‘zi ham shu yеrga, nеvarasining yoniga dafn etiladi (va maqbara «Go‘ri Amir 
maqbarasi» dеb nom oladi. Shundan so‘ng ushbu obida tеmuriylar sulolasining xilxonasiga 
aylanadi. Unda Muxdmmad Sulton Mirzo, Amir Tеmurdan tashqari Sohibqironning o‘g‘illari 
Umarshayx Shohruh va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug‘bеk va Tеmurning piri Sayyid 
Barakaning ham sag‘analari qo‘yilgan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, Amir Tеmurdеk inson 
o‘z qabrini ustozi Sayyid Barakaning oyog‘i uchlariga qo‘yishni vasiyat qilgan ekan. Vasiyat 
binoan Temur Sayyid Barakaning oyog‘i tarafga dafn etilgan. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin