2022 № 3 324
Audiovizual vositalarga kompyuter, proyektor, kodoskop, kinoapparat, kompakt disklar,
oʻquv televideniyesi, videomagnitofon, videofilm, audiokassetalar, Power Point materiallari,
elektron darsliklar, multimedia vositalari kabilarni misol qilish mumkin.
Audiovirtual vositalarga internet, masofaviy taʼlim kabilar misol boʻladi. Ushbu vositalar
jarayonlar va ishlash mexanizmlari toʻgʻrisida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish
uchun xizmat qiladi.
Yordamchi-jihozli vositalarga doskalar (oddiy boʻr doska, oq (flipchart) doska, magnit
doskasi, «Pinbord» doskasi), parta, stul, stol kabilar kiradi. Ushbu vositalar tasvir va matnni
yozish hamda saqlash uchun xizmat qiladi.
Aniq vositalar ikki turga boʻlib oʻrganiladi: haqiqiy va modelli. Haqiqiy taʼlim vositalari
oʻrganilayotgan obʼektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirishga xizmat qiladi. Masalan,
taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan binolar, mashina, traktor, yarim tayyor
va tayyor mahsulotlar, xomashyolar, asbob-uskunalar va shu kabilarni misol sifatida keltirish
mumkin. Modelli vositalarga esa, modellar, maketlar, trenajyor kabilarni misol qilish mumkin.
Oʻrganilayotgan obʼektning modeli orqali u haqidagi tasavvur va maʼlumotlar hosil qilinadi.
Taʼlim vositalari foydalanilishi jihatidan uch qismga ajratiladi: «taʼlim beruvchi uchun»,
«taʼlim oluvchi uchun» va «dars oʻtkazish uchun». Dars oʻtkazish uchun vositalarni oʻqituvchi
umumiy boʻlgan holatda tanlaydi, yaʼni ushbu vositalar ham taʼlim oluvchi uchun, ham taʼlim
beruvchi uchun samarali boʻlishi talab etiladi. Ushbu taʼlim vositalarini qanday, qayerda, qachon
tanlash kerakligi va ulardan oʻz oʻrnida samarali foydalanish oʻqituvchining bilimi, koʻnikmasi
va mahoratiga bogʻliq boʻladi.
Taʼlim beruvchi uchun vositalarga oʻquv-metodik qoʻllanmalar, metodik tavsiyalar,
metodik ishlanmalar, oʻquv dasturlari, dars rejasi, maʼruza matni, texnologik xarita, kalendar reja
kabilar kiradi. Taʼlim oluvchi uchun vositalarga darslik, oʻquv qoʻllanma, jadvallar, yoʻl-yoʻriqli,
texnologik xaritalar, topshiriq varaqalari va hokazolarni misol qilish mumkin. Dars oʻtkazish
uchun vositalarga plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audio-vizual, audiovirtual vositalar,
texnik, aniq vositalar kabilar kiradi. Baʼzi hollarda taʼlim oluvchi uchun moʻljallangan taʼlim
vositalari taʼlim beruvchi uchun ham, dars oʻtkazish uchun ham qoʻllanilishi mumkin. Tanlab
olingan metod, shakl va vositalar bir-birini toʻldirishi kerak.