2022 №2 75 amir temur va temuriylar davri me’morchilik obidalari salayev Temurbek Alisherovich



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix30.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#150719
1   2   3   4   5   6
amir-temur-va-temuriylar-davri-me-morchilik-obidalari

2022 
№ 2
78 
Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson me’morchiligida 
bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Тemur va Ulug‘bek davri me’morchiligida bezakda ko‘p 
ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, 
xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan. Koshin qatamlarida 
tasvir mavzusi kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri 
uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Тemur va Ulug‘bek davrida bino ichining bezagi ham 
xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Тemur davrida 
qurilgan binolarda ko‘k va zarhal ranglar ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug‘bek 
davrida Хitoy chinnisiga o‘xshash oq fondagi ko‘k naqshlar ko‘p uchraydi. 
Temuriy hukmdorlar orasida ayniqsa, Ulugbek bobosi Temur kabi mamlakatda qurilish 
ishlariga katta ahamiyat beradi. U hukmdorlik qilgan davrda bir qancha masjid, madrasa, 
honaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroylar quriladi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etiladi. 
Avvalo u Temur davrida qurib bitkazilmagan talaygina binolarni oxiriga yetkazadi. Go‘ri 
Amirning kirish peshtoqi, Shohizinda ansamblidagi ba’zi maqbaralar, Shahrisabzdagi 
Ko‘kgumbaz masjidi, Yassidagi Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan binolar shular 
jumlasidandir. 
XIV-XV asr me’morchiligida imoratlarni o‘ziga xos yangi ma’lum maqsadga qaratilgan 
yechimlar asosida qurish bilan birga, ularni bezashda ham yangi usullar qo‘llaniladi. Binolarning 
peshtoqlari va xonalarning ichki devorlari qabartma rango-rang parchinlar, oq yoki zangori rang 
ustiga zarhal berilgan islimiy naqshlar, ba’zan esa epigrafik yozuvlar bilan pardozlanadi. 
Bu davr me’morchiligi va amaliy san’atida asriy an’analar yanada takomillashtirilib, 
yuqori darajali ma’naviyatni anglatuvchi o‘ziga xos uslub yaratiladi. Bu uslubda bino qilingan 
imoratlar o‘zining uyg‘unligi, qismlarining mutanosibligi, rang-barangligi va tantanali manzara 
kashf ettiruvchi vositalari bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, o‘zining mukammalligi, yetuk shakli 
nafisligi va go‘zal naqshlari bilan kishini mahliyo etuvchi XIV-XV asrlar qurilish san’atining 
ajoyib durdonalari minglab kishilar mehnatining mahsulidir. Ularda xalq ichidan yetishib 
chiqqan mohir me’mor, naqqosh va bannolarning aql-idroki, mahorati va qurilish sohasidagi 
ko‘p asrli tajribasi o‘z ifodasini topgan. Bu me’moriy obidalarning muhandisu tarrohlari 
go‘zallikning obyektiv qonunlarini chuqur bilganlar, o‘z ijodlarida davrning g‘oyasi va ruhini 
bera olganlar. Ularning me’moriy usuli, naqshi, o‘ziga xos xislat va fazilatlari beqiyos va 
takrorlanmasdir. 
XULOSA 
Mirzo Ulug‘bеk dovrug‘ini jahonga tanitgan ulkan qurilishlardan yana bittasi 1420—
1429 yillarda qurib bitkazilgan ulkan va xashamatli bino – Ulug‘bеk rasadxonasidir. Ulug‘bеk 
bu rasadxonaning dunyoda shu paytgacha bor bo‘lgan barcha rasadxonalardan ulug‘ va har 
tomonlama ustun bo‘lishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Darhaqiqat, Ulug‘bеk 
rasadxonasining o‘z davrida qiyosi yo‘q edi. Rasadxona silindr shaklida, uch ashyonali qilib 
quriladi. Aylanasi 47, balandligi esa 31 mеtr atrofida edi. Rasadxona qurilishiga Ulug‘bеkning 
shaxsan o‘zi, u yo‘q paytlarda Qozizoda Rimiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar 
boshchilik qilishadi. Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bеzatiladi. Rasadxona etagida 
Mirzo Ulug‘bеk bobosi Amir Tеmur an’anasiga ko‘ra ikkita bog‘ qurdiradi. Ularning biri Bog‘i 
maydon, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog‘i maydon o‘rtasida qurilgai bino ikki 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin