2022 №3 322 ta’lim jarayonida koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124279
1   2   3   4   5
ta-lim-jarayonida-ko-rgazmali-va-tarqatmali-materiallardan-foydalanish

MUHOKAMA 
Darsni oʻtishda koʻrgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga 
ega. Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, unda quyidagi didaktik talablarga 
rioya qilish tavsiya etiladi:


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 3
326 
- hamma taʼlim oluvchilar namoyish qilinayotgan obyektni koʻrishlari, eshitishlari, 
tushunishlari;
- obyektning muhim, asosiy tomonlari taʼlim oluvchilarda katta taassurot qoldirishi, 
maksimal darajada diqqatlarini jalb qilishi;
- oʻrganilayotgan obʼektning sifatini mustaqil ravishda oʻlchash, anglash va oʻzlashtirish 
imkoniyatini taʼminlash kabilar. 
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallarning asosiy yoʻnalishlaridan biri namoyish qilish 
metodining oʻziga xos davomi boʻlgan illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilish metodidan 
yoki illyustratsiyadan ham koʻrgazmali, ham tarqatmali material sifatida foydalanish mumkin. 
Undan foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. Namoyish qilishda koʻproq 
predmetlardan foydalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon, hodisalarni simvollar yordamida 
ifoda qilish boʻlib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va 
boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin ulardan zarur paytlarda 
foydalaniladi. Illyustratsiyaning samaraliligi koʻp jihatdan uni qanday tarzda qoʻllashga bogʻliq.
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday 
tarzda, qanday maqsadlarda foydalanish oʻqituvchiga bogʻliq. Oʻqituvchi koʻrgazmali va 
tarqatmali materiallarni tanlar ekan, birinchidan, darsning maʼruza yoki seminar mashgʻulot 
shaklidaligini hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali oʻqituvchi taʼlim oluvchilar oldiga 
qanday vazifa qoʻymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda 
koʻrgazmali qurol yoki tarqatmali material qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, 
ularni tanlashi kerak boʻladi.
XULOSA 
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallarni maʼruza darsi, seminar va amaliy mashgʻulotlar 
jarayonida boshqa barcha metodlar bilan birga qoʻllab, dars samaradorligini oshirish imkoniyati 
mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. – T.: «Maʼnaviyat», 2008.
2. Sarsenbayeva R. Talabalar mustaqil taʼlimini tashkil etish metodikasi. Oʻquv-uslubiy 
qoʻllanma. – T.: TMI. –108-b.
3. Rashidov X. va boshqalar. «Kasbiy pedagogika» blokini oʻqitish metodikasi. / Oʻquv- 
uslubiy qoʻllanma (Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun). – T.: 
OʻMKHTTKMO va UQTI, 2007. 
4. Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi. Oʻquv qoʻllanma. – T.: «Fan va 
texnologiya», 2007. –541-b. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin