2022 №3 322 ta’lim jarayonida koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124279
1   2   3   4   5
ta-lim-jarayonida-ko-rgazmali-va-tarqatmali-materiallardan-foydalanish

TADQIQOT NATIJALARI
Maʼlumki, oʻqituvchi dars jarayonida oʻtiladigan mavzu, uning maqsadi haqida gapirib
soʻngra dars rejasini beradi. Dars jarayonida koʻrsatib, izohlash mumkin boʻlgan koʻrgazmali 
qurollar – jadval, rasm, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish taʼlim 
oluvchilarning bilimini puxtalashtirishda muhim hisoblanadi. Darsda oddiy boʻr bilan 
yoziladigan doskani ishlatish koʻp vaqtni olganligi bois, boshqa texnik vositalardan foydalanish 
imkoni yoʻq auditoriyalarda plakat, chizmalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Biz bilamizki, chizma yoki plakatlar anʼanaviy koʻrgazmali qurollar boʻlib, odatda ular 
standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, 
diagramma va boshqalar chizilgan koʻrinishda boʻladi. Plakatlar nashr qilingan koʻrgazmali 
qurol hisoblanib, oʻtiladigan mavzular boʻyicha tanlab olinadi.
Chizma yoki plakatlarni tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda koʻp vaqtni oladi. 
Xato qilinsa, oʻzgartirish qiyin. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda dars jarayonida vatmanga 
chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan koʻrgazmali qurollar oʻrniga yangi, tayyorlash va 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 3
325 
foydalanish qulay boʻlgan zamonaviy turlari, ayniqsa, slaydlardan foydalanish keng yoyildi. 
Slaydlar taʼlim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy 
oʻquv jarayonini bularsiz tasavvur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istalgan vaqtda 
foydalanish, ish oʻrni oʻzgarganda ham oson koʻchirish mumkin boʻladi. Koʻrgazmali 
qurollarning afzalligi shundaki, uni dars oʻtishning barcha shakllari, uslublarida qoʻllash 
mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, koʻrgazmali 
qurollarsiz oʻtib boʻlmaydi.
Maʼlumki, har qanday fanni oʻrganish uchun dars jarayonida turli tarqatmali 
materiallardan foydalaniladi. Chunki dars davomida tarqatmali materiallardan foydalanish 
darsning qiziqarli boʻlishiga hamda taʼlim oluvchilar diqqatini jamlash, oʻtilayotgan dars 
mazmunining tushunarli boʻlishi va puxta oʻzlashtirilishiga olib keladi.
Mavzuni oʻrganishda tarqatmali materiallardan foydalanishning muhim ijobiy tomoni 
shundaki, u bevosita taʼlim oluvchining qoʻlida boʻladi. Tarqatmali materiallar taʼlim oluvchilar 
uchun oʻrganilgan va oʻrganilayotgan mavzuga oid axborot va topshiriq beruvchi hamda nazorat 
qiluvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. U taʼlim oluvchilar qoʻliga moʻljallangan boʻlib, uning 
hajmi va shakli uncha katta boʻlmagan yozma oʻquv materiali hisoblanadi.
Tarqatmali materiallarni maqsadi va mazmuni jihatidan uch turga ajratish mumkin: 
axborot beruvchi, topshiriq oluvchi va nazorat qiluvchi. 
Tarqatmali materiallar taʼlim oluvchilarning bilimini tekshirish va nazorat qilishda ham 
keng qoʻllaniladi. Bunda nazorat varaqalari koʻrinishida tayyorlangan test savollari
savolnomalar, krossvordlar, jadvallar, chizmalar, masala va mashqlardan foydalanish mumkin. 
Shuningdek, tarqatmali materiallardan koʻrgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin.
Tarqatmali materiallarni tayyorlash hamda uni oʻrganilgan va oʻrganilayotgan mavzu 
jarayonida qoʻllashning bir qator qonun-qoidalari mavjud, xususan:
• tarqatmali materiallarni tayyorlashda mavzuning asosiy mazmunidan kelib chiqib 
yoritish;
• olingan axborot dars davomida yoki darsdan tashqarida taʼlim oluvchilar bilan mustaqil 
muhokama qilinishiga erishish;
• taʼlim oluvchilar diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga chorlay olish;
• taʼlim oluvchilarni dars davomida faollikka yoʻnaltirish; 
• taʼlim oluvchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish va baholay olish;
• taʼlim oluvchilar qoʻliga haddan tashqari koʻp tarqatmali materiallarning berilmasligi;
• sarlavhalarni bosh harflar bilan yozish;
• bir matn uchun 2-3 ta tarqatmali materialga nom-kod berish (ajratishni osonlashtirish 
uchun);
• matn shrifti 14 oʻlchamdan kichik boʻlmasligi;
• bir betda 50 tadan koʻp belgi (harf, qavs, undov kabilar)lar ishlatilmasligi;
• matnlar tushunarli, qisqa, aniq, ravon va oddiy boʻlishi;
• varaqa dizayni taʼlim oluvchi eʼtiborini oʻziga jalb qila olishi va xatosiz yozilishi 
kabilar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin